O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2026-yil O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan 46-butunj…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2026-yil O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan 46-butunjahon shaxmat olimpiadasig…

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2026-yil O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan 46-butunjahon shaxmat olimpiadasiga kompleks tayyorgarlik ko‘rish hamda shaxmatni ommaviy harakatga aylantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2023-yil 8-maydagi PQ-150-son qarori tasdiqlangan.

Mazkur qaror bilan tasdiqlangan chora-tadbirlar dasturining 11.4-bandiga muvofiq Qurolli Kuchlar tizimida, shu jumladan harbiy ta’limga yo‘naltirilgan tashkilotlarda, shuningdek, jazoni ijro etish muassasalarida shaxmatni yanada rivojlantirish va ommalashtirish maqsadida Qurolli Kuchlar harbiy tuzilmalari, harbiy ta’limga yo‘naltirilgan tashkilotlar va jazoni ijro etish muassasalarini shaxmat bo‘yicha o‘quv qo‘llanma, shaxmat taxtasi, figuralari, soati va boshqa zarur anjomlar bilan ta’minlash vazifasi yuklatilgan.

Belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda mamlakatimizda shaxmatni aholi o‘rtasida keng targ‘ib qilish va uni ommaviy sport turiga aylantirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodning intellektual va madaniy rivojlanishi uchun zarur shart- sharoitlar yaratish maqsadida Yoshlar ishlari agentligi va “Sky chess” shaxmat maktabi bilan hamkorligida xalqaro grossmeyster Nafisa Mo‘minova va Fide sport ustasi Hulkar Tohirjonovalarning shaxmat maktabining o‘quv qo‘llanmasi asosida

videodarslar tayyorlandi.

Yuqoridagilarni inobatga olib, Qurolli Kuchlar harbiy tuzilmalari, harbiy ta’limga yo‘naltirilgan tashkilotlar va jazoni ijro etish muassasalarida shaxmatni yanada rivojlantirish va ommalashtirishda mazkur videodarslardan foydalanish maqsadga muvofiqligini ma’lum qilamiz.

727
Chop etish
Text to speech