Kafedra tarixi:
2021 yili Jamoat xavfsizligi universiteti tashkil etilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti tarkibida faoliyat yuritgan Umumharbiy fanlar kafedrasi bazasida “Umumiy taktika va operativ san’at” kafedrasi tashkil etilgan.
Kafedra maqsadi:
Jamoat xavsizligini ta'minlashda, shuningdek zamonaviy harbiy (qurolli) mojarolarda bo‘linmalar tarkibida taktik harakatlarni olib borish, jangovar harakatlarni har tomonlama ta’minlash, taktik bo‘g‘in, magistratura tinglovchiari uchun esa taktik hamda operativ-taktik bo‘g‘in bo‘linmalari va qo‘shilmalarini jangovar qo‘llash, jangovar vazifani bajarishda ularni mohirona boshqara olish, tog‘li hududlarda, shuningdek ko‘p qavatli binolar sharoitida jangovar-xizmat vazifalarini bajarish bo‘yicha tinglovchi va kursantlarga bilim va ko‘nikmalar berish. Vatanparvar, fidoiy, professional harbiy kadrlarni tayyorlash hamda sohaga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish.
Kursantlarga zamonaviy harbiy (qurolli) mojarolarda bo‘linmalar tarkibida taktik harakatlarni olib borish, jangovar harakatlarni har tomonlama ta’minlash, taktik bo‘g‘in, magistratura tinglovchiari uchun esa taktik hamda operativ-taktik bo‘g‘in bo‘linmalari va qo‘shilmalarini jangovar qo‘llash, jangovar vazifani bajarishda ularni moxirona boshqara olish, tog‘li hududlarda, shuningdek ko‘p qavatli binolar sharoitida jangovar-xizmat vazifalarini bajarish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlarini ta’minlashdir.
Kafedrada Taktik tayyorgarlik, Harbiy muhandislik tayyorgarligi, Harbiy topografiya, Ommaviy qirgʻin qurollaridan himoyalanish fanlari, “Uchuvchisiz uchish apparatlari va geoaxborot tizimlarini qoʻllash”, “Boʻlinmalarni kundalik faoliyatini boshqarish” hamda “Zamonaviy harbiy (qurolli) mojarolar tahlili” fanlari oʻqitiladi.
Kafedradagi fanlar doirasida kursant va tinglovchilar zmonaviy harbiy (qurolli) mojarolarda bo‘linmalar tarkibida taktik harakatlarni olib borish, jangovar harakatlarni har tomonlama ta’minlash bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. Kafedrada fanlarni o‘qitishda asosiy e’tibor noqonyniy qurolli tuzilmalarni zararsizlantirish bo‘yicha maxsus harakatlarni tashkillashtirish va olib borish, shahar sharoitlarida, shu jumladan ko‘p qavatli uylar sharoitlarida jangovar vazifalarni bajarish, vzvod (otryad) va undan kichik bo‘lgan bo‘linmalarni jangovar vazifani bajarish vaqtida boshqarishni o‘rgatishga qaratiladi.
A.Yu.Golubenko O‘zbekiston Respublikasi Prezidentinig Farmoni bilan “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi;
X.U.Usmanovaga O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining 234/1-sonli bayonnomasi bilan Analitik kimyo ixtisosligi bo‘yicha “Dotsent” ilmiy unvoni berildi;
B.M.Murodovga O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining 67c/2 bayonnomasi bilan Harbiy ta’lim va tarbiya, jangovar tayyorgarlik, kadrlarni tanlash va joylashtirish, qismlarning kundalik faoliyatini boshqarish ixtisosligi bo‘yicha “Dotsent” ilmiy unvoni tasdiqlandi;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasining qarori bilan kafedra o‘qituvchisi Z.Sh.Alimardonovga Pedagogika bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi berildi;
kafedra katta o‘qituvchisi R.N.Ashurov O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoninig buyrug‘i bilan “A’lo xizmatlari uchun” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Kafedra dotsenti X.U.Usmanova 2011 yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentinig Farmoni bilan “Shuhrat” medali bilan mukofotlangan.
Kafedra professori kimyo fanlari boʻyicha fan doktori (DSc), polkovnik X.U.Usmanovaga “Fuqarolar himoyasi. Favqulodda holatlarining oldini olish hamda ularni bartaraf rtish vositalari va usullari” ixtisosligi boʻyicha professor ilmiy unvoni berildi.
Kafedra oʻqituvchisi kapitan A.A.Ernazarov 2024 yili iyun oyida pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Kafedra tomonidan bugungi kunda bir qator ta‘lim muassasalari hamda sohaviy xizmatlar bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan. Jumladan:
O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtining “Taktika” kafedrasi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi Maxsus tayyorgarlik o‘quv markazi
O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasining “Harbiy va jismoniy tayyorgarlik” kafedrasi
O‘zbekiston Respublikasi Bojxona institutining “Harbiy va jismoniy tayyorgarlik va avtomobil ishi” kafedrasi
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasining “Umumiy harbiy fanlar” kafedralari bilan hamkorlik qilish to‘g‘risida memorandumlar imzolangan.
Kafedraning ilmiy-metodik bazasini boyitish maqsadida so‘nggi yillar mobaynida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 40 ga yaqin o‘quv-metodik adabiyotlari ishlab chiqilgan bo‘lib shundan 12 tasi darsliklardir. Jumladan Taktik tayyortarlik, Umumiy harbiy tayyorgarlik, Harbiy muhandislik tayyorgarligi, Ommaviy qirg‘in qurollari va ulardan himoyalanish, Harbiy topografiya, Harbiy san’at tarixi fanlaridan darsliklar ishlab chiqilib, o‘quv-tarbiyaviy jarayonda foydalanilmoqda.