Ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazi

Ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazi

     O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazi jamoat xavfsizligini ta’minlashning dolzarb muammolari bo‘yicha o‘rganish, ilmiy tadqiqotlar, shu jumladan mahalliy va xalqaro grantlarni jalb etgan holda tadqiqotlar o‘tkazish, ilmiy asoslangan metodikalar hamda tizimli kamchiliklarni bartaraf etishga qaratilgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish orqali jamoat xavfsizligi tizimi samaradorligini oshirishga qaratilgan tahliliy markaz hisoblanadi.

Markaz tarkibi – markaz boshlig‘i, bosh ilmiy xodimlar, yetakchi ilmiy xodimlar, katta ilmiy xodimlardan iborat.

Ilmiy-amaliy tadqiqotlar markazi xodimlarining funksional vazifalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 apreldagi PQ-5077-sonli “Jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida professional kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.

Markaz o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga, O‘zbekiston Respublikasining Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmon, qaror va farmoyishlariga, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni, Universitet boshlig‘i buyruqlari va farmoyishlariga asosan amalga oshiradi.

Text to speech