Ta'lim grantiga ariza berish

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” qaroriga asosan davlat (https://www.lex.uz/uz/docs/-7429154) grantlarini qayta taqsimlash tartibi belgilangan.

Ta’lim granti tanlovida 2024/2025 o‘quv yilida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda magistratura mutaxassisliklari kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan birinchi kurs talabalari ishtirok etishi mumkin.

Ta’lim grantiga talabgorlar ushbu havola (https://forms.gle/PEWjKSHSarHyurt2A) orqali ariza topshirishlari lozim.

Ta’lim grantiga talabgorlardan joriy o‘quv yilida o‘zlashtirish bo‘yicha GPA ko‘rsatkichi 3,5 va undan yuqori bo‘lishi talab etiladi.

Onlayn ro‘yxatdan o‘tish joriy yilning 20-iyulgacha (shu kuni ham) davom etadi.

Ro‘yxatdan o‘tmagan yoki 20-iyuldan keyin murojaat qilgan, shuningdek, ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant sohibi bo‘lgan talabalar ta’lim granti tanlovida ishtirok eta olmaydi.

Savollar yoki ro‘yxatdan o‘tishda muammolar bo‘lsa Registrator ofisiga murojaat qilishingiz mumkin.

Universitet talabalarining “Ijtimoiy faollik indeksi”ni baholash METODIKASI

 

QO'SHIMCHA

 

2026/2027-o‘quv yili uchun talabalarning ta’lim grantlari qayta taqsimoti nisbati belgilandi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 149-son qarori, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining
2025-yil 25-martdagi 117-son buyrug‘ida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti boshlig‘ining 2026-yil 14-yanvardagi 11-sonli buyrug‘i asosida Universitetda kunduzgi ta’lim shaklida tahsil olayotgan bakalavriat taʼlim yo‘nalishlari birinchi va ikkinchi kurs talabalari uchun 2026/2027-o‘quv yili bo‘yicha taqsimotga koʻra ajratiladigan toʻliq taʼlim grantlari va toʻliq boʻlmagan taʼlim grantlari o‘zaro nisbati belgilandi.

 

BAKALAVRIAT TAʼLIM YO‘NALISHLARI BO‘YICHA

 

t/r

Shifr

Ta’lim yo‘nalishi

Ta’lim grantining bazaviy soni

To‘liq ta’lim granti

To‘liq bo‘lmagan ta’lim granti

Jami

1-kurs (2025/2026-o‘quv yilida qabul qilinganlar uchun)

1.

60210100

Yurisprudensiya

6

3

6

9

2.

60310200

Psixologiya

5

3

4

7

3.

60410100

Iqtisodiyot

3

2

2

4

2-kurs (2024/2025-o‘quv yilida qabul qilinganlar uchun)

1.

60210100

Yurisprudensiya

1

1

0

1

2.

60410100

Iqtisodiyot

3

2

2

4

 

 

JAMI:

18

11

14

25

 

Izoh: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 10-martdagi “Oliy ta’lim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 149-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy taʼlim tashkilotlarida talabalarga grantlarni taqdim etish va qayta taqsimlash tartibi toʻgʻrisida” Nizomning 5-bandiga asosan ta’lim grantlari o‘quv yili yakunlangandan so‘ng bakalavriat ta’lim yo‘nalishi (magistratura mutaxassisligi), ta’lim tili va kurslar kesimida tabaqalashtirilgan tarzda alohida qayta taqsimlanadi. Taʼlim grantlarini tabaqalashtirilgan tarzda qayta taqsimlash jarayoni bosqichlarining aniq muddatlari oʻquv yilining davomiyligidan kelib chiqib, oliy taʼlim tashkiloti boshlig‘i tomonidan belgilanadi va oʻquv yili yakunlangunga qadar eʼlon qilinadi.

Text to speech