Faoliyat

MAXSUS FAKULTET

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 apreldagi “Jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida professional kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5077-son qarorida O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetiga umumfuqaroviy asosda kunduzgi ta’lim shakliga talabalarni hamda sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha harbiy xizmatchilarni o‘qishga qabul qilish belgilangan bo‘lib ular universitetning Maxsus fakultetida o‘qitiladi.

Maxsus fakultetga talaba va tinglovchilarni o‘qishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-avgustdagi 500-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetiga nomzodlarni saralab olish va o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom asosida amalga oshiriladi.

Maxsus fakultet – oliy yoki oliy harbiy ta’lim muassasasining o‘quv-ilmiy va ma’muriy bo‘linmasi hisoblanib, Kadrlar tayyorlash milliy dasturiga muvofiq tegishli ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha talabalarni o‘qitish, ta’lim-tarbiya jarayonlarini uzviy va uyg‘unlashgan holda olib borishni ta’minlash, ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash, malaka oshirish va qayta tayyorlash shuningdek kafedralarning ilmiy-tadqiqot ishlarini muvofiqlashtirish ishlari bilan shug‘ullanadi.

 

Maxsus fakultetning maqsadi

Yuksak kasb mahoratiga ega bo‘lgan, ma’naviy va axloqiy talablarga javob beradigan, yuqori kasbiy kompitensiyaga ega bo‘lgan, bilimli, yuksak malakali va oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlashdan iboratdir.

 

Maxsus fakultetning vazifalari

Maxsus fakultetning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

- zamonaviy nazariy va ilg‘or amaliy tajribalar bo‘yicha bilimlarni egallagan, olgan bilimlarini o‘zining kasbiy faoliyati va xizmat vazifalarini bajarishda bevosita qo‘llay oladigan mutaxassislarni tayyorlash;

- tinglovchi va talabalarda rahbarlik (yetakchilik) xislatlarini shakllantirish, jamoani boshqarish, unda sog‘lom axloqiy muhit yaratish ko‘nikmalari va mahoratini hosil qilish;

- tinglovchi va talabalarning kundalik xizmat faoliyatida mohirona boshqaruvni ta’minlash, murakkab vaziyatlarga qisqa fursatlarda moslashish, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilishga qaratilgan yuqori axloqiy-ma’naviy, ruhiy fazilatlar hamda xususiyatlarni o‘zlashtirishiga erishish;

- tinglovchi va talabalarda zarur bo‘lgan kasbiy psixologik bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish;

- tinglovchi va talabalarning xizmat vazifalarini to‘liq va vijdonan bajarishlarini ta’minlash maqsadida, yuksak kasbiy mahoratning shakllanishiga qaratilgan intellektual, maxsus va ruhiy tayyorgarliklarni amalga oshirish;

- tinglovchi va talabalarning o‘zlashtirish davomatini va tayyorgarlik sifatini nazorat qilish va o‘quv jarayoni monitoringini amalga oshirish;

- ta’lim jarayonida masofadan turib o‘qitish usullaridan foydalanish;

- xorijiy davlatlarning turdosh yetakchi ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatish, o‘quv jarayoniga xorijiy hamkor ta’lim muassasalaridan yuqori malakali o‘qituvchi va olimlarni jalb qilish;

- ijobiy tajribani, ta’limning zamonaviy shakl va usullarini joriy qilish, oldida turgan vazifalarni hal qilishga amaliy yo‘nalganligini ta’minlash asosida o‘quv-tarbiya jarayonini uzluksiz takomillashtirib borish;

- o‘quv jarayoniga ilg‘or informatsion va pedagogik texnologiyalarni joriy etish;

- o‘quv jarayonini samarali tashkil etish maqsadida Milliy gvardiya organlarining tegishli sohaviy xizmatlari, Universitetning kafedralari va boshqa tarkibiy qismlari bilan hamkorlik qilish;

- qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ish yuritishni ta’minlash;

- ta’lim yo‘nalishlariga muvofiq o‘quv rejalari va dasturlarni ishlab chiqish;

- fakultetning moddiy-texnika bazasini zamonaviy talablar va standartlarga muvofiq mustahkamlash va yangilab borishdan iborat.

O‘quv ishlari

 

Talabalar va tinglovchilarga o‘quv mashg‘ulotlari zamonaviy pedagogik va innovatsion texnologiyalar asosida amalga oshiriladi. O‘quv xonalari zamonaviy texniik vositalar bilan jihozlangan.

Fakultetdagi o‘quv jarayoni, metodik va tarbiyaviy ishlar qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi. O‘quv jarayoni belgilangan tartibda tasdiqlangan malaka talablari va namunaviy o‘quv rejalar asosida tuzilgan ishchi o‘quv rejalari hamda o‘quv jarayoni jadvaliga muvofiq tashkil etiladi.

Tinglovchi va talabalar bilan o‘quv mashg‘ulotlari tasdiqlangan o‘quv jarayoni jadvaliga muvofiq o‘quv mashg‘ulotlari jadvali asosida o‘tkaziladi.

Universitetning professor-o‘qituvchilar tarkibi tomonidan o‘quv jarayonida Fakultetda o‘qitiladigan barcha fanlar bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlarini olib borilishi ta’minlanadi.

Fakultet tinglovchi va talabalari uchun o‘qishga qabul qilingan o‘quv yili boshida bevosita Universitetda o‘quv jarayoni bilan dastlabki tanishtiruv hamda semestr davomida o‘qitiladigan fanlar bo‘yicha ma’lumotlar beriladi. Tinglovchilarga mavzular bo‘yicha topshiriqlar va ularni bajarish yuzasidan metodik ko‘rsatmalar beriladi.

O‘quv jarayoni davomida o‘tkaziladigan ma’ruza, seminar va amaliy mashg‘ulotlarda ilg‘or usul va texnologiyalardan (muammoli, interaktiv, ijodiy faoliyatni rivojlantirish, ijodiy vazifalarni guruh bo‘lib hal etish, hamkorlik pedagogikasi, individuallashtirish va boshqalardan) foydalaniladi.

Tinglovchi va talabalar bilimini nazorat qilish va baholash O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining buyruqlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 9 avgustdagi “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 19-2018-son buyrug‘i va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

Fakultetda o‘qish tinglovchi va talabalarni bitiruv malakaviy ishlari himoyasi va Yakuniy davlat attestatsiyasidan o‘tkazish bilan tugallanadi.

Yakuniy davlat attestatsiyasi Fakultet uchun tasdiqlangan o‘quv rejasida nazarda tutilgan fanlar yoki fanlar majmuasi bo‘yicha o‘tkaziladi.

Fakultetda ta’lim olgan tinglovchi va talabalarga Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasining qarori bilan davlat namunasidagi diplom beriladi.

Diplom ilovasi namunaviy o‘quv rejadagi fanlar va ularning hajmiga muvofiq ravishda to‘ldiriladi.

2022-2023 o‘quv yilida Maxsus fakultet talabalari O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan tashkil etilgan fan sohalari bo‘yicha onlayn-olimpiadada faol ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.

 

Ma’naviy-ma’rifiy va yoshlar bilan ishlash

Ma’naviy-ma’rifiy va yoshlar bilan ishlash tadbirlari Milliy gvardiyaning normativ-huquqiy hujjatlari talablari asosida, o‘quv jarayoni bilan bog‘liq holda Universitet tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bo‘limi, Fakultet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar tarkibi tomonidan tinglovchi va talabalarning individual xislatlarini inobatga olgan holda kompleks tarzda amalga oshiriladi.

O‘zbekiston Respublikasining yoshlarga oid davlat siyosati hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Besh muhim tashabbus” doirasida Maxsus fakultet talabalari bilan ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlari tashkillashtirib kelinmoqda.

Universitetda o‘tkazilgan “Zakovat”, “Viktorina”, “Huquqshunoslik”  “Bilimdon” intellektual o‘yinlarda faol ishtirok etib, o‘zlarining bilimi va salohiyatlarini namoyon etib faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritmoqdalar.

Maxsus fakultet talabalari uchun о‘quv yili boshlanishi munosabati bilan har yili  “Tanishtiruv haftaligi” dasturi doirasida talablar bilan  Universitet boshlig‘i va о‘rinbosarlari bilan uchrashuv tashkillashtiriladi. Mazkur tadbirda talabalarga ta’lim olish tartibi va qoidalari tushuntirildi. Shuningdek, talabalar tomonidan berilgan savollarga atroflicha javob beriladi. 

Maxsus fakultet talabalarini milliy tariximiz va buyuk ajdolarimiz qoldirgan boy madaniy me’roslarni chuqur о‘rgatish hamda ularda vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish maqsadida talabalarni  “О‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Davlat muzeyiga”, “G‘alaba bog‘iga”, “Amir Temur”  muzeylariga hamda Toshkent shahridagi diqqatga sazovr joylarga,  “Adiblar xiyoboniga”  tashriflari amalga oshirib kelinmoqda.

Universitet miqyosida tashkil etilgan «Konstitusiya bilimdoni» kо‘rik tanlovida Maxsus fakultet talabalari faol ishtirok etib, umumjamoa bo‘lib faxrli birinchi о‘rinni qо‘lga kiritgan va Universitet boshlig‘ining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlangan.

Shu bilan birga,  Oliy ta’lim muassasalari talabalari о‘rtasida tashkil etilgan «Zahiriddin Muhammad Bobur-umumarmiya yoshlari nigohida» kо‘rik tanlovida Maxsus fakultet talabalari faol ishtirok etib, faxrli ikkinchi о‘rinni qо‘lga kiritgan hamda diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlangan.

Maxsus fakultet talabalari Universitetda tashkil etilgan “Shaxmat” sport musobaqasida ishtirok etgan bо‘lib, umumjamoa hisobiga faxrli birinchi о‘rinni qо‘lgan kiritgan.

Shu bilan bir qatorda talabalar Toshkent shahrida joylashgan Mehribonlik uylari, Imkoniyati cheklangan maktab-internat”, umumta’lim maktablari va Toshkent shaharining Olmazor tumani mahallalaridagi yoshlar bilan ma’daniy-ma’rifiy va sport tadbirlarida  faol ishtirok etib, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha o‘z hissasi qo‘shib kelmoqda. 

Shuningdek Toshkent shahrida joylashgan teatr, muzeylar va tarixiy obidalarga, “Alisher Navoiy” nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasiga  talabalarning muntazam tashrifi yo‘lga qo‘yilgan.

 

Hamkorlikdagi ishlar

Maxsus fakultet o‘quv va ma’naviy ishlar yuzasidan Respublikadagi bir qator oliy ta’lim muassasalari xususan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti va Z.M.Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti bilan tuzilgan shartnoma asosida birgalikdagi chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

 

Biriktirilgan ta'lim muassasalari

О‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti boshlig‘ining  2022 yil 24 mart kunidagi  “Toshkent shahri Olmazor tumani muruvvat va internat uylariga universitet bо‘linmalarini biriktirish tо‘g‘risida” 120- sonli buyrug‘iga asosan Maxsus fakultetga Toshkent shahri Olmazor tumanidagi 36-sonli imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab biriktirilgan.

Maxsus fakultet rahbariyati va maxsus fakultet talabalari davlat va umumxalq bayramlari munosabati bilan ixtisoslashtirilgan maktabga tashrif buyurib, ixtisoslashtirilgan maktab  tarbiyalanuvchilari o‘rtasida turli hil ma’naviy ma’rifiy va  sport musobaqalarini tashkillashtirib kelmoqda.

 

Ixtisoslashtirilgan maktabda ijtimoiy-pedagogik, tibbiy-psixologik ko‘makka muhtoj tarbiyalanuvchilar uchun sport va harbiy sohaga qiziqishi bo‘lgan yuqori sinf tarbiyalanuvchilari uchun vatanparvarlik-sport yo‘nalishida guruhlar faoliyatini yo‘lga qo‘yilgan.

Ixtisoslashtirilgan maktab  tarbiyalanuvchilarini harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va harbiy kasbga qiziqishini oshirish maqsadida Universitet orkestri, badiiy havaskorlik jamoalari, qo‘l jangi va qurol guruhi ko‘rgazmali chiqishlarini namoyish etib kelmoqda.

Ixtisoslashtirilgan maktabda taniqli sportchilar, fan, san’at va adabiyot namoyondalari ishtirokida  uchrashuvlar, tadbirlar tashkil etilgan.

Ixtisoslashtirilgan maktabda tarbiyalanayotgan, vasiylikka, homiylikka va oilaviy tarbiyaga olingan (patronat) hamda ularni tarbiyalayotgan shaxslarga ijtimoiy, pedagogik-psixologik yordam kо‘rsatish yо‘lga qо‘yilgan.

 

Maxsus fakultet talaba va tinglovchilarining erishgan yutuqlari

Universitet miqyosida tashkil etilgan «Konstitusiya bilimdoni» kо‘rik tanlovida Maxsus fakultet talabalari faol ishtirok etib, umumjamoa bo‘lib faxrli birinchi о‘rinni qо‘lga kiritgan va Universitet boshlig‘ining diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlangan.

Shu bilan birga,  Oliy ta’lim muassasalari talabalari о‘rtasida tashkil etilgan «Zahiriddin Muhammad Bobur-umumarmiya yoshlari nigohida» kо‘rik tanlovida Maxsus fakultet talabalari faol ishtirok etib, faxrli ikkinchi о‘rinni qо‘lga kiritgan hamda diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlangan.

Toshkent viloyatida joylashgan Oliy ta’lim muassasalari о‘rtasida о‘tkazilgan “Ma’rifat maydoni” kо‘rik tanlovida Maxsus fakultet talabalari jamoasi faol ishtirok etib,  “Eng iqtidorli talabalar” nominatsiyasi g‘olibligini kо‘lga kiritgan.

Talaba Sotvoldiyeva  Nodirabegim Mirzoxid  qizi  O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti xuzuridagi Davlat xizmatlarini rivojlantirish agentligi Navoiy viloyati filiali hamda O‘zbekiston yoshlar agentligi Navoiy viloyati xududiy boshqarmasi  tomonidan tashkil etilgan  intelektual salohiyatli, kreativ lider yoshlar va iqtidorli talabalar ishtirokida o‘tkazilgan “Yangi O‘zbekistonning-zamonaviy liderlari” mavzusidagi ilmiy konferentsyada faol ishtirok etib, sertifikat bilan tadqirlangan. 

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi tomonidan tashkil etilgan  O‘zbekistonlik hamda Norvegiyalik talabalar bilan hamkorlikda “English spear tour” grand loyihasi doirasida faol ishtirok etib, Samarqand, Buxoro, Toshkent viloyatining ta’rixiy va diqqatga sazovor joylari hamda dam olish maskanlarida  5 kun davomida ziyorat qilib, til ko‘nikmalarini shakllantirgan.

Jamoat xavfsizligi universitetida 1-iyul “Halqaro bolalar  kuni” munosbati bilan o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirda faol ishtiroki uchun Universitet boshlig‘ining tashakkurnomasi  bilan taqdirlangan.  

Iqtidorli talabalar uchun tashkil etilgan O‘zbekiston Valyontyorlar asotsiatsiyasi va Oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda  o‘tkazilgan “7-avlod Toshkent yoshlar forumi”da  faol  ishtirok etib, sertifikat bilan taqdirlangan.

Iqtidorli talabalar uchun tashkil etilgan O‘zbekiston Valyontyorlar asotsiatsiyasi va Oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda  o‘tkazilgan “7-avlod Toshkent yoshlar forumi”da  faol  ishtirok etib, sertifikat bilan taqdirlangan.

Talaba Shodiyev Jaxongir Shuxrat о‘g‘li  Universitet miqyosida о‘tkazilgan sportning  “Shaxmat” musobaqasida faxrli  1 о‘rinni egallagan va Universitet boshlig‘ining diplom va esdalik nishoni bilan taqdirlangan. Samarqand viloyati о‘tkazilgan  “Shaxmat” musobaqasida faxrli 3 о‘rinni egallagan.

O'zbеkiston Respublikasi ARMRESTLING Federatsiyasi tomonidan 2023-yil 10-dekabr kuni Toshkent shahri Bektemir tumanida joylashgan KOMPAS ko'ngilochar savdo majmuasida Armrestling bo'yicha "BEAR CUP" ochiq musobaqasida Universitet Maxsus fakultet talabasi Atamurodova Maftuna Vohobjon qizi 65 kg vaznli qizlar o'rtasida chap qo'lda kurashib faxrli 1-o'rinni va o'ng qo'lda kurashda esa faxrli 2-o'rinni egallab, g'oliblikni qo'lga kiritdi hamda diplom va medallar bilan taqdirlandi.

 

Fakultet iqtidorli talabalari

Sotvoldiyeva Nodirabegim 2021-yil O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi Universitetiga  Davlat granti asosida talabalikka qabul qilingan.

Nodirabegim iste’dodli yoshlarni qo‘llab quvvatlash va “Ulug‘bek” jamg‘armasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil etilgan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovi hududiy bosqichida  “O‘zbek tiliga yangicha nigoh” nomli loyihasi bilan ishtrok etib g‘olib bo‘lgan va pul mukofoti bilan taqdirlangan.

2022-yil 8-mart “Xalqaro xotin-qizlar” kunida Universitet boshlig‘ining estalik sovg‘asi bilan taqdirlangan.

Yoshlar ishlar agentligi tomonidan tashkil etilgan “Qizlar ovozi” klubi uchun tashkil etilgan tanlovida “Karyeraga qadam” nomli loyihasi bilan ishtirok etib, g‘olib bo‘lgan va Olmazor tumaniga bosh koordinatorligiga  saylangan.

Yoshlar ishlar agentligi tomonidan ilmiy izlanish olib borayotgan 18-30 yoshgacha bo'lgan  ayol-qizlarimiz  uchun “Ilm-fan” oromgohida tanlov jarayonidan o‘tib  loyihada ishtirok etgan va tashkilot tomonidan estalik sovg‘alar va sertifikat bilan taqdirlangan.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentining a‘zolari va faol yoshlar uchun Milliy tiklanish partiyasi  markaziy kengashi 2023-yil hisobot tadbirida yil davomida siyosiy jarayonda turli loyihalarni amalga oshirishda ko'maklashgan   bir guruh yoshlar qatorida Nodirabegim ham  Partiya raisi Alisher Qodirovning tashakkurnomasi bilan taqdirlangan.

Nodirabegimning Respublikamiz miqyosida va Universitet saytida “Psixologik maslahatxona” loyihasi doirasida psixologiyaga oid ma‘limotlarni shu loyiha doirasida  muntazam ravishda berib boradi.

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning o‘sishi, rivojlanishi uchun shart-sharoit yaratish  yuzasidan yozuvchi, ijodkor yoshlarning ijodiy ishalari joy olgan “Hilol” III kitob to‘plamida Nodirabegimning she’rlari joy olgan.

Text to speech