Nomzodlarni sirtqi ta’lim shakliga saralab olish tartibi
Universitetning sirtqi ta’lim shakliga kamida uch yillik harbiy xizmat (xizmati) stajiga ega, yoshi o‘ttiz beshdan katta bo‘lmagan (oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar bundan mustasno) Milliy gvardiyaning amaldagi harbiy xizmatchilari (xodimlari) qabul qilinishi mumkin. Sirtqi ta’lim shaklida o‘qish muddati oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslar uchun to‘rt yil, oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar uchun to‘lov-kontrakt asosda uch yilni tashkil etadi.
Universitetning sirtqi ta’lim shakliga Xavfsizlik kengashi tomonidan har yil belgilanadigan qo‘shimcha kvotalar bo‘yicha boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida kamida uch yillik harbiy xizmat (xizmat) stajiga ega bo‘lgan harbiy xizmatchilar (xodimlar) to‘lov-kontrakt asosida qabul qilinishi mumkin.
To‘lov-kontrakt asosida o‘qitish uchun to‘lov qiymati bir tinglovchini o‘qitish bilan bog‘liq asoslangan xarajatlar miqdoridan kelib chiqib, Universitet Vasiylik kengashi qarori bilan belgilanadi.
Universitetning sirtqi ta’lim shakliga o‘qishga kirish istagini bildirgan Milliy gvardiya, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarkibiga kiruvchi boshqa vazirlik va idoralarning harbiy xizmatchilari hamda xodimlari o‘z xizmat joyi bo‘yicha boshliqlari nomiga har yili 1-apreldan 1-mayga qadar (shu kuni ham) bildirgi bilan (ta’lim yo‘nalishi, o‘quv tili, shakli (oliy ta’lim muassasasini tugatganligi yoki oliy ma’lumoti yo‘qligi, qaysi chet tilidan test topshirishi, harbiy tavsiyanomaga ega bo‘lganlar uning raqamini va tanlangan ikkinchi oliy ta’lim muassasasi ta’lim yo‘nalishini) ko‘rsatilgan holda) murojaat qiladi.
Harbiy xizmatchi va xodimlarning bildirgilariga asosan o‘z xizmat joylari bo‘yicha kadr organlari tomonidan nomzodlarning hujjatlarini to‘plash va o‘rganish ishlari har yili 2-maydan 30-mayga qadar (shu kuni ham) tashkil etiladi. Hujjatlarni to‘plash va o‘rganish ishlari yakuni bo‘yicha nomzodlarning hujjatlar yig‘majildi rasmiylashtiriladi. Nomzodlarning hujjatlar yig‘majildida quyidagi hujjatlar bo‘lishi shart:- ta’lim yo‘nalishi ko‘rsatilgan holda nomzodning bildirgisi;
- ma’lumotnoma-obyektivka;
- lavozimga tayinlash to‘g‘risidagi oxirgi buyruqdan ko‘chirma;
- ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlar nusxasi (shahodatnoma, diplom, ilovasi bilan);
- xizmat tavsiyanomasi;
- davlat siri bo‘lgan ma’lumotlar bilan ishlashga tegishli shakldagi ruxsatnomaga ega ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma.
Nomzodlarning hujjatlar yig‘majildi har yili 15-iyunga qadar Qabul komissiyasiga taqdim etiladi.
Universitet sirtqi ta’lim shakliga nomzodlarni qabul qilish test sinovlarini o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.
Test sinovlarida ishtirok etadigan nomzodlarning soni cheklanmaydi.
Nomzodlarni Universitetning sirtqi ta’lim shakliga tinglovchilar safiga imtiyoz bilan qabul qilish O‘zbekiston Respublikasining qonunchilik hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Nomzodlarni sirtqi ta’lim shakli topshirish uchun ro'yxatdan o'tish
T/r |
Ta’lim yo‘nalishlar |
Kvalifikatsiya |
Ta’lim olish muddati |
Ta’lim olish shakli |
Test topshiriladigan fanlar |
|
Oliy ma’lumotlilar uchun |
O‘rta maxsus uchun |
|||||
1. |
Xavfsizlikni huquqiy ta’minlash |
Yurist |
3 yil |
4yil |
Sirtqi |
1.Huquqshunoslik |
2.Chet tili |
||||||
2. |
Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash |
Psixolog |
3 yil |
4yil |
Sirtqi |
1.Biologiya |
2.Ona tili va adabiyot |