Ilmiy kengashlar

ILMIY KENGASHLAR

O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida quyidagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan:

1) О‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2024-yil 28-avgust kunidagi 360/2-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.32/30.12.2020.Yu.74.01 raqamli Ilmiy kengashda quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha himoyalar tashkil etiladi:

12.00.01 – “Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy ta’limotlar tarixi”

12.00.02 – “Konstitutsiyaviy huquq. Ma’muriy huquq. Moliya va bojxona huquqi”

12.00.08 – “Jinoyat huquqi. Jinoyat-ijroiya huquqi”

12.00.09 – “Jinoyat protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquqi va sud ekspertizasi”

Mazkur Ilmiy kengash huzurida quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha Bir martalik ilmiy kengash tuzish vakolati mavjud:

12.00.03 – “Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq”

12.00.04 – “Fuqarolik protsessual huquqi. Xо‘jalik protsessual huquqi. Hakamlik jarayoni va mediatsiya”

12.00.05 – “Mehnat huquqi. Ijtimoiy ta’minot huquqi”

12.00.06 – “Tabiiy resurslar huquqi. Agrar huquq. Ekologik huquq”

12.00.07 – “Sud hokimiyati. Prokuror nazorati. Huquqni muhofaza qilish faoliyatini tashkil etish. Advokatura”

12.00.15 – “Kriminologiya”

13.00.02 – “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (sohalar bo‘yicha)”

 

2) О‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Raisining 2023-yil 31-yanvar kunidagi 105/4-2-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.32/28.02.2022.Yu.74.02 raqamli yopiq Ilmiy kengashda quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha himoyalar tashkil etiladi:

21.02.03 “Harbiy huquq, xalqaro huquqning harbiy muammolari (yuridik fanlar)”

Mazkur Ilmiy kengash huzurida quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha Bir martalik ilmiy kengash tuzish vakolati mavjud:

21.02.03 – “Harbiy huquq, xalqaro huquqning harbiy muammolari (harbiy fanlar)”

21.00.00  – harbiy fanlar ixtisosliklarining barcha harbiy fanlar tarmog‘i.

 

3) О‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Raisining 2024-yil 30-iyul kunidagi 358/2-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.32/30.07.2024.Yu.74.03 raqamli Ilmiy kengashda quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha himoyalar tashkil etiladi:

12.00.14 – “Huquqbuzarliklar profilaktikasi. Jamoat xavfsizligini ta’minlash. Probatsiya faoliyati”

Text to speech