OLIY TA'LIMDAN KEYINGI TA'LIM FAKULTETI
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim fakulteti 2018-yildan “Ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash markazi” sifatida faoliyat yo‘lga qo‘yilgan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi “Jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida professional kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5077-son qarori bilan Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti etib qayta tashkil etildi. Ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash markazi esa Oliy ta’limdan keyingi ta’lim fakulteti etib qaytadan tashkil etildi.
Universitetda tadqiqotchilar uchun barcha qulayliklar yaratilgan. Xususan, quyidagi ilmiy darajalar beruvchi Ilmiy kengashlar faoliyati yo‘lga qo‘yilgan:
1) О‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Rayosatining 2024-yil 28-avgust kunidagi 360/2-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.32/30.12.2020.Yu.74.01 raqamli Ilmiy kengash
2) О‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasi Raisining 2024-yil 30-iyul kunidagi 358/2-son qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.32/30.07.2024.Yu.74.03 raqamli Ilmiy kengash.
Yaratilgan qulay shart-sharoitlar natijasida 2018 yildan hozirgi kunga qadar jami 120 nafar talabgorlar dissertatsiya ishlarini muvaffaqiyatli himoya qildilar. Shundan, 21 nafari fan doktori (DSc), 99 nafari falsafa doktori (PhD) ilmiy darajalarini oldilar.
12.00.00 – yuridik fanlar ixtisosligi bo‘yicha 77 nafar;
13.00.02 – pedagogika fanlari ixtisosligi bo‘yicha 9 nafar.