AXBOROT-RESURS MARKAZI
O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Axborot-resurs Markazi (bundan buyon matnda “Markaz” deb yuritiladi) o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 20-iyun kunidagi PQ-381-sonli «Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta‘minlashni tashkil etish to‘g‘risida»gi Qarori, 2011-yil 13-aprel kunidagi 280-sonli «O‘zbekiston Respublikasining axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida»gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining 2022-yil 22-iyul kunidagi 113-sonli «O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi markaziy devoni, harbiy qism va muassasalarining kutubxonalar faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida»gi buyrug‘i, Universitet Ustavi, Universitet boshlig‘ining buyruq va farmoyishlari hamda Markaz Nizomiga asosan tashkil etadi va amalga oshiradi.
Markazda kitob saqlash xonasi, adabiyotlarni yakka tartibda berish uchun abonement joyi, o‘quv zali, elektron kutubxonalari, shuningdek, o‘quv, badiiy adabiyotlar, elektron kutubxona va xizmat doirasida foydalanish uchun adabiyotlar kutubxonasi faoliyat yuritadi.
Markaz ilmiy-ommaviy, badiiy kitoblar va o‘quv adabiyotlari, davriy va matbuot nashrlarini, elektron shaklda taqdim etilgan, ko‘p foydalaniladigan tarzda taqsimlangan turli axborot-kutubxona resurslarini to‘plash, saqlash va ulardan foydalanish uchun mo‘ljallangan.
Markaz kutubxonasi fondi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
kutubxona fondida mavjud bo‘lgan barcha kutubxona resurslari to‘g‘risida axborot mavjud bo‘lgan katalog;
kitoblar (adabiyotlar, darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar va boshqalar);
turli tashkilotlardan olingan adabiyotlar, nashrlar va hujjatlar;
kutubxona ma’lumotlar bazasi;
davriy nashrlar;
kitoblar, nashr va o‘quv qo‘llanmalarning elektron versiyalari.