Fuqaroviy-huquqiy fanlar kafedrasi

Kafedra О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining    2021-yil 15-apreldagi “Jamoat xavfsizligini  ta’minlash sohasida professional  kadrlarni  tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari  tug‘risida”gi PQ – 5077-sonli qarori asosida tashkil etilgan bо‘lib, Universitetning  tarkibiy bо‘linmasi sifatida unga y.f.d., professor M.SH.Choriyev rahbarlik qilib kelmoqda.

KAFEDRANING MAQSADI:

О‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tarkibiga kiruvchi barcha vazirlik va idoralar hamda tegishli davlat va xо‘jalik boshqaruvi organlari uchun yurispridensiya sohasi bо‘yicha professional kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishdan iborat.

О‘quv-uslubiy ishlar sohasida – о‘qitishning innovatsion metodlaridan foydalanib “Milliy xavfsizlikni huquqiy ta’minlash”, “Xavfsizlikni huquqiy ta’minlash” ta’lim yо‘nalishlari va “Jamoat xavfsizligini huquqiy ta’minlash” mutaxassisliklari bо‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni shakllantirishga qaratilgan о‘quv ishlarini tashkil etish;

Ilmiy-metodik ishlar sohasida – о‘quv jarayonining ilmiy-metodik asoslarini ishlab chiqish, о‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlash, ushbu sohadagi xorijiy tajribani о‘rgangan holda professor-о‘qituvchilarning mehnat unumdorligi va ta’lim sifati hamda samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy qilish;

Ilmiy-tadqiqot ishlari sohasida – mamlakatda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlarining ustuvor vazifalari, ilg‘or jahon tajribasi va xalqaro standartlarni hisobga olgan holda, jamoat xavfsizligini ta’minlash bо‘yicha ustuvor yо‘nalishlarni, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish va ularning natijalarini amaliyotga tadbiq etilishini ta’minlash;

Tashkiliy-metodik ishlar sohasida – ta’lim sifatini baholash, uning tahlilini olib borish, shuningdek boshqa tashkiliy-metodik tadbirlarni samarali tashkil etish;

Ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlar sohasida – kursantlar, talabalar va tinglovchilarni ma’naviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol topishiga kо‘maklashish va milliy qadriyatlarni hurmat qilish, vatanparvarlik,  fuqarolik tuyg‘usi, bag‘rikenglik, qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli ta’sirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan, hayotga bо‘lgan qat’iy ishonch va qarashlarga ega qilib tarbiyalash, davlat va jamiyat oldida о‘z mas’uliyatini his etish, insonparvarlik, millatlararo totuvlik, adolat va qonun ustuvorligi mezonlarini anglab etish va unga rioya etish ruhida tarbiyalash;

Ilmiy-pedagog  kadrlarni tayyorlash, pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, ularning stajirovkasi bilan bog‘liq ishlar sohasida – zamonaviy xalqaro standartlarga javob beradigan kafedraning boy intellektual va ilmiy-pedagogik mahoratga ega ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash tizimini shakllantirish bо‘yicha aniq maqsadli ishlarni amalga oshirish.

Kafedra boshlig'i

Yuridik fanlar doktori (Dsc), professor

M.Sh.Choriyev

Kafedra boshlig‘i o‘rinbosari

Yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Phd), dotsent

О‘.M.Davletov

Kafedra professori

Yuridik fanlar doktori, professor

A.A.Muxammadiyev

Kafedra professori

Yuridik fanlar doktori, professor

R.D.Ruziyev

Kafedra professori

Yuridik fanlar doktori (Dsc), professor

A.A.Dadasheva

Kafedra professori

Yuridik fanlar doktori (Dsc), dotsent

SH.M.Gaziyev

Kafedra professori

Yuridik fanlar doktori (Dsc), dotsent

Z.K.Babakulov

Kafedra dotsenti

Yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Sh.B.Norboyev

  1. Jamoada o‘qitishning zamonaviy shakl va usullari, ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng joriy etilgan. O‘quv mashg‘ulotlari kafedraning malakali o‘qituvchilari bilan birga, amaliyotda katta tajribaga ega mutaxassislar tomonidan olib boriladi. Buning uchun kafedra zarur o‘quv-metodik baza va adabiyotlar bilan taʼminlangan. Аyniqsa mashg‘ulotlarning ilg‘or interfaol usullar yordamida tashkil etilayotgani  kursantlarning nazariy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat   Jamoa aʼzolari dolzarb mavzularda ilmiy izlanishlar olib borish barobarida, xorijiy davlatlar taʼlim muassasalarida tajriba oshirib qaytishmoqda.
  2. 2020-yil 30-sentyabrь kuni kafedra boshlig‘i, yu.f.d., professor Sh.Choriev 1-oktyabr – O‘qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan  O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoninnng qimmatbaho sovg‘asi bilan taqdirlangan.
  3. 2021-yil 14-yanvarь kuni kafedra boshlig‘ining o‘rinbosari, yu.f.b.f.d (PhD) O‘.M.Davletov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-dekabrdagi Farmoniga binoan taʼsis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 30-yil” esdalik nishoni bilan taqdirlangan.  
  4. 2021-yil 21-mart kuni kafedra katta o‘qituvchisi, yu.f.b.f.d (PhD) J.D.Аxmedov O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoni tomonidan “Namunali xizmatlari uchun” mukofotiga loyiq topildi.
  5. 2021-yil 14-yanvar kuni kafedra professori, yu.f.d., professor А.А.Muxammadiev O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 1-dekabrdagi Farmoniga binoan taʼsis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 30 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlangan. 
  6. 2021-yil 15-oktyabr kuni kafedra professori, yu.f.d.. dotsent M.T.Аxmedova 1-oktyabrь – O‘qituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondoninnng Maʼnaviyat aʼlochisi ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan.
  7. Fuqarolik va oila huquqi. Darslik. Toshkent-2022. “O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi univesiteti”. – 639 b.
  8. Shartnoma huquqi. Darslik. Toshkent-2022. “O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi univesiteti ”. – 631 b.
  9. Fuqarolik huquqi: tizimi, predmeti, metodi, vazifalari va prinsiplari. Ilmiy-ommabop risola. Toshkent – 2022. “O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti”. – 48 b.
  10. Fuqarolik-huquqiy majburiyatlarini bajarish. Ilmiy-ommabop risola. Toshkent-2022. “O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti”. – 76 b.
  11. Mulk ijarasi, lizing, ssuda va pudrat shartnomalari. O‘quv qo‘llanma. Toshkent – 2023. “O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi univesiteti” –195 b.
  12. Amir Temur davlatida xavfsizlik masalalarining huquqiy asoslari. Monografiy. Toshkent-2023. “O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti”. – 175 b.
  13. Autsorsing shartnomasi. Monografiy. Toshkent-2023. “O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti”. – 100 b.
  14. 2023-yil 13-may kuni kafedra boshlig‘ining o‘rinbosari, yu..f.b.f.d (PhD)., dotsent O‘.M.Davletov Referendumda munosib xissa qо‘shganligi uchun “100.000 pul mukofoti” bilan rag‘batlantirilgan.
  15. Ma’muriy huquq va javobgarlik. O‘quv qo‘llanma. Toshkent-2024. “O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi univesiteti”. –335 b.
  16. Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasining fuqarolik-huquqiy maqomi. O‘quv qo‘llanma. Toshkent – 2024. “ O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi univesiteti”. – 259 bet.
  17. Xalqaro xususiy huquq. Darslik. Toshkent – 2024. “O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti”. – 508 b.
  18. Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida 2024-yil 25-iyun kuni Fuqaroviy-huquqiy fanlar kafedrasi tomonidan, “Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining hozirgi bosqichida iqtisodiyotni yanada liberallashtirish, mulkchilik munosabatlarini tartibga solishda davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish, xususiy mulk kafolatlarini himoya qilishni kuchaytirish, tadbirkorlikni rag‘batlantirish va xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish maqsadida “Xususiy huquqning rivojlanish tendensiyalari: Nazariya va amaliyot” mavzusiga bag‘ishlangan xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.
  19. Fuqarolik va oila huquqi fanidan kursant va tinglovchilarning egallagan bilimlarini mustahkamlash maqsadida 2024-yil 12-iyul kuni “Fuqarolik va oila huquqi” bilimdoni ko‘rik tanlovi o‘tkazildi. Tanlov natijalariga ko‘ra faxrli 1-o‘rinni 424-o‘quv guruhi kursantlar jamoasi, 2-o‘rinni 412-o‘quv guruhi kursantlar jamoasi, 3-o‘rinni 421-o‘quv guruhi kursantlar jamoasi egalladi hamda diplom va estalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
  20. “Saylov – 2024”. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari saylovlariga tayyorgarlik jarayonlarida faol ishtirok etilgan.
  21. 2025-yil 8-may kuni kafedra boshlig‘i, yu.f.d., professor M.Sh.Choriyev Ixtirochilik va ratsionalizatorlik ish. Faollik ko‘rsatgani uchun “1 oylik amal maoshi miqdorida” pul mukofoti bilan rag‘batlantirilgan.
  22. Mehnat huquqi. Darslik. Toshkent – 2025. “O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti”. –384 b.

Toshkent davlat yuridik universiteti

 

Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Аkademiyasi

  

Fuqarolik va oila huquqi. Darslik

R.Dj.Ruziyev, V.R.Topildiyev

2011, Cho‘lpon nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi

Fuqarolik protsessual huquqi. Darslik

O'.M.Davletov

2018, Milliy gvardiyasi Harbiy texnik instituti 

Fuqarolik protsessual huquqi. O‘quv qo‘llanma

O'.M.Davletov

2019, Milliy gvardiyasi Harbiy texnik instituti

Fuqarolik protsessual huquqi. Darslik

O'.M.Davletov

2020, COMPLEX PRINT ” nashriyoti

Fuqarolik va oila huquqi. Darslik

M.Sh.Choriyev, R.Dj.Ruziyev

2022, Jamoat xavfsizligi universiteti

Shartnoma huquqi. Darslik

M.Sh.Choriyev, R.Dj.Ruziyev, A.A.Muxammadiyev, Sh.B.Norboyev

2022, Jamoat xavfsizligi universiteti

Fuqarolik-huquqiy majburiyatlarini bajarish. Ilmiy-ommabop risola

R.Dj.Ruziyev

2022, Jamoat xavfsizligi universiteti

Fuqarolik huquqi: tizimi, predmeti, metodi, vazifalari va prinsiplari. Ilmiy-ommabop risola

R.Dj.Ruziyev

2022, Jamoat xavfsizligi universiteti

Mehnat va ijtimoiy ta’minot huquqi. Testlar to‘plami

M.A.Usmanova, M.T.Axmedova

2022, Jamoat xavfsizligi universiteti

Mulk ijarasi, lizing, ssuda va pudrat shartnomalari. O‘quv qo‘llanma

R.Dj.Ruziyev

2023, Jamoat xavfsizligi universiteti

Amir Temur davlatida xavfsizlik masalalarining huquqiy asoslari. Monografiya

M.T.Axmedova

2023, Jamoat xavfsizligi universiteti

Autsorsing shartnomasi. Monografiya

Sh.B.Norboyev

2023, Jamoat xavfsizligi universiteti

Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasining fuqarolik-huquqiy maqomi. O‘quv qo‘llanma

Z.K.Babakulov 

2024, Jamoat xavfsizligi universiteti

                
 
 
 
Text to speech