Markaz Universitetning tarkibiy bo‘linmasi hisoblanib Markazda o‘quv - metodik, ilmiy - tadqiqot, tarbiyaviy, tashkiliy va ma’naviy-ma’rifiy ishlar olib boriladi, shuningdek ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, malaka oshirish, qayta tayyorlash amalga oshiriladi.
Universitet kursantlarini jamoat xavfsizligini ta'minlash bo'yicha tayyorlash sifatini oshirish maqsadida Markaz tomonidan ilg'or axborot texnologiyalari joriy etildi. Shunday qilib, universitetning o'quv jarayoni davomida ushbu Markaz bazasida turli xil modellashtirish va simulyatsiya vositalaridan foydalangan holda kompyuter mashqlari (treninglar) o'tkaziladi.
Shuningdek, Davlat rahbariyati talablarini bajarish maqsadida Markaz innovatsion dasturiy mahsulotlarni ishlab chiqish, o'rganish, moslashtirish va joriy etish orqali universitetning o'quv faoliyatini raqamlashtirish bo'yicha faol ish olib bormoqda.