Maxsus fakultet

Maxsus fakultet

          O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 apreldagi “Jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida professional kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5077-son farmonida O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetiga umumfuqaroviy asosda kunduzgi ta’lim shakliga talabalarni hamda sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha harbiy xizmatchilarni o‘qishga qabul qilish belgilangan bo‘lib ular universitetning Maxsus fakultetida o‘qitiladi.

Maxsus fakultetda bakalavr ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha talabalar quyidagi ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha tahsil oladilar:

          60310100 – Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha);

          60310900 – Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha);

          60420100 - Yurisprudensiya (faoliyat turlari bo‘yicha);

Sirtqi ta’limga O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Qurolli Kuchlarning boshqa kuch tuzilmalari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar saflarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xodimlar bakalavr ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil oladilar:

          61030200 – Xizmat failoyatini tarbiyaviy-huquqiy ta’minlash (3/4 yil);

          61031300 – Xavfsizlikni huquqiy ta’minlash (3/4 yil).

Maxsus fakultetga talaba va tinglovchilarni o‘qishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 6-avgustdagi qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetiga nomzodlarni saralab olish va o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom asosida amalga oshiriladi.

 

Maxsus fakultetning vazifalari

Maxsus fakultetning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

- zamonaviy nazariy va ilg‘or amaliy tajribalar bo‘yicha bilimlarni egallagan, olgan bilimlarini o‘zining kasbiy faoliyati va xizmat vazifalarini bajarishda bevosita qo‘llay oladigan mutaxassislarni tayyorlash;

- tinglovchi va talabalarda rahbarlik (yetakchilik) xislatlarini shakllantirish, jamoani boshqarish, unda sog‘lom axloqiy muhit yaratish ko‘nikmalari va mahoratini hosil qilish;

- tinglovchi va talabalarning kundalik xizmat faoliyatida mohirona boshqaruvni ta’minlash, murakkab vaziyatlarga qisqa fursatlarda moslashish, favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilishga qaratilgan yuqori axloqiy-ma’naviy, ruhiy fazilatlar hamda xususiyatlarni o‘zlashtirishiga erishish;

- tinglovchi va talabalarda zarur bo‘lgan kasbiy psixologik bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish;

- tinglovchi va talabalarning xizmat vazifalarini to‘liq va vijdonan bajarishlarini ta’minlash maqsadida, yuksak kasbiy mahoratning shakllanishiga qaratilgan intellektual, maxsus va ruhiy tayyorgarliklarni amalga oshirish;

- tinglovchi va talabalarning o‘zlashtirish davomatini va tayyorgarlik sifatini nazorat qilish va o‘quv jarayoni monitoringini amalga oshirish;

- ta’lim jarayonida masofadan turib o‘qitish usullaridan foydalanish;

- xorijiy davlatlarning turdosh yetakchi ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari o‘rnatish, o‘quv jarayoniga xorijiy hamkor ta’lim muassasalaridan yuqori malakali o‘qituvchi va olimlarni jalb qilish;

- ijobiy tajribani, ta’limning zamonaviy shakl va usullarini joriy qilish, oldida turgan vazifalarni hal qilishga amaliy yo‘nalganligini ta’minlash asosida o‘quv-tarbiya jarayonini uzluksiz takomillashtirib borish;

- o‘quv jarayoniga ilg‘or informatsion va pedagogik texnologiyalarni joriy etish;

- o‘quv jarayonini samarali tashkil etish maqsadida Milliy gvardiya organlarining tegishli sohaviy xizmatlari, Universitetning kafedralari va boshqa tarkibiy qismlari bilan hamkorlik qilish;

- qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ish yuritishni ta’minlash;

- ta’lim yo‘nalishlariga muvofiq o‘quv rejalari va dasturlarni ishlab chiqish;

- fakultetning moddiy-texnika bazasini zamonaviy talablar va standartlarga muvofiq mustahkamlash va yangilab borishdan iborat.

 

O‘quv ishlari

Talabalarga o‘quv mashg‘ulotlari zamonaviy pedagogik va innovatsion texnologiyalar asosida amalga oshiriladi. O‘quv xonalari zamonaviy texniik vositalar bilan jihozlangan.

2021-2022 o‘quv yilida Maxsus fakultet talabalari O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan tashkil etilgan fan sohalari bo‘yicha onlayn-olimpiadada faol ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritishdi.

 

Ma’naviy-ma’rifiy va yoshlar bilan ishlash

O‘zbekiston Respublikasining yoshlarga oid davlat siyosati hamda “Besh muhim tashabbus” doirasida Maxsus fakultet talabalari bilan ma’naviy-ma’rifiy va sport tadbirlari tashkillashtirib kelinmoqda.

Universitetda o‘tkazilgan “Zakovat”, “Viktorina”, “Huquqshunoslik”  “Bilimdon” intellektual o‘yinlarda faol ishtirok etib, o‘zlarining bilimi va salohiyatlarini namoyon etib faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritmoqdalar.

Talabalar Toshkent shahrida joylashgan Mehribonlik uylari, Imkoniyati cheklangan maktab-internat”, umumta’lim maktablari va Toshkent shaharining Olmazor tumani mahallalaridagi yoshlar bilan ma’daniy-ma’rifiy va sport tadbirlarida  faol ishtirok etib, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha o‘z hissasi qo‘shib kelmoqda. 

Shuningdek Toshkent shahrida joylashgan teatr, muzeylar va tarixiy obidalarga, “Adiblar xiyoboni”, “Alisher Navoiy” nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasiga  talabalarning muntazam tashrifi yo‘lga qo‘yilgan.

Ilmiy ishlar

Fakultet talabalari universitetning “Iqtidorli talabalar” jurnalida ilmiy maqolalar chop etishmoqda. Psixologiya (faoliyat turlari bo‘yicha) ta’lim yo‘nalishi talabasi N.Sotvoldiyaеvaning mahaliy va xorijiy nashrlarda, 10 dan  ortiq maqolasi chop etilgan.

 

Hamkorlikdagi ishlar

Maxsus fakultet o‘quv va ma’naviy ishlar yuzasidan Respublikadagi bir qator oliy ta’lim muassasalari xususan Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti va Z.M.Bobur nomidagi Andijon davlat universiteti bilan tuzilgan shartnoma asosida birgalikdagi chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Text to speech