Jismoniy tayyorgarlik va sport kafedrasi sobiq Ittifoq IIV qoshidagi oliy kurslar davrida tashkil topib, 1991 yildan 2017 yilgacha Ichki ishlar vazirligi tasarrufida Toshkent oliy harbiy-texnik bilim yurti, 2017 yildan 2021yilgacha Milliy gvardiya tasarrufida Harbiy-texnik instituti va 2021 yildan hozirgi kungacha O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti maqomida faoliyat yuritib kelmoqda.
IIV Toshkent oliy harbiy-texnik bilim yurti davrida Jismoniy tayyorgarlik va sport kafedrasida o‘qitiladigan “Jismoniy tayyorgarlik” fani bo‘yicha kursantlarning ta’lim olish yo‘nalishiga qarab har xil o‘quv yuklamalarda mashg‘ulotlar olib borilardi hamda bilim yurti sport majmuasida sport turlari bo‘yicha alohida zallar mavjud bo‘lmagan. Bu holat Harbiy-texnik instituti davrida ham davom etgan.
2021 yil Harbiy-texnik instituti O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetiga aylantirilgandan so‘ng, kafedrada o‘qitiladigan “Jismoniy tayyorgarlik” fanining o‘quv soatlari barcha yo‘nalishda ta’lim oluvchi kursantlar uchun tenglashtirildi, Maxsus fakultetda ta’lim oluvchi talabalar uchun “Jismoniy tarbiya va sport” fani, sirtqi ta’lim shaklida o‘qiyotgan tinglovchilar uchun “Maxsus jismoniy tayyorgarlik” fani joriy etildi.
Universitet doimiy tarkibi, kursantlar, talabalar shug‘ullanib kelayotgan sport tulari bo‘yicha seksiyalar ko‘paytirildi. Bular, qo‘l jangi va boks, sambo, triatlon, regbi, voleybol, futbol, o‘q otish sporti, xizmat ko‘pkurashi va engil atletika, funktsional ko‘pkurash, ot sporti, kamondan otish, shaxmat hamda stol tennisi.
Kafedra tomonidan o‘tgan davr ichida o‘quv-tarbiyaviy jarayonni takomillashtirishda, Universitetda ommaviy jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirishda, jaxon sport musobaqalarida yurtimiz bayrog’ini baland cho‘qqilarga ko‘tarilishida, Respublikamiz Qurolli Kuchlarining barcha tizimlari uchun yuqori malakali mutaxassislar tayyorlashda ko‘plab ishlar amalga oshirilgan.
2020 yildan hozirgi kunga qadar, kafedra boshlig‘i vazifasini bajarayotgan, dotsent Karimov Xasan Raimovich ushbu an’analarni davom ettirib, uning rahbarligida kafedra xodimlari tomonidan Universitet shaxsiy tarkibining Jismoniy tayyorgarlik va sport turlari bilan shug‘ullanishlari uchun shart-sharoitlar yanada takomillashtirish, ularning jismoniy tayyorgarligini yuqori darajasiga ko‘tarish, kafedra o‘quv-uslubiy ishlarini rivojlantirish borasida bir qator ishlar olib borilayapti. X.R.Karimov rahbarligida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 2 ta darslik, 21 ta o‘quv qo‘llanma, 30 dan ortiq uslubiy ishlanmalar tayyorlanib, o‘quv moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, uni yangi zamonaviy darslik, o‘quv va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar va trenajyorlar bilan boyitish ishlariga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.
Kafedrada jismoniy tayyorgarlik va sport o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazish va barcha shaxsiy tarkibning sport bilan shug‘ullanishlari uchun yetarli shart-sharoitlarni yaratib berilgan bo‘lib, Universitet sport majmuasida alohida o‘yinlar zali, trenajyorlar zali, krossfit zali, qo‘l jangi zali, kurash zali, suzish basseyni, sport majmuaning tashqari hududida esa futbol stadioni, mini-futbol, basketbol, voleybol, vorkaut, gimnastika, trenajyorlar maydonchalari, yugurib kelib uzunlikka sakrash yo‘lakchasi mavjud.
Shu kunga qadar, Universitet terma jamoasi turli xil sport musobaqalarida qatnashib, Jahon chempionatida 4 nafar oltin medal, 4 ta kumush medal, 5 ta bronza, Osiyo chempionatida 9 nafar oltin medal, 8 ta kumush, 4 ta bronza medallarini, respublika miqyosidagi chempionatlarida 51 ta oltin medal, 67 ta kumush va 89 ta bronza medallarini qo‘lga kiritishgan.
Universitetda 2021-2023 yillarda 25 nafar harbiy xizmatchilar “Alvon beret” soxiblari bo‘lishgan. Shulardan 18 nafari Universitet kursantlari.
2023-2024 yillari O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-dekabrdagi PQ-40-sonli qaroriga muvofiq o‘tkazilib borilayotgan “Dovyurak jangchi” intensiv sinovlaridan muvaffaqiyatli о‘tib, Universitetning 10 nafar harbiy xizmatchisi “Dovyurak jangchi” farqlovchi ko‘krak nishoni soxiblari bo‘ldilar.
Shu kunga qadar, Universitet sportchi-harbiylaridan 28 nafar sport ustaligiga nomzod, 17 nafar sport ustasi va 9 nafar xalqaro toifadagi sport ustalari yetishib chiqdi.
Kafedraning asosiy maqsadi: O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Qurolli Kuchlari va huquqni muhofaza qiluvchi organlari uchun tayyorlanadigan mutaxassislarni har tomonlama rivojlangan va sodiq, o‘z vatani fidoyisi, xalq, jamiyat va oila oldidagi o‘z mas’uliyatini his qiluvchi, milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qiluvchi, xalq an’analarini boyituvchi va mustahkamlovchi, vatanimiz kelajagi uchun vijdonan va halol mehnat qiluvchi shaxs etib tarbiyalash, harbiy xizmatchilarning sog‘lig‘ini yaxshilash, mustahkamlash va jismoniy qolaversa kasbiy-amaliy tayyorgarlik darajasini oshirishga yo‘naltirish; jamoat xavfsizligini ta’minlashda qo‘l jangining hujum va o‘zini himoyalash usullaridan mohirona foydalanib, xizmat faoliyatida tez-tez uchrab turadigan jismoniy yuklama, asabiy-ruhiy zo‘riqishlar va boshqa salbiy holatlarni mardona engish hamda nostandart vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilishda kerak bo‘ladigan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi.
Kafedraning asosiy vazifasi boʻlib, ta’lim oluvchilarning chidamlilik, kuch, tezkorlik va chaqqonlik kabi jismoniy sifatlarni rivojlantirish va muntazam ravishda takomillashtirib borish, jismoniy rivojlanishini yaxshilash, salomatligini mustaxkamlash va organizmini harbiy-kasbiy faoliyat davomida uchraydigan noxush omillar ta’siriga qarshi tura olish qobiliyatini oshirish, tabiy toʻsiqlari mavjud boʻlgan notekis yerlarni piyoda tartibda bosib oʻtish, tabiy va sun’iy toʻsiqlardan oshib oʻtish, qoʻl jangining maxsus usullari hamda harbiy-amaliy suzish boʻyicha koʻnikma va malakalarini hosil qilish, kelgusida mustaqil ravishda jismoniy tayyorgarlik mashg‘ulotlarini oʻtkazish uchun ta’lim oluvchilarda tashkiliy-uslubiy koʻnikma va malakalarini shakllantirish hisoblanadi.
Shuningdek, kafedra zimmasiga quyidagi vazifalar yuklanadi:
- Tasdiqlangan o‘quv reja va fan o‘quv dasturlariga muvofiq kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha “Jismoniy tayyorgarlik”, “Maxsus jismoniy tayyorgarlik” va “Jismoniy tarbiya va sport” fanlari bo‘yicha o‘quv jarayonini amalga oshirish;
- ta’lim, ilmiy faoliyat jarayonida intellektual, madaniy va ma’naviy rivojlanishda shaxsning ehtiyojlarini qondirish uchun zaruriy shart-sharoitlarni yaratish;
- asosiy va qo‘shimcha ta’lim dasturlari bo‘yicha tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirishni tashkil etish va o‘tkazish.
2021 yil 3 noyabr kuni “Funktsional kо‘pkurash” sport turi bо‘yicha “Milliy gvardiya kubogi” musobaqasida Universitetning funktsional kо‘pkurash terma jamoasi umumjamoa hisobida 2 о‘rinni egalladi va quydagi sportchi-kursantlar diplom va me’dallar bilan taqdirlandi:
- 134 о‘quv guruhi kursanti Raimova Diyora Chori qizini;
- 241-о‘quv guruhi kursanti Qodirov Azamjon Azamatjon о‘g‘li;
- 402-о‘quv guruhi kursanti Mukumov Rustam Raxmatovich;
- 422-о‘quv guruhi kursanti Xolmatov Jо‘rabek Qurbonali о‘g‘li.
2021 yil 11-13 noyabr kunlari Chirchiq shahrida qо‘l jangi bо‘yicha yoshlar о‘rtasida о‘tkazilgan “Toshkent viloyati kubogi” Ochiq Chempionatida Universitet terma jamoasi 2 ta oltin, 2 ta kumush, 5 ta bronza medallarini qо‘lga kiritdilar.
2021 yil 20-25 noyabr kunilari О‘zbekiston Respublikasi Davlat Xavfsizlik Xizmati Akademiyasida “Oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari о‘rtasida 2021-2022 yillar davomida sport turlari bо‘yicha musobaqalarni о‘tkazish tartibini belgilash tо‘g‘risida”gi 23/29/43 QQ 17/19/37-sonli qо‘shma qaroriga asosan Mini-futbol sport turi bо‘yicha musobaqasida Jamoat xavfsizligi universiteti terma jamoasi fahrli 2-о‘rinni egalladi.
2021 yil 30 noyabr–3 dekabr Qurolli Kuchlar sport bazasida О‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Favqulodda vaziyatlar vazirligi va Davlat bojxona qо‘mitasining xodim va harbiy xizmatchilari о‘rtasida “Toshkent yoshlarni sevadi” shiori ostida о‘tkazilgan Toshkent shahar xokimi harbiy-ma’muriy sektor rahbari kubogida estafeta yо‘nalishida Universitet jamoasi faxrli 2-chi о‘rinni egalladi:
- 111 о‘quv guruh komandiri Tursunboyev A.
- 391 о‘quv guruhi kursanti Beknazarov U.
- 422 о‘quv guruhi kursanti Xolmatov J.
- 402 о‘quv guruhi kursanti Fayzullayev A.
2021 yil 10-11 dekabr kunlari Toshket shahrida JEET KUNE DO bо‘yicha Ochiq Chempionatida leytenant О‘rolov Miraziz 1-о‘rinni egalladi.
2021 yil 12-13 dekabr kunlari Olmаzor tumani 326-sonli umumta’lim maktabida Yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanishlariga muntazam jalb qilish, aholi о‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish hamda “Vatanparvarlik” oyligiga bag‘ishlab yoshlar о‘rtasida “О‘zbek jang san’ati” turi bо‘yicha Olmazor tumani birinchilik musobaqasi о‘tkazildi. Musobaqada turli vazn toifalarida 60 dan ortiq sportchi-yoshlar qatnashdilar. Musobaqa g‘olib va sovrindorlari diplom, medallar bilan taqdirlandi.
2022 yil 9 yanvar kuni Toshkent shahrining markazida Kuch tuzilmalari va fuqarolar о‘rtasida О‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 30 yilligi hamda “Vatan himoyachilari kuni”ga bag‘ishlab “Men g‘olib” shiori ostida о‘tkazilgan 10 km yugurish bо‘yicha marafonida Universitetning harbiy-sportchilaridan tashkil topgan terma jamoa faxrli ikkinchi о‘rinni egallab, medal va kо‘chmas kubok bilan taqdirlandi.
2022 yil 6-9 fevral kunlari “Universal sport saroyida” sportning qо‘l jangi turi bо‘yicha yoshlar va о‘smirlar о‘rtasida “О‘zbekiston kubogi” musobaqasida Universitetning qо‘l jangi terma jamoa a’zosi muvaffaqiyatli ishtirok etib, 3-kursantlar bataloni 392a-о‘quv guruhi kursanti Asqarov Tulanboy faxrli 2-о‘rinni egallab diplom, medal va qimmatbaho sovg‘a bilan taqdirlandi.
О‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining ommaviy-sport va uslubiy tadbirlar kalendar rejasiga asosan 2022 yilning 9-10 mart kunlari sportning engil atletika turi bо‘yicha Milliy gvardiya birinchilik musobaqasida 18 ta jamoalar bilan birgalikda Jamoat xavfsizligi universiteti jamoasi ham faol ishtirok etib, faxrli 2-о‘rinni egallab, diplom va kubok bilan taqdirlandi.
2022 yil 11-15 mart kunlari Namangan viloyati, Namangan shaxrida “Paxlavon sport” majmuasida sportning Universal jang turi bо‘yicha kattalar о‘rtasida “О‘zbekiston chempionati”da Universitetning Jismoniy tayyorgarlik va sport kafedrasi о‘qituvchisi О‘rolov Miraziz Mirsodiq о‘g‘li muvaffaqiyatli ishtirok etib, faxrli 3-о‘rinni egallab, diplom va medal bilan taqdirlandi.
2022 yil 27 mart kuni Toshkent shahar Sergeli tumanida boks bо‘yicha Toshkent shahar ochiq chempionatida 20 dan ortiq jamoalaridan 200 yaqin sportchilar 30,32,52 vazn toifasida 2 ta oltin va 1 ta kumush medal bilan taqdirlandi.
2022 yil 8 aprel kuni Toshkent shahar 185 umumta’lim maktabida о‘qituvchi yoshlar о‘rtasida “Shunqorlar” harbiy sport musobaqasi о‘tkazildi. Musobaqada Chilonzor, Shayxontohur va Olmazor tumani umumta’lim maktab о‘qituvchilari qatnashdilar 1 о‘rin Olmazor tumani 185 maktab, 2 о‘rin Chilonzor tumani 128 maktab, 3 о‘rin Olmazor tumani 326 maktablar egallab, diplom va medal bilan taqdirlandi.
2022 yil 23-24 aprel kunlari Toshkent shahrida sportning “Shotokan karate-do” turi bо‘yicha barcha yosh toifalari о‘rtasida О‘zbekiston chempionatida Jamoat xavfsizligi universiteti 134-guruh kursanti Kenjebayeva Elmira ham faol ishtirok etib, quyidagi natijalarni qayd etdi:
- yakka tartibda 18+ yoshdagi 61-kilogramm vazn toifasining kumite bahslarida faxrli 1-о‘rinni;
- jamoa tarkibida 18+ yosh A,B,S kilogramm vazn toifasining kumite bahslarida faxrli 2-о‘rin egallab, medal va diplomlar bilan taqdirlandi.
2022 yil 23 aprel kuni “TRIATLON” turi bо‘yicha О‘zbekiston chempionatida 111-о‘quv guruhi komandiri leytenant Tursunboyev Abror 3-о‘rinni egalladi.
2022 yil 30 may 3 iyun kunlari О‘zbekiston Respublikasi Jamoat Xavfsizligi Universitetida “Oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari о‘rtasida 2021-2022 yillar davomida sport turlari bо‘yicha musobaqalarni о‘tkazish tartibini belgilash tо‘g‘risida” gi 23/29/43 QQ 17/19/37-sonli qо‘shma qaroriga asosan sportning “Voleybol” turi bо‘yicha musobaqasida Jamoat xavfsizligi universiteti terma jamoasi fahrli 1-о‘rinni egallab, diplom va kubok bilan taqdirlandi
2022 yil 30 aprel kuni О‘zbekiston Respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi Akademiyasida “Oliy harbiy ta’lim muassasalarining kursantlari о‘rtasida 2021-2022 yillar davomida sport turlari bо‘yicha musobaqalarni о‘tkazish tartibini belgilash tо‘g‘risida” gi 23/29/43 QQ 17/19/37-sonli qо‘shma qaroriga asosan KО‘PKURASh sport turi bо‘yicha musobaqasida Jamoat xavfsizligi universiteti terma jamoasi fahrli 3-о‘rinni egallab, diplom va kubok bilan taqdirlandi.
Mazkur musobaqada 6 ta jamoalar 100 metrga yugurish, 100 metrga suzish, 3000 mertga yuugurish va Makarov tо‘pponchasidan 25 metrga о‘q otish turlari bо‘yicha bellashdilar.
Musobaqa yakuniga kо‘ra shaxsiy birinchilikda.
100 metrga yugurish musobaqasida:
1 о‘rinni–381 о‘quv guruhi kursanti D.N.Usmonjonov egallab,
1 darajali diplom va medal bilan taqdirlandi.
2 о‘rinni–5/1 о‘quv guruhi kursanti M.Sh.Murotaliyev egallab,
2 darajali diplom va medal bilan taqdirlandi.
2022 yil 15 may kuni Toshkent shahrining markazida Kuch tuzilmalari va fuqarolar о‘rtasida О‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari ta’lim muassasalari о‘rtasida “9-may Xotira va Qadrlash kuni”ga bag‘ishlab “Men g‘olib” chempionatining ikkinchi bosqichida о‘tkazilgan 10 km yugurish bо‘yicha marafonida Universitetning harbiy-sportchilaridan tashkil topgan terma jamoa faxrli 3-о‘rinni egallab, kо‘chmas kubok bilan taqdirlandi.
2022 yil 22 may kuni Toshkent shahrida Triatlon bо‘yicha О‘zbekiston ochiq chempionatida Jamoat xavfsizligi universiteti jamoasi faol ishtirok etib quyidagi sportchilar 392 b о‘quv guruhi kursanti Kaxxarov I.B. 3-darajali, 241 о‘quv guruxi kursanti Qodirov A.A. 2-darajali diplom va medallar bilan taqdirlandi. Qizlar о‘rtasida musobaqa mutloq g‘olibi Qо‘riqlash va ta’minlash bataloni gurux komandiri Xakimova Alina diplom, medal va kubok bilan taqdirlandi.
2022 yil 16-20 may kunlari О‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qо‘mondoning tegishli buyrug‘iga asosan Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati bо‘yicha boshqarmasiga qarashli о‘quv markazida Alvon beret kiyish huquqini qо‘lga kiritish sinovlarini Jismoniy tayyorgarlik va sport kafedrasi о‘qituvchisi M.M.О‘rolov, 3-bosqich kursanti A.A.Tо‘raqulov va 4-bosqich kursanti F.Z.Niyozqulovlar muvoffaqiyatli topshirib, ALVON BERET soxiblariga aylandi.
2022 yil 19 iyun kuni Toshkent shahrining markazida Kuch tuzilmalari bitiruvchilari, ofitser va serjantlar о‘rtasida “Harbiy vatanparvarlik bitiruv marafoni”ga bag‘ishlab “Vatan qalqoni -2022” 3 km yugurish bо‘yicha marafonida Universitetning quyidagi harbiy-sportchilaridan tashkil topgan terma jamoa vakillari ishtirok etib, qizlar о‘rtasida Xakimova Alina Faritovna 1-о‘rinni egallab diplov va qimmat baho sovg‘a bilan taqdirlandi, faxriylar о‘rtasida Toshpо‘latov Kamol 1-о‘rinni egallab diplov va qimmat baxo sovg‘a bilan taqdirlandi, Ofitser va serjantlar о‘rtasida Tursunboyev Abror Kamol 3-о‘rinni egallab diplov va qimmat baxo sovg‘a bilan taqdirlandi.
2022-yilning 3-iyul kuni “Triatlon” sport turi bо‘yicha О‘zbekiston Respublikasiu Milliy Gvardiya birinchiligida О‘zbekiston Respublikasiu JXU jamoasi faol qatnashib faxirli 1-о‘rinni egalladi.
2022 yil 26 iyun kuni Ot sporti Respublika oliy sport maktabida “Tentpegging” sport turi bо‘yicha musobaqa Uneversitetning ot sporti terma jamoasi faxrli 3- о‘rinni egallab esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
2022 yil Sloveniya shahrida Tаekvando sporti bо‘yicha JAXON KUBOGIda Universitetning 424-о‘quv guruh kursanti Xamdamov Saidolim 55 kg vazin toifasida 1 о‘rinni egallab diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
2022 yil 30 iyun kuni Jismoniy tayyorgarlik hamda Bakalavriyat fakulteti tomonidan “Yoshlar kuni” munosabati bilan Toshkent shahar Olmazor tumani yoshlari о‘rtasida mini-futbol bо‘yicha “Chig’atoy” sport majmuasida tuman birinchilik musobaqasi о‘tkazildi. Mazkur musobaqa yuqori saviyada va kо‘tarinki ruhda о‘tkazilib, g’olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.
2022 yil 03 iyul kuni Toshkent viloyati, Toshkent dengizida yoshlar va harbiy xizmatchilar ishtirokida sportning triatlon turi bо‘yicha о‘tkaziladigan musobaqaga Universitetning quyidagi harbiy-sportchilaridan tashkil topgan terma jamoa faxrli birinchi о‘rinni egallab, medal va kо‘chmas kubog bilan taqdirlandi:
Universitetning triatlon sport turi bо‘yicha terma jamoa tarkibi Tursunboyev A.A. Xakimova A.F. 131 guruh kursanti Jingilbayev J.E.
2022 yil 8-9 oktyabr kunlari Samarqand shahrida triatlon bо‘yicha Osiyo Kubogi va О‘zbekiston Chempionatida 30 dan ortiq jamoalar ishtirok etdilar. Musobaqada 1,5 km suzish, 40 km velosoped xaydash, 10 km yugurish masofalarini bosib о‘tganligi uchun 241 guruh kursanti Qodirov A.A. 111 guruh kursanti Choriyev U.N. 131 guruh kursanti J.E. Jingilbaevlar me’dallar bilan taqdirlandi,
18-24 yosh toifasida havoskor ayollar о‘rtasida 413 guruh kursanti Muxtorova Farida fahrli birinchi о‘rinni egallab me’dal bilan taqdirlandi.
2022 yil 19-21 oktyabr kinlari О‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining ommaviy-sport va uslubiy tadbirlar kalendar rejasiga asosan “Qо‘l jangi” sorti bо‘yicha Milliy gvardiya birinchiligi musobaqasida +97 kg vazin toifasida 373 о‘quv guruhi kursanti Xasanov Shaxob Yuldashovich faxrli 3 о‘rinni egallab diplom va me’dal bilan taqdirlandi.
2022 yil 20-22 oktyabr kunlari Sirdaryo viloyati Guliston shahri Alpomish sport saroyida Sambo bо‘yicha Milliy gvardiyasi birinchilik musobaqasida Universitet kursantlari 58 kg vaznda M.Pо‘latov, 88 kg vaznda Sh.Xо‘shbaqov va oddiy askar 98 kg vaznda A.Sarmezov faxrli 3 о‘rinni egallab diplom va medallar bilan taqdirlandi.
2022 yil 23-28 oktyabr kunlari О‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qо‘mondoning tegishli buyrug‘iga asosan Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati bо‘yicha boshqarmasiga qarashli о‘quv markazida Alvon beret kiyish huquqini qо‘lga kiritish sinovlari bо‘lib о‘tdi. Ushbu sinovlarda Milliy gvardiyaning barcha bо‘linmalari qatorida Jamoat xavfsizligi universiteti kursant va ofitserlaridan tashlik topgan nomzodlar ham mardonovor ishtirok etdilar. Sinovlar yakunida
3-bosqich 383-о‘quv guruhi Jо‘rayev Xabib Baxriddin о‘g‘li,
4-bosqich 391-о‘quv guruhi Choriyev Jasur Rо‘zi о‘g‘li
4-bosqich 392-о‘quv guruhi Asqarov Tulonboy Doniyor о‘g‘li
3-bosqich 241-о‘quv guruhi Qodirov A’zamjon Azamat о‘g‘li
3-bosqich 241-о‘quv guruhi Odilbekov Amirbek Ulug‘bek о‘g‘li muvoffaqiyatli topshirib, ALVON BERET soxiblariga aylandi.
2022 yil 27-30 oktyabr kunlari Tojikiston Respublikasi Dushanbe shahrida aralash jang sanatlari bо‘yicha Osiyo chempionati kattalar о‘rtasida super og‘ir vazn toifasida 3–bosqich 251-о‘quv guruhi kursanti Shukurullayev Shuxrat Sherzod о‘g‘li 3 о‘rinni egallab diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Joriy yilning 13 noyabr kuni О‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan Yangi О‘zbekiston bog‘ida “Yangi nafas” shiori ostida 3, 12 kilometr yugurish marafonida 500 dan ortiq ishtirokchilar bellashdilar mazkur musobaqada Jamoat xavfsizligi universiteti jamoasi faol ishtirok etib, quyidagi sportchilar 3, 12 kilometr yugurish masofani bosib о‘tganligi uchun medallar bilan taqdirlandi:
18-29 yosh guruhida Qizlar о‘rtasida 3 kilometr yugurish musobaqasida 421 guruh kursanti Munosibova Mashxura Ravshanjanovna faxrli 3 о‘rin, 134 guruh kursanti Raimova Diyora Chori qizi faxrli 2 о‘rinni;
18-29 yosh guruhi О‘g‘il bollar о‘rtasida 3 kilometr yugurish musobaqasida 112 guruh kursanti Jaxongirov Ulug‘bek Umid о‘g‘li faxrli 3 о‘rinni egallab diplom, me’dal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
12 kilometr yugurish musobaqasida leytenant Xakimova Alina faxrli 1 о‘rinni egallab diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
2022 yil 20 noyabr kuni Toshkent shahar Sergeli tumanida qо‘l jangi bо‘yicha “Yosh gvardiyachilar” ochiq cheppionatining kattalar va professional jangchilar о‘rtasida 20 yaqin jamoalar ishtirok etdi. Universitet terma jamoasi turli vazn toifalarida 5 ta oltin 6 ta kumush 6 ta bronza medallarini qо‘lga kiritdilar. Qizlar о‘rtasida kursantlar M.Jо‘rayeva, N.Daniyarovalar 1-о‘rin, D.Raimova, S.Tuxliyeva va D.Xolbо‘tayevalar 2-о‘rin, E. Kenjabaeva 3-о‘rin. Professional jangchilar о‘rtasida kamar uchun о‘tkazilgan janglarda 80 kg vazn toifasida kursant Yaxshiboy Aliqulov faxrli 2- о‘rinni egallab kumush medalini qо‘lga kiritdi. Universitet terma jamoasi umumjamoa hisobida fahrli1-о‘rinni egalladi.
2022 yil 2 dekabr kuni Olmazor tumani 224-son umumta’lim maktabining sport zalida “Konstituttsiyaning 30 yilligi” hamda “Davlat madhiyasi kuni”ga bag’ishlab Olmazor tumani о‘quvchi-yoshlari о‘rtasida sportning “Qо‘l jangi” turi bо‘yicha tuman birinchilik musobaqasi о‘tkazildi. Musobaqada Olmazor tumanidan kо‘plab yoshlar turli vazn toifalarida jang olib bordilar. Musobaqa yakuniga kо‘ra g’olib va sovrindorlar medal va diplomlar bilan taqdirlandi.
2023-2024 o‘quv yilidagi musobaqalarda erishilgan natijalar:
2023 yil 27 avgust kuni Toshkent viloyati, Ohangaron tumani Markaziy maydonida ot sportining polo turi bo‘yicha “Mustaqillik kubogi” da Universitetning ot sporti jamoasi qatnashib fahrli ikkinchi o‘rinni egalladi.
2023 yil 16-17 sentabr kunlari Samarqand viloyatida Triatlon bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida 750 metrga suzish, 20 kilometrga velosiped xaydash va 5 kilometrga yugurish turlari bo‘yicha 400 ga yaqin ishtirokchilar bellashdilar, mazkur musobaqada Universitet terma jamoasi faol ishtirok etib, 18-23 yosh guruhida. 241 o‘quv guruhi kursanti Elmurodov D.D. 1-o‘rinni egallab medal va sovg‘alar bilan taqdirlandi. 23 yoshdan yuqori ishtirokchilar o‘rtasida Xakimova A. F. 1-o‘rinni egallab medal va sovg‘alar bilan taqdirlandi.
2023 yil 27 aprel kuni Toshkent shahar Yoshlar siyosati va sport bosh boshqarmasining “Sportchilarga sport turlari bo‘yicha sport razryadlarini tag‘dim etish to‘g‘risida” buyrug‘i bilan kursant Asqarov To‘lonboy Doniyor o‘g‘li, Yakubov Elyor baxtiyor o‘g‘li va Esanov Najodlarga “Qo‘l jangi bo‘yicha sport ustasi nomzodi” sport ustasi guvohnomasi bilan taqdirlandi.
2023 yil 19 noyabr kuni Toshkent shahrida Bayroq tashkil etilgan kunga bag’ishlangan “Yangi nafas” shiori ostida 3 km va 10 km yugurish marafonida Universitet terma jamoasi faol ishtirok etib, 3 km yugurish bahslarida 382 o‘quv guruhi kursanti Abdusamatova Zarina fahrli uchunchi o‘rinni egallab, medal va pul mukofati bilan taqdirlandi. 10 km yugurish baxslarida 241 o‘quv guruhi kursanti Qodirov A’zamjon fahrli uchunchi o‘rinni egallab, medal va pul mukofoti bilan taqdirlandi.
2023 yil 26-29 sentabr kunlari Jizzax viloyatining Forish tog’-poligonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga asosan o‘tkazilgan “Dovyurak jangchi” intensiv sinovlarida Universitet jamoasi qatnashdi va kapitanlar A.Ergashev, B.Yo‘ldoshev, katta leytenantlar M.M.O‘rolov, Sh.Narziqulov, serjant Y.Mirzayevlar “Dovyurak jangchi” farqlovchi ko‘krak nishoni soxibi bo‘ldilar.
2023 yil 22-26 oktabr kunlari MG Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasiga qarashli dala-o‘quv markazida “Alvon beret” kiyib yurish huquqini qo‘lga kiritish bo‘yicha o‘tkazilgan sinovlarda Universitetdan kursantlar F.Yunusov, S.Nurmanov, C.Boltayev, M.Boltayev faol qatnashib “Alvon beret” sohibi bo‘ldilar.
2023 yil 4-5 dekabr kunlari OHTM o‘rtasida Bojxona qo‘mitasining Bojxona institutida sportning armresling turi bo‘yicha musobaqaning shaxsiy birinchiligida 70 kg vazn toifasida kursant Qayumov Firdavs Azamat o‘g’li fahrli uchinchi o‘rinni, 80 kg vazn toifasida kursant Jo‘rayev Muzaffar Ravshan o‘g’li fahrli uchinchi o‘rinni egalladilar.
2023 yil 15-19 dekabr kunlari Farg’ona shahrida sportning Universal jang turi bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston kubogida Jamoat xavfsizligi universiteti 6 ta 1 o‘rinnni, 11 ta 2 o‘rinni va 12 ta 3 o‘rinlarni qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida fahrli ikkinchi o‘rinni egalladi.
2023 yil 24 dekabr kuni Toshkent shahrining Yangi O‘zbekiston bog’ida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 31 yilligiga bag’ishlab o‘tkazilgan “Yangi nafas - Ekiden” jamoaviy yugurish musobaqasida Jamoat xafsizligi universiteti fahrli uchinchi o‘rinni egalladi.
2024 yil 2 yanvar kuni Toshkent shahar, M.Ulug’bek tumani ot sporti maktabidaot sportining polo turi bo‘yicha o‘tkazilgan “Amirsoy kubogi”da Jamoat xavfsizligi universitetining ot sporti jamoasi uchinchi o‘rinni egalladi.
2024 yil 11 yanvar kuni Jismoniy tayyorgarlik va sport kafedrasi O‘zbekiston Funktsional ko‘pkurash federatsiyasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 32 yilligi hamda “Vatan himoyachilari kuni”ga bag’ishlab Shayxontohur tumani sport maktabida yoshlar o‘rtasida funktsional ko‘pkurash bo‘yicha tumani birinchiligini o‘tkazdi. G’olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.
2024 yil 14 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar tashkil etilganligi 32 yilligi hamda “Vatan himoyachilar kuni”ga bag’ishlab Toshkent shahrining “XUMO ARENA” sport majmuasi hududida o‘tkazilgan “Men g’olib” shiori ostida 3000 va 10000 metrlarga ommaviy yugurish musobaqasida 3000 metrga yugurish bo‘yicha shaxsiy birinchilikida 3 bosqich 112 o‘quv guruhi kursanti Sharafiddinov O‘lmas fahrli 1 o‘rinni, qizlar jamoalari o‘rtasida 3000 metrga yugurish bo‘yicha 421 o‘quv guruhi kursanti Daniyarova Navbahor, 413 o‘quv guruhi kursanti Muxtorova Farida, 382 o‘quv guruhi kursanti Abdusamatova Zarina, 423 o‘quv guruhi kursanti Bekpo‘latova Durdona, 373 o‘quv guruhi kursanti Baxtiyarova Saodatlar fahrli 2-o‘rinni, 10000 metrga yugurish bo‘yicha shaxsiy birinchilikda TvaMITE bo‘limi ofitseri katta leytenant Abror Tursunboyev fahrli 1 o‘rinni egalladilar.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining 2024 yil uchun ommaviy-sport tadbirlari rejasiga muvofiq 2024 yil 14-16 fevral kunlari stol tennisi bo‘yicha Samarqand shahrida o‘tkazilgan Milliy gvardiya birinchligida Jamoat xavfsizligi universiteti fahrli uchinchi o‘rinni egalladi.
Xavfsizlik kengashida belgilangan vazifalar hamda “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” dasturiga asosan 2024 yil 1 mart kuni Shayxontohur tumani 192-sonli umumta’lim maktabida Olmazor va Shayxontohur tumanlari umumta’lim maktablari o‘quvchi-yoshlari o‘rtasida harbiylashtirilgan “Shunqorlar” musobaqasi o‘tkazilib, g’olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining 2024 yil uchun ommaviy-sport tadbirlari rejasiga muvofiq 2024 yil 5-7 mart kunlari yengil atletika bo‘yicha Toshkent shahrida o‘tkazilgan Milliy gvardiya birinchligida Jamoat xavfsizligi universiteti fahrli uchinchi o‘rinni egalladi.
2024 yil 6-9 mart kunlari Toshkent shahrida Universal jang bo‘yicha joriy yilning may oyida bo‘lib o‘tadigan Osiyo chempionatiga saralash bo‘yicha o‘tkazilgan O’zbekiston chempionatida Jamoat xavfsizligi universiteti terma jamoasi 9 ta uchinchi o‘rinni, 2 ta ikkinchi o‘rinni va 5 ta birinchi o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.
2024 yil 23 mart kuni “Navro‘z” umumxalq bayramiga bag’ishlab kursant va askarlar o‘rtasida 10 kilometrga yugurish, turnikda tortilish, tosh ko‘tarish va arqon tortish bo‘yicha Universitet birinchiligi o‘tkazilib, uchinchi o‘rinni 3 kursantlar bataloni, ikkinchi o‘rinni 4 kursantlar bataloni va birinchi o‘rinni 1 kursantlar bataloni egalladi.
O‘zbekiston Milliy gvardiyasi 2024 yil uchun ommaviy-sport tadbirlarini o‘tkazish taqvimiy rejasiga muvofiq 2024 yil 3-5 aprel kunlari Andijon shahrida sportning “ko‘pkurash” turi bo‘yicha Milliy gvardiya birinchiligida JXU terma jamoasi beshinchi o‘rinni egalladi.
OHTM hamkorlik rejasiga muvofiq 2024 yil 5 aprel kuni DXX Akademiyasida sportning “Shaxmat” turi bo‘yicha musobaqada JXU jamoasi faol qatnashdi va “Faol ishtiroki uchun” esdalik sovg’asi bilan taqdirlandi.
2024 yil 14 aprel kuni Toshkent shahrining Yangi O‘zbekiston bog’ida sportning Duatlon turi bo‘yicha o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida Jamoat xavfsizligi universiteti terma jamoasi faol ishtirok etib, absolyut yo‘nalishida 241 o‘quv guruhi kursanti Qodirov Azamjon Azamat o‘g’li uchinchi o‘rinni, 18-24 yosh guruhi yo‘nalishida birinchi o‘rinni, ushbu yo‘nalishda 111 o‘quv guruhi kursanti Choriyev O‘rol Nurboy o‘g’li ikkinchi o‘rinni, 25-29 yosh guruhi yo‘nalishida TvaMITE bo‘limi ofitseri katta leytenant Tursunboyev Abror Akmaljon o‘g’li ikkinchi o‘rinni, ayollar o‘rtasida 18-24 yosh guruhi yo‘nalishida 413 o‘quv guruhi kursanti Muxtorova Farida Nurali qizi birichni o‘rinlarni qo‘lga kiritdilar.Terma jamoa murabbiysi JTvaS kafedrasi katta o‘qituvchisi kapitan Abdullayev Akrom Ilxomovich. Mayor N.G’.Mustafoyev tashkilotchi va hakam sifatida qatnashdi.
2024 yil 1 may kuni 9 may “Xotira va qadrlash kuni”ga bag‘ishlab Universitet kursantlari va askarlari o‘rtasida qo‘l jangi usullarini “Ko‘rgazmali bajarish” bo‘yicha o‘tkazilgan Universitet birinchiligida 3 o‘rinni 1-kursantlar batalyoni, ikkinchi o‘rinni QvaO‘JT batalyoni va birinchi o‘rinni 2-kursantlar batalyoni egalladi.
Xavfsizlik kengashida belgilangan vazifalar hamda “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” dasturiga asosan 2024 yil 2 may kuni Shayxontohur tumani ixtisoslashtirilgan maktabida Sergeli, Olmazor va Shayxontohur tumanlari ixtisoslashtirilgan maktablari o‘quvchi-yoshlari o‘rtasida harbiylashtirilgan “Shunqorlar” musobaqasi o‘tkazilib, g’olib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.
2024 yil 12 may kuni Toshkent shahrining Yangi O‘zbekiston bog’ida 10 kilometrga yugurish bo‘yicha “Men g’olib” shiori ostida o‘tkazilgan marafonda oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlari o‘rtasida Jamoat xavfsizligi universiteti kursantlari O‘rol Choriyev ikkinchi o‘rinni, Azamjon Qodirov birinchi o‘rinni egalladi.
2024 yil 14-19 may kunlari Farg’ona shahrida sportning Universal jangi turi bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida Jamoat xavfsizligi universiteti Layt, ya’ni kurash yo‘nalishi bo‘yicha kursantlar 70 kg vazn toifasida Muxlisa G’ofurova 1 o‘rin, 65 kg vazn toifasida Sardorbek Xasanboyev 1 o‘rin, 55 kg vazn toifasida Xumoyunjon Toshmaxmatov 3 o‘rin, 95 kg vazn toifasida Xumoyun Eshonqulov 3 o‘rin va 85 kg vazn toifasida kichik serjant Dovud Shiraliev 3 o‘rin. Umumiy hisobda Layt, ya’ni kurash yo‘nalishi bo‘yicha 3 ta 3 o‘rin va 2 ta 1 o‘rin.
Klassik, ya’ni qo‘l jangi yo‘nalishi bo‘yicha kursantlar 57 kg vazn toifasida Sadoqat Burxonova 1 o‘rin, 60 kg vazn toifasida Jaxongir Sultonov 1 o‘rin, 75 kg vazn toifasida Temur Yakubov 1 o‘rin, 80 kg vazn toifasida Murodjon Qurbonov 1 o‘rin, 63 kg vazn toifasida Elmira Kenjebayeva 2 o‘rin, 65 kg vazn toifasida Samandar Safarov 2 o‘rin, 70 kg vazn toifasida Lazizbek Toshpo‘latov 3 o‘rin, 85 kg vazn toifasida Nursulton O‘razbekov 3 o‘rin. Umumiy hisobda klassik, ya’ni qo‘l jangi yo‘naligi bo‘yicha 3 o‘rin 2 ta, 2 o‘rin 2 ta va 1 o‘rin 4 ta.
Pichoq otish bo‘yicha 3 o‘rin katta leytenant Shaxboz Narzikulov, 2 o‘rin leytenant Azamat Jenaliev 2 o’rin.
Osiyo chempionatida JXU terma jamoasi umumjamoa hisobida 3 o‘rin egallab, kubok bilan taqdirlandi
2024 yil 18-19 may kunlari Samarqand shahrida Triatlon bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida Jamoat xavfsizligi universiteti Sprint yo‘nalishi bo‘yicha leytenant Alina Xakimova 1 o‘rin, 18-23 yosh kategoriyasida kursant Farida Muxtorova 1 o’rin, Supper sprint yo‘nalishi bo‘yicha kursant O‘rol Choriyev 1 o‘rin. Jami 3 ta 1 o‘rin.
2024 yil 31 may kuni 9 may “Xotira va qadrlash kuni”ga bag‘ishlab Universitet kursantlar vzvodlari o‘rtasida qo‘l jangi usullarini “Ko‘rgazmali bajarish” bo‘yicha o‘tkazilgan Universitet birinchiligida 3 o‘rinni 9-vzvod, ikkinchi o‘rinni 11 vzvod va birinchi o‘rinni 5 vzvod kursantlari egalladi.
2024 yil 23-24 iyun kunlari Farg‘ona shahrida sport kurashlari bo‘yicha Milliy gvardiya birinchilik musobaqasida Universitetdan yunon-rum yo‘nalishida 63 kg vazn oifasida kursant X.Toshmaxmatov, erkin kurash yo‘nalishida 79 kg vazn toifasida kursant S.Nematullayevlar uchinchi o‘rinlarni, ayollar kurashi yo‘nalishida 68 kg vazn toifasida kursant M.G‘ofurova ikkinchi o‘rinni egalladi.
2024 yil 23 iyun kuni Xalqaro olimpiya kuni, Bolalarni himoya qilish kuni va Yoshlar kuniga bag‘ishlangan 3000 metrga yugurish bo‘yicha “BYD Yangi Nafas” ommaviy yugurish musobaqasida Universitetdan kursant Durdona Bekpo‘latova ikkinchi o‘rinni, Zarina Abdusamatova uchinchi o‘rinlarni egalladi.
O‘quv yili mobaynida mobaynida “Jismoniy tayyorgarlik va sport” kafedrasi o‘qituvchi-murabbiylarining sayi harakatlari bilan quyidagi sportchi-kursantlarga “Sport ustasi” va “Xalqaro toifadagi sport ustasi” unvonlari berildi:
- 9 nafar “Sport ustasi”.
- 6 nafar “Xalqaro toifadagi sport ustasi”.
2024 yil 23-25 sentabr kunlari Jizzax viloyatining Forish tog’-poligonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qaroriga asosan o‘tkazilgan “Dovyurak jangchi” intensiv sinovlarida Universitet jamoasi qatnashdi va Sh.Ashrapov, X.Matiyev, A.Yuldashev, S.Shinnayev, Z.Baratovlar “Dovyurak jangchi” farqlovchi ko‘krak nishoni soxibi bo‘ldilar.
О‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tо‘g‘risida”gi, “Jismoniy tarbiya va sport tо‘g‘risida”gi Qonunlari, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 30 oktyabrdagi “Sog’lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari tо‘g’risida”gi PF-6090-sonli, 2020 yil 24 yanvardagi “О‘zbekiston Respublikasi jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari tо‘g’risda”gi PF-5924-sonli, 2019-yil 8-oktabrdagi О‘zbekiston Respublikasida oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash tо‘g‘risida”gi PF-5847-son farmonlarida, О‘zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni 2025-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida, О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar maxkamasining 2019 yil 1-fevraldagi “Davlat ta’lim muassasalarining sport inshoatlarida sport tо‘garaklarini tashkil etish chora-tadbirlari tо‘g’risida”gi 78-sonli qarorida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash hamda jismoniy tarbiya va sport yо‘nalishida jahon ta’lim standartlariga javob beradigan yuqori malakali kadrlarni tayyorlash, malaka oshirish, tajriba almashish, uslubiy yordam kо‘rsatish, masofaviy ta’limni joriy qilish, ta’lim amaliyotida xorijdagi ilg’or yutuqlarni hayotga tadbiq qilish, elektron kutubxona tashkil qilish, elektron jurnallar va tо‘plamlarni chop qilish, ilmiy salohiyatni boyitish hamda ilmiy-texnikaviy va intellektual imkoniyatlarni birlashtirish maqsadida quyida nomi keltirilgan tashkilotlar bilan memorandum va shartnomalar tuzildi:
О‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti
Ichki ishlar vazirligi akademiyasi
Toshkent tibbiyot akademiysi
Jismoniy tarbiya va sport bо‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti
О‘zbekiston Regbi federatsiyasi
Toshkent xalqaro moliyaviy boshqaruv va texnologiyalar universiteti
- Toshkent shahar Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar va о‘smirlar sport maktabi;
- Toshkent shahar Shayxontohur tumani 1-sonli Bolalar va o‘smirlar sport maktabi;
- Toshkeht shahar, Olmazor tumani umumta‘lim maktablari.