Sayt test rejimida ishlamoqda

Maxsus taktik tayyorgarlik va jangovar qo‘llash kafedrasi

1 ta -siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
1 ta – texnika fanlari nomzodi;
1 ta - dotsent.

“Maxsus taktik tayyorgarlik” kafedrasi 1990 yil Sobiq ittifoq IIV Oliy kurslari tashkil topgandan beri faoliyat yuritib kelmoqda. Bugungi kunda “Maxsus taktik tayyorgarlik” kafedrasi O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti asosiy va yetakchi kafedralaridan biri bo‘lib, o‘ziga xos an’analarga, tarixga va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga yetuk mutaxassis ofitser kadrlar tayyorlashda o‘z o‘rniga ega. 2017 yil 17 noyabrda qayta tashkil etilgan. Muqaddam kafedra 1990-2003 yillarda “Ichki qo‘shinlar taktikasi”, 2003-2004 yillarda “Taktika va maxsus tayyorgarlik” kafedrasi deb nomlangan. Kafedra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2004 yil 23 iyuldagi №356-357 sonli Qarori asosida qayta tashkil etilgan va 2004 yildan bugungi kunga qadar “Maxsus taktik tayyorgarlik” kafedrasi deb nomlanib kelmoqda.

Kafedra o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 9 oktyabrdagi “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 469-sonli Qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2003 yil 9 yanvardagi 9-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Oliy ta’lim to‘g‘risida»gi nizomi va 2011 yil 3 dekabrdagi 487-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Oliy ta’lim muassasasining kafedralari to‘g‘risidagi namunaviy Nizom»ga muvofiq hamda Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining normativ-huquqiy hujjatlari hamda universitet boshlig‘ining buyruqlari va ko‘rsatmalari asosida tashkillashtirib kelinmoqda.

polkovnik Xaydarov Kamol Ashurovich 2001 yilda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Toshkent oliy harbiy-texnik bilim yurtini “Ichki qo‘shinlar taktik komandiri” mutaxassisligi va 2014 yilda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasini “Qo‘mondonlik-shtab tarbiyaviy ishlar” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.

2020 yilning 27 fevral kunida Siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi berilishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasiga berilgan taklifga binoan 277/1-son  bilan tasdiqlangan va 01№ 002609 raqamli diplom berilgan.

O‘quv jarayonini uslubiy jihatdan ta’minlashda yakka mualliflikda 1 ta o‘quv qo‘llanma, hammualliflikda 2 ta darslik,  hammualliflikda 2 ta o‘quv qo‘llanma tayyorlandi va o‘quv jarayoniga tadbiq etildi. Ilmiy jurnallarda 17 ta ilmiy maqola shulardan 1ta SKOPUS hammualliflikda, xorij davlati jurnaliga 6 ta, respublikamiz jurnallariga 10 ta, xorij konferensiyalarida 8 ta, respublika konferensiyalarida 14 ta tezislarning muallifi.

 

  • O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi “Harbiy san’at” kafedrasi va O‘zbekiston Respublikasi MG Harbiy-texnika instituti  “Maxsus taktik tayyorgarlik” kafedrasi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi tuzilgan. Shartnoma asosida ta’lim muassasasidan o‘quv adabiyotlarning elektron variantlari olinib, institut ARM fondiga joylashtirildi. Yangi o‘quv yiliga tayyorlangan Namunaviy o‘quv dasturlari hamkorlikda ko‘rib chiqildi;
  • O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi “Harbiy fanlar” kafedrasi va O‘zbekiston Respublikasi MG Harbiy-texnika instituti  “Maxsus taktik tayyorgarlik” kafedrasi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi tuzilgan.

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va amalga oshirish ishlari davom etmoqda. Jumladan:
    1. 21.01.06 - “Harbiy ta’lim va tarbiya, harbiy tayyorgarlik, kadrlar saralash va tayinlash, qo‘shinlar kundalik faoliyatini boshqarish” ixtisosligi bo‘yicha (PhD) ilmiy darajasiga talabgor podpolkovnik A.S.Ismoilov “Harbiy ta’lim muassasalarida yoshlarni ma’naviy-ma’rifiy va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasi” mavzusida.
    2. 21.01.04 - “Qurolli Kuchlar turlari, qo‘shin turi va maxsus qo‘shinlar umumiy taktikasi (shuningdek, boshqaruv va jangni har tomonlama ta’minlash turlari)” ixtisosligi bo‘yicha (PhD) ilmiy darajasiga talabgor podpolkovnik S.B.Raxmonov “Ommaviy tartibsizliklarni bartaraf etishda Milliy gvardiya bo‘linmalari tomonidan qo‘llaniladigan harakatlar taktikasini takomillashtirish” mavzusida.
   3. 21.01.06 - “Harbiy ta’lim va tarbiya, harbiy tayyorgarlik, kadrlar saralash va tayinlash, qo‘shinlar kundalik faoliyatini boshqarish (jumladan, Qurolli Kuchlar turlari, Qurolli Kuchlar ta’minoti, qo‘shinlar turlari va maxsus qo‘shinlar bo‘yicha)”  ixtisosligi bo‘yicha (PhD) ilmiy darajasiga talabgor podpolkovnik F.E.Raxmanov “Maxsus taktik tayyorgarlik fanini o‘rganish davomida kursantlarning kasbiy kompetentligini takomillashtirish” mavzusida.
   4. 13.00.01. – “Pedagogika nazariyasi va tarixi. Ta’limda menejment” ixtisosligi bo‘yicha (PhD) ilmiy darajasiga talabgor mayor L.I.Akbarov “Harbiylar jamoasida harbiy intizomni mustahkamlash va huquqbuzarliklarni oldini olishda ofitser bosh tarbiya sub’ekti ” mavzusida. 

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan quyidagi mavzularda maqolalar chop etilgan:

  • “Taraqqiyotni ta’minlash tizimida barqarorlik: ijtimoiy-siyosiy jihat”
  • “Tinchlik va barqarorlikni ta’minlashda axborot: siyosiy-psixologik jihat”
  • “Harbiy xavfsizlik va uni ta’minlashga doir nazariy yondoshuvlar”
  • “Globallashuv sharoitida markaziy osiyoda xavfsizlik va barqarorlikni ta’minlashda O‘zbekistonning tashabbuslari ”
  • “Mudofaani ta’minlash tizimida axborot – tahliliy faoliyat”
  • Oliy harbiy ta’lim muassasalarida kadrlar tayyorlash samaradorligini yanada oshirish yo‘llari
  • O‘quvchi-yoshlarga harbiy vatanparvarlik ruhida ta’lim berish texnologiyalarini va mexanizmlarini ishlab chiqishning konseptual asoslari
  • Позиция Республики Узбекистан в обеспечении радиационной, химической, биологической и ядерной безопасности в регионе Тенденции развития оснащения автомобилей специального назначения блокираторами радиоуправляемых взрывных устройств
  • Maxsus vazifalarni bajaruvchi bo‘linmalar uchun ofitser kadrlarini tayyorlashda “Maxsus taktik tayyorgarlik” fanining roli va mohiyati, bugungi holati va takomillashtirish
    Yoshlarda vatanparvarlikni tarbiyalashning dolzarb muammolari
  • Zamonaviy harbiy-pedagogik jarayon. Ayrim muammolar va ularni hal etish yo‘llari
  • “Globallashuv  jarayonida  mamlakatimiz xavfsizligini  ta’minlashning  asosiy  shartlari”
  • “O‘zbekistonda millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash xavfsizlik va barqarorlik omili”
  • “Ommaviy tartibsizliklarni ogohlantirish va oldini olish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish”
  • “Jamoat xavfsizligini ta’minlashda xorijiy davlatlar tajribasining tahlili”
  • “Zahiriddin Muhammad Boburning  Maxfiy vasiyatnomasi”
  • “Zahiriddin Muhammad Bobur shoh va shoir”
  • “Ommaviy tartibsizliklarni bartaraf etish bo‘yicha Xitoy halq respublikasi maxsus bo‘linmalarining harakati”
  • “Turli sabablarga ko‘ra paydo bo‘ladigan ommaviy tartibsizliklarni matematik model orqali baholash”

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan quyidagi darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratilgan:

  • Vzvod qo‘shinlar maxsus harakatlarida. O‘quv qo‘llanma. 2011 y.
  • Ommaviy tartibsizliklarning kelib chiqish sabablari va bartaraf etish yo‘llari. O‘quv qo‘llanma. 2015 y.
  • Maxsus taktik tayyorgarlik O‘quv qo‘llanma. matni. 2016 y.
  • Epidemiya va epizootiya davrida ichki ishlar organlari va Qorovul qo‘shinlarining karantin tadbirlarini ta’minlashdagi harakatlari. O‘quv qo‘llanma. 2016 y.
  • Ekstremizm   va  terrorizm – taraqqiyot dushmani. O‘quv qo‘llanma. 2017 y.
  • Тактика действий подразделений Национальной гвардии Республики Узбекистан при пресечении и ликвидации массовых беспорядков. O‘quv qo‘llanma. 2017 y.
  • O‘zbekiston Respublikasi IIV Patrul-post xizmatining mo‘ljallanishi, xizmat faoliyati asoslari va xizmat taktikasi. O‘quv qo‘llanma. 2017 y.
  • O‘zbekiston Respublikasi IIV Qorovul qo‘shinlari faoliyatda guruh komandirining vazifalari va ish tartibi. O‘quv qo‘llanma. 2017 y.
  • Qorovul qo‘shinlari jangovar-xizmat faoliyatining asoslari.. O‘quv qo‘llanma. 2018 y.
  • Maxsus vazifalarni bajarish qo‘shinlari jangovar-xizmat faoliyatining asoslari. O‘quv qo‘llanma. 2018 y.
  • Milliy Gvardiya bo‘linmalarining jamoat xavfsizligiga tahdid va xavf-xatarlarga qarshi kurash strategiyasi va taktikasi. O‘quv-amaliy qo‘llanma. 2018 y.
  • Xalqaro terrorizmga qarshi kurashish asoslari. O‘quv qo‘llanma. 2019 y.
  • Maxsus taktik tayyorgarlik (Maxsus vazifalarni bajarish qo‘shinlarining taktik qo‘mondonligi mutaxassisligi uchun). Darslik.2019 y.
  • Ekstremal sharoitlarga bardosh berish asoslari. O‘quv qo‘llanma. 2019 y.
  • Umumiy taktika. Darslik. 2019 y.
  • Markaziy Osiyo xalqlari harbiy sanati  Darslik. 2019 y.
  • Jangovar tayyorgarlikni tashkillashtirish. Darslik. 2019 y.
  • Aksilterror operatsiyalari.  O‘quv qo‘llanma. 2019 y.
  • O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy xizmatchilarini  jamoat tartibini saqlash bo‘yicha xizmat olib borish. O‘quv qo‘llanma.2019 y.
  • Terrorizm. Terrorizmga qarshi ta’sir. Darslik. 2019 y.
  • Qo‘shinlar maxsus harakatida Milliy gvardiya bo‘linmalarining ishtiroki. O‘quv qo‘llanma. 2019 y.
  • Maxsus taktik tayyorgarlik (Aniqlovchi va qo‘riqlovchi elektron tizimlarni tashkil etish va foydalanish bo‘yicha qo‘mondonlik-muhandisligi uchun).  Darslik. 2020 y.
  • Maxsus operatsiyalarda axloqiy-ruhiy ta’minotni tashkillashtirish. O‘quv qo‘llanma. 2020 y.
  • Maxsus taktik tayyorgarlik (Ishlab chiqarishni tashkillashtirish va boshqarishning qo‘mondonlik muhandisligi uchun).  Darslik. 2020 y.
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech