Qayta tayyrolash va malaka oshirish fakulteti

QАYTА TАYYORLАSH VА MАLАKА OSHIRISH FАKULTETI

      Universitetning Qayta tayyorlash va malaka oshirish fakultetida asosan, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Ichki ishlar vazirligining ofitserlar tarkibini qayta tayyorlash va malakasini oshirish  amalga oshiriladi. Boshqa huquqni muhofaza qiluvchi davlat organlari hamda tegishli tashkilot, muassasa va idoralarning mutaxassislarini qayta tayyorlash va malaka oshirish faoliyati, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining buyruq va ko‘rsatmalariga muvofiq, belgilangan tartibda ishlab chiqilgan meʼyoriy hujjatlar va tegishli shartnomalar asosida tashkil etiladi.

     O‘quv jarayonlariga, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi, Ichki ishlar vazirligining boy ilmiy-amaliy tajribaga ega bo‘lgan harbiy xizmatchi va xodimlari, shuningdek, oliy taʼlim muassasalari, davlat organlari va boshqa tegishli tashkilot hamda muassasalarning ilg‘or sohaviy mutaxasislari belgilangan tartibda  jalb etiladilar.

    Tinglovchilarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari, tegishli o‘quv kurslari bo‘yicha tayyorlangan o‘quv rejalari va dasturlari asosida o‘tkaziladi. Zaruriy hollarda, o‘quv jarayonlari zamonaviy ilg‘or texnologiyalarni qo‘llash orqali masofaviy tarzda amalga oshiriladi.

Text to speech