Sayt test rejimida ishlamoqda

Tabiiy ilmiy fanlar kafedrasi

  • XUSNIDDIN MUFATXONOVICH MAMATOV, kafedra boshlig‘i, fizika – matematika fanlari nomzodi
  • TURDIMUXAMMAD TUXTAMATOVICH RAXMONOV kafedra professori, fizika – matematika fanlari nomzodi
  • MUNIRA ABDULLAYEVNA KARABAYEVA kafedra o‘qituvchisi, fizika – matematika fanlari nomzodi, dotsent
  • SHAVQIDDIN UBAYDULLAYEVICH ABDULLAYEV kafedra katta o‘qituvchisi, fizika – matematika fanlari nomzodi, dotsent
  • DJUMASHEV ALISHER NISHANBAYEVICH, kafedra katta o‘qituvchisi
  • MUHARRAM ERGASHDJANOVNA RASULOVA, kafedra o‘qituvchisi
  • SHOOLIM MUZAFFAROVICH SALIMOV, kafedra o‘qituvchisi
  • MIRZAYEVA MAFTUNA MUTALIB QIZI, kafedra o‘qituvchisi

Kafedra professor - o‘qituvchilari tomonidan uchta monografiya chop etilgan va ular bir qancha ixtiro patentlari, guvohnomalari egalaridir.

  • Oliy matematika fanining asosiy maqsadlaridan biri – hozirgi davr talabiga javob beradigan yuqori malakali, raqobatbardosh harbiy mutaxassislarni tayyorlashdir.
  • Iqtisodiy va texnikaviy ko’rsatgichlar, ular ustida olib borilayotgan kuzatuv natijalarini harbiy tizimda shakllantirish, ularga ta’sir etuvchi omillarning o‘zaro bog’liqligini aniqlashda zamonaviy matematik usullar va modellardan foydalanishning o‘rni beqiyosdir. Shuning uchun ham, harbiy kadrlar tayyorlash borasida O’zbekiston  Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetidagi o‘quv jarayonini tashkillashtirishda amaliy ahamiyatga ega bo’lgan matematika faniga - modellar haqidagi nazariy fanga alohida e’tibor berilmoqda.
  • Ekonometrika asoslari fanini o’rganish jarayonida o’quvchi har qanday fikr, har qanday model faqat ma’lum bir xatolik ehtimolligi bilan to‘g‘ri bo‘lishi mumkinligiga amin bo’ladi. Bu fikr yoki model qanchalik aniq bo’lsa, xatolik ehtimolligi ham shunchalik yuqori bo’ladi. Xususan,  iqtisodiyotdagi har qanday o’lchashlar, hisoblashlarning ma’lum bir aniqlikda amalga oshirilishi ham bu fikrning yaqqol isbotidan iborat bo’lib, bu ekonometrikaning falsafiy qimmatini ifodalaydi.
  • Iqtisodchilar uchun matematika fani xalq xo’jaligi, texnikaning rivojlanishida alohida o’rin egallaydi. U xalq xo’jaligi , harbiy tizim va texnikaning turli sohalarida: jumladan, turli loyihalarni modellashtirishda, bashoratlash jarayonida, katta mehnat talab qilinadigan inshootlarning loyihasini hisoblashda va ularga ketadigan sarf-harajatlarni muqobillashtirishda asosiy vosita hisoblanadi.
  • Huquq sohasida tizimli tahlil fanini o’rganish talabalarga shu fanning metodologiyasi, asosiy kategoriyalari, tushunchalari, rivojlanish yo’nalishlari to’g’risida umumiy tasavvurga ega bo’lish va huquq sohasidagi OTMlarining iqtisodiy, siyosiy, axloqiy va tabiiy-ilmiy ma’nosini anglash imkoniyatini beradi.
  • Materialshunoslik fani qora va rangli metallar metallurgiyasi, qotishmalar nazariyasi, metallarni mexanik sinash usullari, konstruksion materiallar, rangli metallar va ularning qotishmalari, qattiq qotishmalar, metall va qotishmalarning tarkibi, strukturalari, xossalari, metallmas materiallar, nanotexnologiya, kompozitsion materiallar, yangi materiallar va ularni olish bo‘yicha bilim beradigan fan.
  • Muhandislik grafikasi fani konstruktorlik hujjatlari va ularni tayyorlash, chizma chizishning nazariy asoslari, aksonometrik proyeksiyalar, grafik ishlarni bajarish to‘g‘risida dastlabki ma’lumotlar, buyumlarning tasviri, birikmalar, eskizlar, mashinasozlik chizmalari, rezbali detallarning chizilishi va ularning birikmalari, rezbalarning belgilanishi, elektrosxema elementlari, qurilish chizmachiligi, bino qirqimi chizmasini bajarish, kompyuter grafikasi va AutoCAD dasturini ishga tushirish kabi mavzularidan bilim olinadi.
  • Radiomateriallar va radio tarkibiy qismlari fani harbiy xizmatchilar uchun aniqlovchi va qo‘riqlovchi elektron tizimlarining texnik vositalarini ta’mirlashdagi ahamiyati; radiomateriallar va radio tarkibiy qismlarining roli va o‘rni; radiomateriallar va radio tarkibiy qismlarining umumiy va maxsus vazifalari, ularning echim yo‘llari; harbiy texnikada ishlatiladigan asosiy radiotexnika moslamalarini rivojlantirish va muntazam ravishda takomillashtirib borish; radiomateriallar va tarkibiy qismlarining rivojlanishini yaxshilash; aniqlovchi va qo‘riqlovchi elektron tizimlarining element va komponentalari bo‘yicha ko‘nikma va malakalarini hosil qilish; mustaqil ravishda radiomateriallar va radio tarkibiy qismlari bo‘yicha maxsus adabiyotlaridan foydalanish uchun ta’lim oluvchilarda tashkiliy-uslubiy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish kabi masalalarni qamrab oladi.
  • Fizika fanini o‘qitishdan maqsad - kursantlarni fizikaning asosiy qonunlari hamda nazariy va amaliy masalalarni echish uchun zarur bo‘lgan fizikaviy tushunchalar bilan tanishtirishdan, yangiliklarni mustaqil o‘rganib, uning tadbiqlarini o‘zlashtira olishga o‘rgatishdan, kursantlarning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini o‘stirishdan, ijodiy izlanishlarga va muhandislik masalalarini fizikaviy tushunchalar yordamida bayon qila bilishiga o‘rgatish hisoblanadi. Fanni o‘rganish vazifasi - kursantlarni fizika fani taraqqiyot yo‘llari va uning so‘ngi kashfiyotlari bilan tanishtirish, fan yutuqlari asosida ishlab chiqarishni rivojlantirish yo‘llarini ko‘rsatish, ijodkorlik qobiliyatlarini rivojlantirish, mustaqillik faoliyatlarini takomillashtirish to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi hisoblanadi.
  • Elektr va radiotexnika asoslari fani kursantlarda materianing bir ko’rinishi bo’lgan elektromagnit maydon va uning har xil qurilmalarida ro’y beradigan jarayonlar, radioelektronika elementlarining va mikrosxemalarining ishlash prinsiplarini, elementlar bazasining tavsiflarini va ishlash tartiblarini, doimiy va o‘zgaruvchan tok kuchaytirgichlarining asosiy sxemalari, telekommunikatsiya tizimlarida ishlatiladigan analog va raqamli kurilmalar turlari xarakteristikalari, ularning tuzilishi, ishlash printsiplari va ular yordamida yaratiladigan murakkab qurilmalarning texnologik va sxemotexnik xususiyatlari, radiotexnik apparatlaridan foydalanish bo‘yicha nazariy va amaliy bilimlar majmuasini shakllantirish.
  • Umumiy tibbiy tayyorgarlik fani kursantlarda birinchi yordam ko‘rsatish bo‘yicha  nazariy bilimlarini shakllantirish va buning asosida amaliyotda samarali qo‘llash uchun  ko‘nikmalarni hosil qilish. Shuningdek, harbiy xizmatchilar o‘z xizmat vazifalarining xususiyatlaridan kelib chiqqan holda har qanday vaziyatlarda, jumladan jangovor holatlarda ham, o‘ziga va o‘zgalarga birinchi yordam berish usullarini o‘zlashtirishlariga erishish.
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech