Kafedra tarixi - Jamoat xavfsizligini ta'minlash kafedrasi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 aprel kunidagi PQ-5077-son "Jamoat xavfsizligini ta'minlash sohasida professional kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori asosida tashkil etildi.
Kafedraning maqsadi - mamlakatimizning tinchligi va osoyishtaligiga bo‘lgan har qanday tahdidlarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash tizimini ilg‘or xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, shuningdek, zamon talablaridan kelib chiqib, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va Qurolli Kuchlarning kadrlar salohiyatini oshirish jamoat xavfsizligini ta'minlash sohasida Qurolli Kuchlar tizimiga va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuqori darajadagi, malakali, ma'nan va jismonan yetuk, salohiyatli kadrlarni yetishtirib chiqarishdan iborat. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 aprel'dagi “Jamoat xavfsizligining ta'minlash sohasida professional kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5077-sonli Qaroriga asosan 2021 yil 3 iyul' kuni tashkil etilgan.
Oʻquv-uslubiy ishlar sohasida – oʻqitishning innovatsion metodlaridan foydalanib bakalavriatiraning “Yo‘l harakati xavfsizligi faoliyati”, “Jamoat tartibini saqlash faoliyati”, “Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish faoliyati” ta’lim yoʻnalishlari va magistraturaning “Jamoat xavsizligi” mutaxassisliklari boʻyicha yuqori malakali mutaxassislarni shakllantirishga qaratilgan oʻquv ishlarini tashkil etish;
Ilmiy-metodik ishlar sohasida – oʻquv jarayonining ilmiy-metodik asoslarini ishlab chiqish, oʻquv-uslubiy materiallar bilan ta’minlash, ushbu sohadagi xorijiy tajribani oʻrgangan holda professor-oʻqituvchilarning mehnat unumdorligi va ta’lim sifati hamda samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy qilish;
Ilmiy-tadqiqot ishlari sohasida – mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy, bank-moliya, investitsiya, soliq-budjet, iqtisodiy xavfsizlik islohotlarining ustuvor vazifalari, ilgʻor jahon tajribasi va xalqaro standartlarni hisobga olgan holda, jamoat xavfsizligini ta’minlash boʻyicha ustuvor yoʻnalishlarni, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish va ularning natijalarini amaliyotga tadbiq etilishini ta’minlash;
tashkiliy-metodik ishlar sohasida – ta’lim sifatini baholash, uning tahlilini olib borish, shuningdek boshqa tashkiliy-metodik tadbirlarni samarali tashkil etish;
Ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlar sohasida – kursantlar, talabalar va tinglovchilarni ma’naviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol topishiga koʻmaklashish va milliy qadriyatlarni hurmat qilish, vatanparvarlik, fuqarolik tuygʻusi, bagʻrikenglik, qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli ta’sirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan, hayotga boʻlgan qat’iy ishonch va qarashlarga ega qilib tarbiyalash, davlat va jamiyat oldida oʻz mas’uliyatini his etish, insonparvarlik, millatlararo totuvlik, adolat va qonun ustuvorligi mezonlarini anglab etish va unga rioya etish ruhida tarbiyalash;
Ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash, pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, ularning stajirovkasi bilan bogʻliq ishlar sohasida – zamonaviy xalqaro standartlarga javob beradigan kafedraning boy intellektual va ilmiy-pedagogik mahoratga ega ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash tizimini shakllantirish boʻyicha aniq maqsadli ishlarni amalga oshirish
КАФЕДРА АЪЗОЛАРИ: кафедра бошлиғи ю.ф.д., профессор С.М. Селиманова, кафедра бошлиғининг ўринбосари , ю.ф.б.ф.д. Б.Ч. Ярашев, кафедра профессори ю.ф.д., профессор И. Исмаилов, кафедра доцентлари: ю.ф.н., доцент Б.Э. Закиров, ю.ф.н., доцент Г.С. Шарипова, ю.ф.н., доцент Ғ.Т. Хакимов, и.ф.н., доцент Л.Р. Шаюсупова, с.ф.б.ф.д. (PhD), доцент Р.Р. Рашидов, ф.ф.б.ф.д. (PhD), доцент Д.Д. Юсупова, ю.ф.б.ф.д. (PhD), подполковник К.М. Рахимов, кафедра катта ўқитувчилари: У.Т. Суннатов, С.Р. Турсунова, хизматчи Ш.Н. Юлдашев, кафедра ўқитувчилари: У.Ш. Таллибаев ва Ш.О. Ахмедовлар муваффақиятли фаолият юритиб келмоқдалар.
КАФЕДРАНИНГ ШИОРИ.
Юристнинг мажбурияти – ўз халқининг ҳуқуқий онгини юксалтириш.
Марк Туллий Цицерон
Обязанность юриста – просвещать собственный народ.
Jamoada o'qitishning zamonaviy shakl va usullari, ilg'or pedagogik va axborot-kommunikasiya texnologiyalari keng joriy etilgan. O'quv mashg'ulotlari kafedraning malakali o'qituvchilari bilan birga, amaliyotda katta tajribaga ega mutaxassislar tomonidan olib boriladi. Buning uchun kafedra zarur o'quv-metodik baza va adabiyotlar bilan ta'minlangan. Ayniqsa mashg'ulotlarning ilg'or interfaol usullar yordamida tashkil etilayotgani kursantlarning nazariy bilim va ko'nikmalarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Jamoa a'zolari dolzarb mavzularda ilmiy izlanishlar olib borish barobarida, xorijiy davlatlar ta'lim muassasalarida tajriba oshirib qaytishmoqda.
2021 yil 30 avgust kuni kafedra boshlig'i, polkovnik S.M. Selimanova O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 24 maydagi Farmoniga binoan ta'sis etilgan O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining 30 yilligi esdalik nishoni bilan taqdirlangan.
2022 yil 14 yanvar kuni kafedra boshlig'i, polkovnik S.M. Selimanova va kafedra dosenti L.R. Shayusupovalar O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 1 dekabr kunidagi PF-28-son Farmoniga binoan ta'sis etilgan O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlariga 30 yil esdalik nishoni bilan taqdirlangan.
2022 yil 8 dekabr kuni kafedra boshlig'i, polkovnik S.M. Selimanova O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 8 noyabr kunidagi PF-243-son Farmoniga binoan ta'sis etilgan O'zbekiston Konstitusiyasining 30 yilligi esdalik nishoni bilan taqdirlangan.
O'zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi
Toshkent davlat transport universiteti
Patentlar:
- 2022-yil 24-fevral kuni O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligi tomonidan O'zbekiston Respublikasi dasturiy mahsulotlar davlat reyestrida "ma'muriy javobgarlik"ma'muriy javobgarlik intizomi bo'yicha elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturni rasmiy ro'yxatdan o'tkazish to'g'risidagi guvohnoma ro'yxatdan o'tkazildi. DGU 14 726-sonli guvohnoma;
- 2022-yil 17-mart kuni ma 'muriy javobgarlik fani bo' yicha elektron darslik uchun elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturni rasmiy ro 'yxatdan o' tkazish to ' g 'risidagi guvohnoma o' zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi intellektual mulk agentligi tomonidan o 'zbekiston Respublikasi dasturiy mahsulotlar davlat reyestrida ro 'yxatdan o' tkazildi. Sertifikat raqami № DGU 15 036.