Sayt test rejimida ishlamoqda

Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash kafedrasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 apreldagi PQ-5077- son  “Jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida professional kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyasi uchun — jamoat xavfsizligini ta’minlash va Qurolli Kuchlar va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun — xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta’minlash sohalarida malakali kadrlarni maqsadli tayyorlashni amalga oshirish maqsadida tashkil etilgan.

Ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash, pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, ularning stajirovkasi bilan bog‘liq ishlar sohasida - zamonaviy xalqaro standartlarga javob beradigan kafedraning boy intellektual va ilmiy-pedagogik mahoratga ega ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash tizimini shakllantirish bo‘yicha aniq maqsadli ishlarni amalga oshirish.

      O‘zbekiston respublikasi milliy gvardiyasi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tarkibiga kiruvchi barcha vazirlik va idoralar hamda tegishli davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari uchun tarbiyaviy-psixologik ta’minlash sohasi yo’nalishi bo‘yicha professional kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishdan iborat

O‘QUV-USLUBIY ISHLAR SOHASIDA - o‘qitishning innovatsion metodlaridan foydalanib tarbiyaviy-psixologik ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni shakllantirishga qaratilgan o‘quv ishlarini tashkil etish

    ILMIY-METODIK ISHLAR SOHASIDA - o‘quv jarayonining ilmiy-metodik asoslarini ishlab chiqish, o‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlash, ushbu sohadagi xorijiy tajribani o‘rgangan holda professor-o‘qituvchilarning mehnat unumdorligi va ta’lim sifati hamda samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy qilish;

    ILMIY-TADQIQOT ISHLARI SOHASIDA - mamlakatda amalga oshirilayotgan tarbiyaviy-psixologik yo’nalishidagi islohotlarining ustuvor vazifalari, ilg‘or jahon tajribasi va xalqaro standartlarni hisobga olgan holda, jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish va ularning natijalarini amaliyotga tadbiq etilishini ta’minlash;

   TASHKILIY-METODIK ISHLAR SOHASIDA - ta’lim sifatini baholash, uning tahlilini olib borish, shuningdek boshqa tashkiliy-metodik tadbirlarni samarali tashkil etish;

   MA’NAVIY-AXLOQIY VA TARBIYAVIY ISHLAR SOHASIDA - kursantlar, talabalar va tinglovchilarni ma’naviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol topishiga ko'maklashish va milliy qadriyatlarni hurmat qilish, vatanparvarlik, fuqarolik tuyg'usi, bag'rikenglik, qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, tarbiyalash

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech