Axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalari kafedrasi 2014 yil fevral oyida “Axborot texnologiyalari” va “ Aloqani tashqil qilish” kafedralar asosida tashkil etilgan. Ushbu kafedra Toshkent oliy harbiy-texnika bilim yurti 2017 yilda IIV dan О‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga о‘tkazilishi munosabati bilan “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi nomi bilan qayta tashkil etildi. 2021 yil iyul oyidan boshlab О‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Axborot texnologiyalari” kafedrasi nomi ish faoliyatini olib bormoqda.
Kafedra maqsadi:
О‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari va xuquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun axborot –kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yuqori malakali ofitser kadrlarni tayyorlash, ularning kasb mahorati va ilmiy salohiyatini oshirish, sohada mavjud muammolarga oid fundamental va amaliyotga yо‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlar о‘tkazish, tadqiqotlar natijalari asosida jamoat xavfsizligini ta’minlash amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqishdan iborat.
Kafedraning vazifasi – kursant, talaba va tinglovchilarga sohaga oid nazariy va amaliy masalalarini yecha olishga yetarli bо‘lgan kompyuterning texnik–dasturiy ta’minotlarini egallashga va uni amaliyotda qо‘llashga о‘rgatishdan, shuningdek, jamoat xavfsizligini ta’minlashda keng qо‘llaniladigan telekommunikatsiya tizimlari va aloqa vositalari bо‘yicha nazariy va amaliy bilimlarini berish, radioaloqa vositalaridan hamda kompyuter tarmoqlaridan foydalanishni о‘rgatish hamda ularni amaliyotda tadbiq etish kо‘nikmasini hosil qilishdan iborat.
Shuningdek, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat organlari, fuqarolarning о‘zini о‘zi boshqarish organlari, oliy ta’lim muassasalari (turdosh kafedralari), amaliy organlarining sohaviy xizmatlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi hamda faoliyatiga aloqador va boshqa axborotlar almashishni amalga oshiradi;
kafedra о‘z faoliyatida fan yutuqlaridan, zamonaviy texnologiyalardan va axborot tizimlaridan foydalanadi;
kafedra shaxsiy tarkibining chet tili va axborot texnologiyalaridan savodxonligini oshirib boradi, madaniy-ma’rifiy kechalar, uchrashuvlar tashkil etadi va о‘tkazadi;
о‘tkaziladigan yig‘ilishlarga boshqa kafedralar, bо‘limlar, tarkibiy bо‘linmalar xodimlarini, olimlar, fan arboblari, xizmat kо‘rsatgan yuristlarni, shuningdek kursant (tinglovchi)lar va amaliyot xodimlarini taklif etishi mumkin;
kafedra professor-о‘qituvchilari tarkibi uch yilda kamida bir marotaba amaliy organlarida yoki boshqa oliy ta’lim muassasalarida malakasini oshirishi yoki stajirovka о‘tashini tashkil etadi;
о‘quv jarayonini takomillashtirish maqsadida chet el ta’lim va ilmiy muassasalari bilan xalqaro aloqalarni rivojlantirishda ishtirok etadi;
о‘quv jarayonini rivojlantirish uchun eng ilg‘or professor-о‘qituvchilarning tajribasini о‘rganadi, umumlashtiradi va yangi pedagogik innovatsiya texnologiyalarni tatbiq etadi;
kafedra о‘quv-moddiy bazasini yaratish va takomillashtirish bо‘yicha takliflar kiritib boradi;
mutaxassisliklari bо‘yicha zaruriy nazariy bilim va amaliy kо‘nikmaga ega bо‘lgan yuqori malakali mutaxassislarni ta’lim jarayoniga jalb qiladi;
tanishuv va ish о‘rganish amaliyoti (stajirovka)ga, kurs ishlari loyihalari, bitiruv malaka ishlariga, shuningdek kursant (tinglovchi)larning mustaqil ishlariga rahbarlik qiladi;
iqtidorli kursant (tinglovchi)lar bilan ishlash, ular bilan о‘quv va ilmiy-izlanish ishlarini tashkil etadi va ularga rahbarlik qiladi, Respublika fan olimpiadalari va musobaqalarda qatnashishlari uchun tayyorlaydi;
о‘quv-metodik adabiyotlarni tayyorlash, yangi nashr etiladigan adabiyotlarga taqriz (xulosa)lar beradi, shu jumladan chet el olimlari bilan birgalikda hammualliflik qiladi hamda ta’lim va boshqa muassasalarning buyurtmasiga binoan zaruriy о‘quv-metodik adabiyotlarni tayyorlashda qatnashadi;
ilmiy-tadqiqot ishlarini tasdiqlangan reja asosida olib borish, kafedra a’zolari tomonidan tayyorlangan va universitetga kelib tushgan dissertatsiyalarni muhokama qiladi va uning natijalarini amaliyotga tatbiq etadi, tugallangan ilmiy ishlarni nashr etishga tavsiya qiladi;
mutaxassislik yо‘nalishlari bо‘yicha Milliy gvardiya yoki Qurolli Kuchlar tizimiga kiruvchi boshqa idoralar faoliyatining dolzarb muammolari ustida professor-о‘qituvchilar tarkibi tomonidan fundamental va amaliy tadqiqotlar olib borilishini tashkil etadi va uning natijalarni о‘quv jarayoniga tatbiq etadi;
о‘quv-tarbiya jarayonini amaliyot bilan chambarchas bog‘langan holda tashkil etish maqsadida jamoat xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikka qarshi kurashishdagi dolzarb muammolarni ilmiy tahlil qiladi va ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish yuzasidan ishlab chiqilayotgan loyihalar bо‘yicha amaliyot idoralari bilan aloqa о‘rnatadi;
kafedraga biriktirilgan katta ilmiy xodimlar-izlanuvchilar va mustaqil izlanuvchilarni ilmiy-tadqiqot olib borish jarayonini tahlil qilib boradi;
о‘quv-metodik, ilmiy-tadqiqot, tarbiyaviy, ma’naviy-ma’rifiy va jamoat ishlariga taalluqli masalalarni muhokama qilishda ishtirok etadi;
universitetning, shuningdek respublikadagi hamda xorijiy oliy ta’lim muassasalarining axborot-resurs markazlari, kutubxonalaridagi о‘quv adabiyotlardan foydalanadi;
axborot resurs markazi, axborot-ta’lim portali, о‘quv, ilmiy, ijtimoiy-maishiy, tibbiy va boshqa tarkibiy bо‘linmalarning xizmatlaridan foydalanadi;
о‘qitishning uslub va vositalarini tanlash, о‘quv-tarbiyaviy jarayonni yuqori sifatini ta’minlovchi ilmiy tadqiqot ishlarini amalga oshiradi;
grantlar, ilmiy loyihalar, xо‘jalik shartnomalarida ishtirok etadi;
Kafedra katta о‘qituvchisi B.B.Xatamov “2017-2021 yillarda О‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yо‘nalishlari bо‘yicha Harakatlar Strategiyasi” bо‘yicha innovatsion tadqiqod konkursida «Razvitiye nauchno-texnicheskogo obespecheniya bezopasnosti obyektov na mnogofunksionalnoy texnicheskoy osnove» nomidagi loyixasi bilan ishtiroq etib Xarakatlar Strategiyasining beshinchi ustuvor yо‘nalishi bо‘yicha fahrli birinchi о‘ringa ega bо‘lib 20.000.000 sо‘mlik grant qо‘lga kiritildi.
Bundan tashqari Ye.B.Tashmanov Belorussiya Davlat aloqa akademiyasining “Problemы infokommunikatsii” ilmiy jurnalining tahrir hayʼati aʼzosi va Belorussiya Davlat aloqa akademiyasi Kengashining 2019 yil 26 sentyabr kunidagi 2-sonli bayonnomasiga binoan ilm va taʼlim sohasida ilgʼor yutuqlar uchun unga Belorussiya Аloqa akademiyasining Faxriy professor ilmiy unvoni berildi.
2020 yil О‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Axborot texnologiyalari” kafedrasi hamda О‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti “Axborot texnologiyalari” va “Telekommunikatsiya” kafedralari о‘rtasida о‘quv, uslubiy va ilmiy faoliyatni rivojlantirish sohasi bо‘yicha hamkorlik shartnomasi qilingan.
2021 yil О‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Axborot texnologiyalari” kafedrasi hamda О‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasi “Qо‘shinlar kundalik faoliyatini boshqarish” kafedrasi о‘rtasida о‘quv, uslubiy va ilmiy faoliyatni rivojlantirish sohasi bо‘yicha hamkorlik shartnomasi qilingan.