Fuqaroviy-huquqiy fanlar kafedrasi

Kafedra О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi “Jamoat xavfsizligini  ta’minlash sohasida professional  kadrlarni  tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari  tug‘risida”gi PQ – 5077-sonli qarori asosida tashkil etilgan bо‘lib, Universitetning  tarkibiy bо‘linmasi hisoblanadi va unga yuridik fanlar doktori, professor Choriyev Murod Shokirjonovich rahbarlik qilib kelmoqda.

KAFEDRANING MAQSADI:

О‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tarkibiga kiruvchi barcha vazirlik va idoralar hamda tegishli davlat va xо‘jalik boshqaruvi organlari uchun yurispridensiya sohasi bо‘yicha professional kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishdan iborat.

О‘quv-uslubiy ishlar sohasida – о‘qitishning innovatsion metodlaridan foydalanib “Milliy xavfsizlikni huquqiy ta’minlash”, “Xavfsizlikni huquqiy ta’minlash” ta’lim yо‘nalishlari va “Jamoat xavfsizligini huquqiy ta’minlash” mutaxassisliklari bо‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni shakllantirishga qaratilgan о‘quv ishlarini tashkil etish;

Ilmiy-metodik ishlar sohasida – о‘quv jarayonining ilmiy-metodik asoslarini ishlab chiqish, о‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlash, ushbu sohadagi xorijiy tajribani о‘rgangan holda professor-о‘qituvchilarning mehnat unumdorligi va ta’lim sifati hamda samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy qilish;

Ilmiy-tadqiqot ishlari sohasida – mamlakatda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlarining ustuvor vazifalari, ilg‘or jahon tajribasi va xalqaro standartlarni hisobga olgan holda, jamoat xavfsizligini ta’minlash bо‘yicha ustuvor yо‘nalishlarni, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish va ularning natijalarini amaliyotga tadbiq etilishini ta’minlash;

Tashkiliy-metodik ishlar sohasida – ta’lim sifatini baholash, uning tahlilini olib borish, shuningdek boshqa tashkiliy-metodik tadbirlarni samarali tashkil etish;

Ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlar sohasida – kursantlar, talabalar va tinglovchilarni ma’naviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol topishiga kо‘maklashish va milliy qadriyatlarni hurmat qilish, vatanparvarlik,  fuqarolik tuyg‘usi, bag‘rikenglik, qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli ta’sirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan, hayotga bо‘lgan qat’iy ishonch va qarashlarga ega qilib tarbiyalash, davlat va jamiyat oldida о‘z mas’uliyatini his etish, insonparvarlik, millatlararo totuvlik, adolat va qonun ustuvorligi mezonlarini anglab etish va unga rioya etish ruhida tarbiyalash;

Ilmiy-pedagog  kadrlarni tayyorlash, pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, ularning stajirovkasi bilan bog‘liq ishlar sohasida – zamonaviy xalqaro standartlarga javob beradigan kafedraning boy intellektual va ilmiy-pedagogik mahoratga ega ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash tizimini shakllantirish bо‘yicha aniq maqsadli ishlarni amalga oshirish.

Kafedra boshlig'i

Yuridik fanlar doktori (Dsc), professor

Choriyev Murod Shokirjonovich

Kafedra boshlig‘i o‘rinbosari

Yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (Phd), dotsent

Davletov О‘tkirbek Matmurotovich

Kafedra professori

Yuridik fanlar doktori (Dsc), professor

Muxammadiyev Ayub Abduraxmanovich

Kafedra professori

Yuridik fanlar doktori (Dsc), professor

Ruziyev Rustam Djabbarovich

Kafedra professori

Yuridik fanlar doktori (Dsc), dotsent

Gaziyev Shaxrux Murodaliyevich

Kafedra professori

Yuridik fanlar doktori (Dsc), dotsent

Axmedova Muqaddasxon Tursunovna

Kafedra professori

Yuridik fanlar doktori (Dsc), dotsent

Babakulov Zafar Kurbonnazarovich

Kafedra dotsenti

Yuridik fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)

Norboyev Sherzod Berdiali o‘g‘li

Jamoada oʼqitishning zamonaviy shakl va usullari, ilgʼor pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng joriy etilgan. Oʼquv mashgʼulotlari kafedraning malakali oʼqituvchilari bilan birga, amaliyotda katta tajribaga ega mutaxassislar tomonidan olib boriladi. Buning uchun kafedra zarur oʼquv-metodik baza va adabiyotlar bilan taʼminlangan. Аyniqsa mashgʼulotlarning ilgʼor interfaol usullar yordamida tashkil etilayotgani kursantlarning nazariy bilim va koʼnikmalarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Jamoa aʼzolari dolzarb mavzularda ilmiy izlanishlar olib borish barobarida, xorijiy davlatlar taʼlim muassasalarida tajriba oshirib qaytishmoqda.

2020 yil 30 sentyabrь kuni kafedra boshligʼi, yu.f.d., professor M.Sh.Choriev 1 oktyabrь – Oʼqituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan Oʼzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʼmondoninnng qimmatbaho sovgʼasi bilan taqdirlangan.

2021 yil 14 yanvarь kuni kafedra boshligʼining oʼrinbosari, yu.f.b.f.d (PhD) Oʼ.M.Davletov Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 1 dekabrdagi Farmoniga binoan taʼsis etilgan “Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 30 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlangan.

2021 yil 21 mart kuni kafedra katta oʼqituvchisi, yu.f.b.f.d (PhD) J.D.Аxmedov Oʼzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʼmondoni tomonidan “Namunali xizmatlari uchun” mukofotiga loyiq topildi.

2021 yil 14 yanvarь kuni kafedra professori, yu.f.d., professor А.А.Muxammadiev Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 1 dekabrdagi Farmoniga binoan taʼsis etilgan “Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 30 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlangan.

2018 yil 31 avgust kuni kafedra professori, yu.f.d., dotsent M.T.Аxmedova 2017-2018 oʼquv yilida “Yilning eng yaxshi oʼqituvchisi” tanlovida ishtirok etib, 1-oʼrni egalladi.

2021 yil 15 oktyabrь kuni kafedra professori, yu.f.d.. dotsent M.T.Аxmedova 1-oktyabrь – Oʼqituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan Oʼzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʼmondoninnng Maʼnaviyat aʼlochisi koʼkrak nishoni bilan taqdirlangan.

Toshkent davlat yuridik universiteti

 

Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Аkademiyasi

  

Fuqarolik va oila huquqi. Darslik

M.Sh.Choriyev, R.Dj.Ruziyev

2022, Jamoat xavfsizligi universiteti

Shartnoma huquqi. Darslik

M.Sh.Choriyev, R.Dj.Ruziyev, A.A.Muxammadiyev, Sh.B.Norboyev

2022, Jamoat xavfsizligi universiteti

Fuqarolik va oila huquqi. Darslik

R.Dj.Ruziyev, V.R.Topildiyev

2011, Cho‘lpon nomidagi nashriyot matbaa ijodiy uyi

Fuqarolik protsessual huquqi. Darslik

O'.M.Davletov

2020, COMPLEX PRINT ” nashriyoti

Fuqarolik protsessual huquqi. Darslik

O'.M.Davletov

2018, Milliy gvardiyasi Harbiy texnik instituti 

Ma’muriy huquq va javobgarlik. O‘quv qo‘llanma

A.A.Muxammadiyev

2024, Jamoat xavfsizligi universiteti

Mulk ijarasi, lizing, ssuda va pudrat shartnomalari. O‘quv qo‘llanma

R.Dj.Ruziyev

2023, Jamoat xavfsizligi universiteti

Kompleks tadbirkorlik litsenziyasi shartnomasining fuqarolik-huquqiy maqomi. O‘quv qo‘llanma

Z.K.Babakulov 

2024, Jamoat xavfsizligi universiteti

Fuqarolik protsessual huquqi. O‘quv qo‘llanma

O'.M.Davletov

2019, Milliy gvardiyasi Harbiy texnik instituti

Amir Temur davlatida xavfsizlik masalalarining huquqiy asoslari. Monografiya

M.T.Axmedova

2023, Jamoat xavfsizligi universiteti

Autsorsing shartnomasi. Monografiya

Sh.B.Norboyev

2023, Jamoat xavfsizligi universiteti

Fuqarolik-huquqiy majburiyatlarini bajarish. Ilmiy-ommabop risola

R.Dj.Ruziyev

2022, Jamoat xavfsizligi universiteti

Fuqarolik huquqi: tizimi, predmeti, metodi, vazifalari va prinsiplari. Ilmiy-ommabop risola

R.Dj.Ruziyev

2022, Jamoat xavfsizligi universiteti

Mehnat va ijtimoiy ta’minot huquqi. Testlar to‘plami

M.A.Usmanova, M.T.Axmedova

2022, Jamoat xavfsizligi universiteti

Text to speech