“Maxsus-taktik tayyorgarlik va jangovar qoʼllash” kafedrasida “Maxsus-taktik tayyorgarlik” fani – jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida boʼlinmalarning tezkor, jangovar-xizmat faoliyatini rejalashtirish, tashkillashtirish, boshqarish va ularni jangovar qoʼllash yuzasidan kursant (tinglovchi)larga kasbiy-ixtisoslashgan bilim, koʼnikma va malaka berish, ularda kasbiy kompetentlikni shakllantirish va takomillashtirishga yoʼnaltirilgan maxsus harbiy fandir.
“Maxsus taktik tayyorgarlik” kafedrasi 1990 yil Sobiq ittifoq IIV Oliy kurslari tashkil topgandan beri faoliyat yuritib kelmoqda. Bugungi kunda “Maxsus taktik tayyorgarlik” kafedrasi O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik instituti asosiy va yetakchi kafedralaridan biri bo‘lib, o‘ziga xos an’analarga, tarixga va O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga yetuk mutaxassis ofitser kadrlar tayyorlashda o‘z o‘rniga ega. 2017 yil 17 noyabrda qayta tashkil etilgan. Muqaddam kafedra 1990-2003 yillarda “Ichki qo‘shinlar taktikasi”, 2003-2004 yillarda “Taktika va maxsus tayyorgarlik” kafedrasi deb nomlangan. Kafedra O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 23 iyuldagi №356-357 sonli Qarori asosida qayta tashkil etilgan va 2004 yildan bugungi kunga qadar “Maxsus taktik tayyorgarlik” kafedrasi deb nomlanib kelmoqda.
Kafedra o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi, «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi to‘g‘risida»gi Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 9 oktyabrdagi “Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar me’yoriy hujjatlarining qonuniyligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 469-sonli Qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2003 yil 9 yanvardagi 9-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Oliy ta’lim to‘g‘risida»gi nizomi va 2011 yil 3 dekabrdagi 487-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Oliy ta’lim muassasasining kafedralari to‘g‘risidagi namunaviy Nizom»ga muvofiq hamda Oliy Majlis palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining normativ-huquqiy hujjatlari hamda universitet boshlig‘ining buyruqlari va ko‘rsatmalari asosida tashkillashtirib kelinmoqda.
Jamoat xavfsizligini taʼminlash boʼlinmalarida maxsus-taktik tayyorgarlikning muammolari, istiqbollarini ilmiy tadqiq yetish;
Jamoat xavfsizligini taʼminlash sohasida taʼlim oluvchilarga kasbiy (tezkor, jangovar-xizmat) bilim, koʼnikma, malaka berish, kasbiy kompetentligini shakllantirish va takomillashtirish;
Maxsus-taktik tayyorgarlikning turdosh fanlar bilan yagona majmuada izchil oʼrganish ketma-ketligini belgilash va taʼminlash;
Maxsus-taktik tayyorgarlik jarayoniga zamonaviy taʼlim tamoyillarini joriy qilish; ilgʼor pedagogik texnologiya (innovatsion metodika)larni ishlab chiqish, ularni maxsus-taktik tayyorgarlik jarayoniga samarali tatbiq yetish;
Maxsus-taktik tayyorgarlikning maqsadi va mazmuniga muvofiq keluvchi oʼquv-moddiy bazani tanlash, tayyorlash va samarali qoʼllash mexanizmini ishlab chiqish;
Maxsus-taktik tayyorgarlik jarayonida boshqaruv organlari, boʼlinmalar, harbiy xizmatchi (xodim)lar, kursant (tinglovchi)larning roli va joyini aniqlash, ularning kasbiy-metodik tayyorgarligiga qoʼyiladigan talablarni belgilash.
Xaydarov Kamol Ashurovich 2001 yilda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Toshkent oliy harbiy-texnik bilim yurtini “Ichki qo‘shinlar taktik komandiri” mutaxassisligi va 2014 yilda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasini “Qo‘mondonlik-shtab tarbiyaviy ishlar” mutaxassisligi bo‘yicha tamomlagan.
2020 yilning 27 fevral kunida Siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasi berilishi bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Oliy attestatsiya komissiyasiga berilgan taklifga binoan 277/1-son bilan tasdiqlangan va 01№ 002609 raqamli diplom berilgan.
O‘quv jarayonini uslubiy jihatdan ta’minlashda yakka mualliflikda 1 ta o‘quv qo‘llanma, hammualliflikda 2 ta darslik, hammualliflikda 2 ta o‘quv qo‘llanma tayyorlandi va o‘quv jarayoniga tadbiq etildi. Ilmiy jurnallarda 17 ta ilmiy maqola shulardan 1ta SKOPUS hammualliflikda, xorij davlati jurnaliga 6 ta, respublikamiz jurnallariga 10 ta, xorij konferensiyalarida 8 ta, respublika konferensiyalarida 14 ta tezislarning muallifi.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi “Harbiy san’at” kafedrasi va O‘zbekiston Respublikasi MG Jamoat Xavfsizligi Universiteti “Maxsus taktik tayyorgarlik” kafedrasi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi tuzilgan. Shartnoma asosida ta’lim muassasasidan o‘quv adabiyotlarning elektron variantlari olinib, universitet ARM fondiga joylashtirildi. Yangi o‘quv yiliga tayyorlangan Namunaviy o‘quv dasturlari hamkorlikda ko‘rib chiqildi;
O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasi “Harbiy fanlar” kafedrasi va O‘zbekiston Respublikasi MG Jamoat Xavfsizligi Universitet “Maxsus taktik tayyorgarlik” kafedrasi o‘rtasida hamkorlik shartnomasi tuzilgan.
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish va amalga oshirish ishlari davom etmoqda. Jumladan:
1. 21.01.06 - “Harbiy ta’lim va tarbiya, harbiy tayyorgarlik, kadrlar saralash va tayinlash, qo‘shinlar kundalik faoliyatini boshqarish” ixtisosligi bo‘yicha (PhD) ilmiy darajasiga talabgor podpolkovnik A.S.Ismoilov “Harbiy ta’lim muassasalarida yoshlarni ma’naviy-ma’rifiy va harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasi” mavzusida.
2. 21.01.04 - “Qurolli Kuchlar turlari, qo‘shin turi va maxsus qo‘shinlar umumiy taktikasi (shuningdek, boshqaruv va jangni har tomonlama ta’minlash turlari)” ixtisosligi bo‘yicha (PhD) ilmiy darajasiga talabgor podpolkovnik S.B.Raxmonov “Ommaviy tartibsizliklarni bartaraf etishda Milliy gvardiya bo‘linmalari tomonidan qo‘llaniladigan harakatlar taktikasini takomillashtirish” mavzusida.
3. 21.01.06 - “Harbiy ta’lim va tarbiya, harbiy tayyorgarlik, kadrlar saralash va tayinlash, qo‘shinlar kundalik faoliyatini boshqarish (jumladan, Qurolli Kuchlar turlari, Qurolli Kuchlar ta’minoti, qo‘shinlar turlari va maxsus qo‘shinlar bo‘yicha)” ixtisosligi bo‘yicha (PhD) ilmiy darajasiga talabgor podpolkovnik F.E.Raxmanov “Maxsus taktik tayyorgarlik fanini o‘rganish davomida kursantlarning kasbiy kompetentligini takomillashtirish” mavzusida.
4. 13.00.01. – “Pedagogika nazariyasi va tarixi. Ta’limda menejment” ixtisosligi bo‘yicha (PhD) ilmiy darajasiga talabgor mayor L.I.Akbarov “Harbiylar jamoasida harbiy intizomni mustahkamlash va huquqbuzarliklarni oldini olishda ofitser bosh tarbiya sub’ekti ” mavzusida.
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan quyidagi mavzularda maqolalar chop etilgan:
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan quyidagi darslik va o‘quv qo‘llanmalar yaratilgan: