O‘QUV-USLUBIY BOSHQARMA
O‘quv-uslubiy boshqarma - Universitetning tarkibiy tuzilmasi bo‘lib, o‘quv jarayonini tashkil etish va boshqarishning asosiy organi hisoblanadi.
O‘quv-uslubiy boshqarmaning asosiy vazifalari:
- ta’lim sohalarining davlat ta’lim standartlari, ta’lim yo‘nalishi va mutaxassisliklari bo‘yicha malaka talablari va o‘quv rejalarining ishlab chiqilishini tashkillashtirish;
- o‘quv jarayoni grafigini ishlab chiqish va o‘quv yili mobaynida ushbu grafik asosida o‘quv jarayonini rejalashtirish va nazoratini amalga oshirish;
- o‘quv ishlarini zamonaviy pedagogik va tashkiliy talablarga javob beruvchi kompleks va maqsadli tarzda rejalashtirish va dars jadvallarini tuzish;
- ta’lim yo‘nalishlar va mutaxassisliklar bo‘yicha oliy ma’lumotli, zamon talablariga javob beradigan mutaxassis kadrlar tayyorlash, ta’limning fan va ishlab chiqarish bilan integratsiyasi mexanizmlarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish;
- kursant (talaba, tinglovchi)larning bilimini nazorat qilishni, fanlar bo‘yicha Yakuniy davlat attestatsiyalarni hamda bitiruv (malakaviy), magistrlik ishi himoyasini tashkillashtirish;
- Universitet bitiruvchilariga belgilangan namunadagi diplom
va (yoki) akademik ma’lumotnomalarni berilishini tashkillashtirish; - Universitet professor-o‘qituvchilari tarkibining kasbiy mahoratlarini oshirishlari uchun sharoit yaratish, professor-o‘qituvchilar faoliyatining monitoringini olib borish va o‘quv yili yakunida ularning reytingini xolis va odilona aniqlashni tashkil etish;
- Universitetda o‘quv jarayonini tashkil etishga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar (nizomlar, yo‘riqnomalar, buyruqlar va h.k.) loyihalarini ishlab chiqish;
- auditoriyalar fondini taqsimlash.
Boshqarma Milliy gvardiya va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun yetuk mutaxassislar tayyorlashga yo‘naltirilgan o‘quv jarayonini tashkil etish va nazorat qilish, kafedralar, batalonlar, tarkibiy bo‘lim(bo‘linma)lar va o‘quv kurslari bilan hamkorlikda o‘quv jarayonini muvofiqlashtirish, boshqa oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sohasida olib borilayotgan ishlarni o‘rganish, tahlil etish hamda ta’limning takomillashgan shakl va metodlarini, shuningdek amaliyotdagi tajribalarni o‘quv jarayoniga tadbiq etish, o‘quv jarayonining metodik ta’minoti bo‘yicha faoliyatni muvofiqlashtirish, o‘quv jarayoniga yangi ta’lim texnologiyalari hamda o‘qitishning zamonaviy vositalari hamda xorijiy ilg‘or tajribalarni joriy etish, professor-o‘qituvchilar tarkibining kasbiy mahoratini oshirib borish, o‘quv va metodik masalalar bo‘yicha boshqa turdosh va fuqarolik oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni tashkil etish va muvofiqlashtirish vazifalarini bajaradi.