Sayt test rejimida ishlamoqda

Tillarni o‘rganish kafedrasi

O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tarkibiga kiruvchi barcha vazirlik va idoralar hamda tegishli davlat va xo'jalik boshqaruvi organlari uchun zamon talablari asosida, til bilish darajasi kamida B1, B2 bo'lgan yuqori malakali ofitser kadrlarni va xodimlarni tayyorlashdan iborat.

Kafedramizda:

  • Ingliz tili
  • Rus tili
  • Arab tili
  • Xitoy tili
  • Nemis tillari bo'yicha malakali professor o'qitucvhilar tomonidan mashg'ulotlar olib boriladi. 

O'quv-uslubiy ishlar sohasida – o'qitishning innovasion metodlaridan foydalanib, barcha ta'lim yo'nalishlari va mutaxassisliklari bo'yicha "ingliz tili, rus tili, Arab tili, Xitoy tili va nemis tili" fanlaridan yuqori malakali mutaxassislarni shakllantirishga qaratilgan o'quv ishlarini tashkil etish; ilmiy-metodik ishlar sohasida – o'quv jarayonining ilmiy-metodik asoslarini ishlab chiqish, o'quv-uslubiy materiallar bilan ta'minlash, ushbu sohadagi xorijiy tajribani o'rgangan holda professor-o'qituvchilarning mehnat unumdorligi va ta'lim sifati hamda samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan zamonaviy ta'lim texnologiyalarini joriy qilish;

ilmiy-tadqiqot ishlari sohasida – mamlakatda amalga oshirilayotgan har sohadagi islohotlarining ustuvor vazifalari, ilg'or jahon tajribasi va xalqaro standartlarni hisobga olgan holda, jamoat xavfsizligini ta'minlash bo'yicha ustuvor yo'nalishlarni, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish va ularning natijalarini amaliyotga tadbiq etilishini ta'minlash;

kafedra boshlig'i mayor Xursandov Alisher Suyunovich;

4 ta professor - professor Radjabov Nasir Nasimovich (ingliz tili); professor Saydaliev to'lqin Xayriddinovich (rus tili); professor Latipov oqil Jo'raqulovich (rus tili); professor (0,5) Nosirova Saodat Abdullaevna (Xitoy tili); professor (0,5) Xoshimova Sabohat Abdullaevna (Xitoy tili).

6 ta dosent - dosent Shirinova Nilufar Djabborovna (ingliz tili); dosent Shirinova Nargiza Djabborovna (ingliz tili); dosent Rashidova Munavvar Xaydarovna (ingliz tili); dosent Namozova Dilnoza Berdimurotovna (ingliz tili); dosent Karimbekov Samad Axatovich (rus tili); dosent Erkayev Elmirza Temirovich (nemis tili).

9 ta katta o'qituvchi - katta o'qituvchi Darveshova Gulchexra Kenjabayevna (ingliz tili); katta o'qituvchi Jarilkasinova Gulnaz Xodjabayevna (ingliz tili); katta o'qituvchi Mengliyeva Sunbula Savranbekovna (ingliz tili); katta o'qituvchi Akramov Ulug'bek Sharobiddinovich (rus tili); katta o'qituvchi (0,5) Qodirova Feruza Ma’murovna (rus tili); katta o'qituvchi Bulicheva Margarita Faritovna (rus tili); katta o'qituvchi (0,5) Baymanov Habibullo Abdullayevich (nemis tili), katta o'qituvchi Xasanov Islombek Xasanovich (Arab tili), Muxammadaminov Saidakbar Abdurashidovich 0,5 (Arab tili).

5 ta o'qituvchi - o'qituvchi Yoqubova Indira Rustam qizi (rus tili); o'qituvchi Utenbayeva Guljazira Muxtarovna (rus tili); o'qituvchi Kurbanova Munisa Akbaraliyevna (ingliz tili); o'qituvchi Murakayeva Shaxnoza Xabibullayevna (ingliz tili); o'qituvchi Musaeva Shaxzoda Ibragimovna (ingliz tili);

  • 403 guruh kursanti Kuriyazov Ruslan 2019 yil Respublika miqyosida rus tili fanidan 2 – faxrli o'rinni oldi. Rahbar – To'lqin Xayriddinovich Saydaliyev.
  • 403 guruh kursanti Axmedov Odiljon Xusanjon o'g'li 2020 yil Respublika miqyosida nemis tili fanidan 2 – faxrli o'rinni oldi. Rahbar – Elmirza Temirovich Erkayev
  • 2020 yil 9 yanvar kuni Milliy gvardiya tizimi doirasida ingliz tili bo'yicha o'tkazilgan viktorinada Black Eagles jamoasi 1 chi - o'rinni egalladi. Rahbarlar: Rashidova M.X., Namozova D.B., Utenbayeva G.M., Yoqubova I.R.
  • 2019 yildan xozirgi kunga qadar Jxu tillarni o'rganish kafedrasi Britaniya Kengashi, NILE instituti bilan "Eng zamonaviy pedagogik texnologiyalar va metodlar" bo'yicha xamkorlik olib bormoqda.
  • 2018 il kafedra dosentlari Rashidova M.X. va Namozova D.B. AQSh, Texas shtati, San-Antonio Xarbiy shaxarchasining DLI (Defence Language Institute)da ikki xaftalik tajriba almashish kursiga qatnashib keldilar
  • 2020 yil kafedra dosenti Shirinova N.D. va o'qtuvchisi Musaeva Sh.I. Buyuk Britaniya, Angliya, Norich shaxridagi Nile (Norwich Institute for language education)da ikki xaftalik tajriba almashish kursiga qatnashib keldi.

1) Darslik va o`quv qollanmalarga olgan guvohnomalar. (9)

2) Darslik va o`quv qollanmalarga olgan patentlar. (3 patent)

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech