Jamoat xavfsizligini taʼminlash faoliyat sohasiga malakali mutaxassislarni tegishli ixtisoslik va huquqshunoslik yoʼnalishlari boʼyicha chuqurlashtirilgan holda oʼqitish;
kursant (tinglovchi)larning maʼnaviy-axloqiy tarbiyalashga samarali tizimlarni joriy etish, ularda huquqiy madaniyatni shakllantirish hamda vatanparvarlik va yuksak odob-axloq sifatlarini kamol toptirish;
oʼquv jarayonini oʼqitishning zamonaviy shakl va uslublari, pedagogik va axborot texnologiyalarini qoʼllagan holda nazariya va amaliyot uzviyligini taʼminlash orqali tashkil etish;
jamoat xavfsizligini taʼminlashning eng dolzarb muammolari boʼyicha kompleks ilmiy tadqiqotlarni, shu jumladan mahalliy va xalqaro grantlarni jalb etgan holda, oʼtkazish;
kafedra professor-oʼqituvchilarining kasbiy va pedagogik mahoratini oshirib borish;
kursantlarning bilim va koʼnikmalarini mustahkamlash.
Hozirgi kunda kafedrada 2 nafar yuridik fanlar doktori, professor, 1 nafar yuridik fanlar nomzodi, dotsent, 1 nafar dotsent va Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Milliy gvardiyasi tizimida xizmat qilgan mutaxassis kadrlar pedagogik faoliyat olib bormoqda.
Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi va Milliy gvardiyasi uchun jamoat xavfsizligini taʼminlash va Qurolli Kuchlar hamda boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun harbiy diplomatiya, yurisprudentsiya faoliyat sohalarida malakali kadrlarni tayyorlash.
Bugungi kunda kafedra professor-oʼqituvchilari tomonidan 8 ta darslik, 10 ta oʼquv qoʼllanma va 100dan ortiq Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi OАK roʼyxatidagi milliy va xalqaro ilmiy jurnallarda ilmiy maqolalar chop etilgan.
Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining maqsadli grant loyihalari boʼyicha ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.