KAFEDRANING MAQSADI:
Kafedrada, shaxsiy tarkibga zamonaviy o‘q-otar qurollari xujum va mudofaada qo‘llaniladigan granatalari, moddiy qismlari, o‘q-otar qurollardan hamda jangovar mashinalarning qurol-aslahalaridan o‘q uzish nazariyasi, otish asoslari va ballistikadagi asosiy ma’lumotlarni, qurol-aslahalarning tuzilishi va ularni avaylab asrash masalalari, qurollardan o‘q uzish usullari va qoidalari o‘rgatiladi.
O‘quv mashg‘ulotlari kafedraning malakali o‘qituvchilari bilan birga, amaliyotda katta tajribaga ega mutaxassislar tomonidan olib boriladi. Buning uchun kafedra zarur o‘quv-metodik baza va adabiyotlar bilan ta’minlangan. Ayniqsa mashg‘ulotlar ningilg‘or interfaol usullar yordamida tashkil etilayotgani kursantlarning nazariy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Jamoa a’zolari dolzarb mavzularda ilmiy izlanishlar olib borishmoqda.
Kafedra 1988 yilda “O‘q otish” kafedrasi nomi bilan tashkil etilgan. 2004 yildan boshlab ushbu kafedra nomi “Qurol-aslaha va o‘q otish” kafedrasiga o‘zgartirilib faoliyat yuritib kelmoqda.2021yildan “O‘q otish tayyorgarligi” kafedrasiga o‘zgartirilib faoliyat yuritib kelmoqda.
DARSLIKLAR:
O‘QUV QO‘LLANMALAR