“Davlat huquqiy fanlar va inson huquqlari” kafedrasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil yil 15-apreldagi “Jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida professional kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5077-sonli Qarori asosida Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti “Umumnazariy huquqiy fanlar” kafedrasi negizida tashkil etilgan.
Kafedra maqsadi:
O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tarkibiga kiruvchi barcha vazirlik, idoralar va tegishli davlat hamda xo‘jalik boshqaruvi organlari uchun yuridik sohalar bo‘yicha professional kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, shuningdek, Yangi O‘zbekiston uchun huquqiy ongi va huquqiy madaniyati yuksak bo‘lgan huquqni muhofaza qiluvchi organlar harbiy xizmatchi va xodimlarini yuqori saviyada tayyorlashdan iborat.
O‘quv-uslubiy ishlar sohasida – o‘qitishning innovatsion metodlaridan foydalanib “xavfsizlikni huquqiy ta’minlash”, “xalqaro harbiy hamkorlikni huquqiy ta’minlash”, “huquq tartibotini ta’minlash (yurisprudensiya)”, “patrul xizmatining qo‘mondonlik-taktik faoliyati”, “patrul-post xizmatining qo‘mondonlik-taktik faoliyati”, “pasport tizimini huquqiy ta’minlash” “yurisprudensiya (faoliyat turlari bo‘yicha)” va “qo‘riqlash bo‘linmalarining qo‘mondonlik-taktik faoliyati” ta’lim yoʻnalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislarni shakllantirishga qaratilgan o‘quv ishlarini tashkil etish;
Ilmiy-metodik ishlar sohasida – o‘quv jarayonining ilmiy-metodik asoslarini ishlab chiqish, o‘quv-uslubiy materiallar bilan ta’minlash, ushbu sohadagi xorijiy tajribani o‘rgangan holda professor-o‘qituvchilarning mehnat unumdorligi va ta’lim sifati hamda samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy qilish;
Ilmiy-tadqiqot ishlari sohasida – mamlakatda amalga oshirilayotgan davlat-huquqiy, konstitutsiyaviy huquqiy islohotlarning ustuvor vazifalari, ilgʻor jahon tajribasi va xalqaro standartlarni hisobga olgan holda, jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha ustuvor yoʻnalishlarni, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish va ularning natijalarini amaliyotga tadbiq etilishini ta’minlash;
Tashkiliy-metodik ishlar sohasida – ta’lim sifatini baholash, uning tahlilini olib borish, shuningdek boshqa tashkiliy-metodik tadbirlarni samarali tashkil etish;
Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar sohasida – kursantlar, talabalar va tinglovchilarni ma’naviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol topishiga ko‘maklashish va milliy qadriyatlarni hurmat qilish, vatanparvarlik, fuqarolik tuygʻusi, bagʻrikenglik, qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli ta’sirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan, hayotga bo‘lgan qat’iy ishonch va qarashlarga ega qilib tarbiyalash, davlat va jamiyat oldida o‘z mas’uliyatini his etish, insonparvarlik, millatlararo totuvlik, adolat va qonun ustuvorligi mezonlarini anglab yetish va unga rioya etish ruhida tarbiyalash.
Jamoada o‘qitishning zamonaviy shakl va usullari, ilg‘or pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng joriy etilgan. O‘quv mashg‘ulotlari kafedraning malakali o‘qituvchilari bilan birga, amaliyotda katta tajribaga ega mutaxassislar tomonidan olib boriladi. Buning uchun kafedra zarur o‘quv-metodik baza va adabiyotlar bilan ta’minlangan. Ayniqsa mashg‘ulotlarning ilg‘or interfaol usullar yordamida tashkil etilayotgani kursantlarning nazariy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Jamoa a’zolari dolzarb mavzularda ilmiy izlanishlar olib borish barobarida, Respublika va xorijiy davlatlar ta’lim muassasalarida tajriba oshirib qaytishmoqda.
Kafedra boshligʻi o‘rinbosari y.f.b.f.d., (PhD) E.O.Xomidov O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining 2022 yil 10 yanvardagi 8-sonli buyrug‘iga asosan “Namunali xizmatlari uchun” III darajali ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi.
Kafedra professori, y.f.d., professor M.B.Usmonov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 1 dekabrdagi Farmoniga asosan “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi “Davlat-huquqiy fanlari”, “Fuqarolik-huquqiy fanlari” kafedralari bilan shartnomalar tuzilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent davlat yuridik universitetining “Konstitutsiyaviy huquq” kafedrasi bilan shuningdek ushbu ta’lim muassasasining “Ma’muriy va moliya huquqi” kafedrasi bilan shartnomalar tuzilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Toshkent davlat yuridik universiteti Ixtisoslashtirilgan fillialining “Davlat-huquqiy fanlar”kafedrasi bilan shartnoma tuzilgan.