Kafedra tarixi:
“Iqtisodiy fanlar” kafedrasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil yil 15-apreldagi “Jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida professional kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5077-sonli Qarori asosida Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti “Ishlab chiqarishni tashkil etish va texnik nazorat ” kafedrasi negizida tashkil etilgan.
Kafedra maqsadi:
Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tarkibiga kiruvchi barcha vazirlik va idoralar hamda tegishli davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari uchun moliya-iqtisod sohasi boʻyicha professional kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishdan iborat.
M.S.Abdullayeva 2022 yil 7 mart kuni Universitet boshlig‘ining esdalik qo‘l soati bilan taqdirlandi.
Kafedra boshlig‘i o‘ribosari Anarkulov A.D. 2023 yil 14 yanvar kuni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tashkil topganligining 31 yilligi munosabati bilan “Ma’naviyat a’lochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.
Kafedra katta o‘qituvchisi Zurapov A.U. 2023 yilning 27 may kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida 08.00.07- Moliya, pul muomalasi va kredit ixtisosligi bo‘yicha iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun falsafa doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.
Kafedra boshlig'i Iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor Urmonov Jahongir Jaloldinovich “1-oktabr o’qituvchi va murabbiylar kuni bayrami” munosabati bilan “O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasining fidoyi xodimi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.
Kafedra professori Valiyev Bobur Batirovich Access to Islamic finance and Haj fund management & Haj operations post pandemic 2022 mavzusida malaka oshirish kursini tamomlab Malayziya texnik hamkorlik dasturi (MTCP) sertifikatini oldi.
Kafedra professori, i.f.d. Valiyev Bobur Batirovich ingliz tili darajasini aniqlash bo‘yicha imtihon topshirib til sertifikati(B2 (Upper intermediate) darajasi)ni qo‘lga kiritdi.
2021 yil 22-dekabrda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti “Iqtisodiyot nazariyasi” kafedrasi va va Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Iqtisodiy fanlar” kafedrasi oʻrtasida hamkorlik shartnomasi tuzildi
2021 yil 22-dekabrda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Iqtisodiy xavfsizlik”, “Fundamental iqtisodiyot”, “Soliqlar va sugʻurta ishi”, “Moliya” kafedralari va Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Iqtisodiy fanlar” kafedrasi oʻrtasida hamkorlik shartnomasi tuzildi.
2021 yil 23-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxonasi qoʻmitasi Bojxona institute “Iqtisodiy va ijtimoiy fanlar” kafedrasi va Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Iqtisodiy fanlar” kafedrasi oʻrtasida hamkorlik shartnomasi tuzildi.
2021 yil 24-dekabrda Toshkent Moliya institute “Moliya” kafedrasi va Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Iqtisodiy fanlar” kafedrasi oʻrtasida hamkorlik shartnomasi tuzildi.
2021 yil 25-dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasi huzuridagi Fiskal institut “Soliqlar va soliqqa tortish” “Buxgalteriya hisobi va audit” kafedralari va Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Iqtisodiy fanlar” kafedrasi oʻrtasida hamkorlik shartnomasi tuzildi.