Mustaqil izlanuvchilikka qabul
O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetiga yuridik hamda harbiy fanlar ixtisosliklari bo’yicha mustaqil izlanuvchilikka qabul qilinadi.
Mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar har yili sessiya davrida 15-yanvardan 15-fevralga, 15-apreldan 15-mayga, 15-iyuldan 15-avgustga va 15-sentabrdan 15-oktabrga qadar jxu@exat.uz yoki pochta orqali O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Oliy ta’limdan keyingi ta’lim fakultetiga barcha talab etilgan hujjatlarni o‘rnatilgan tartibda taqdim etishlari lozim.
Qabul shartlari haqida batafsil ma'lumot uchun
QАBUL SHАRTLАRI
Mustaqil izlanuvchilikka talabgor quyidagi hujjatlarni ilova qilgan holda ariza yoki yo‘llanma xat bilan ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasasiga murojaat qiladi:
T/r |
Hujjatlar nomlanishi |
Izoh |
1. |
Yo‘llanma xat (boshqa tashkilotlar uchun) |
|
2. |
Bildirgi (harbiylar uchun), ariza (fuqarolar uchun) |
|
3. |
Pasport nusxasi |
|
4. |
Obyektiv ma’lumot |
|
5. |
Xizmat tavsiyanomasi |
|
6. |
Diplom (Bakalavr, mutaxassislik, magistr) |
|
7. |
Doctor of Sience (DSc)ga talabgorlar uchun (PhD) diplom nusxasi |
|
8. |
Ixtisoslik shifri, fan tarmog‘i va Mavzu nomlanishi 3 ta tilda (O‘zbek), (Rus), (Ingliz) tillarida |
|
9. |
Ilmiy rahbarning rozilik xati, (Ilmiy maslahatchi rozilik xati (DSc)ga talabgor uchun agar mavjud bo‘lsa) |
|
10. |
Mehnat daftarchasidan ko‘chirma (fuqarolar uchun) |
|
11. |
Ish joyidan buyruqdan ko‘chirma |
|
12. |
Ilmiy ishlar ro‘yxati 3.4 shakl |
|
13. |
(PhD 1 ta), (DSc 3 ta) mavzu doirasida maqola va 2 ta tezis nusxalari |
|
14. |
Telefon raqamlari. Telegram nomerlari |
|
Falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olishda dissertatsiya himoyasiga qadar izlanuvchilar:
ixtisoslik hamda chet tili bo‘yicha malakaviy imtihon topshirishi;
dissertatsiya bo‘yicha umumiy soni 7 tadan kam bo‘lmagan ilmiy ish e’lon qilishi, xususan:
- ulardan kamida 3 ta ilmiy maqola (jumladan nufuzli xorijiy ilmiy jurnallarda 1 ta maqola) OАK Ro‘yxatiga kiritilgan nashrlarda chop etilishi;
- dissertatsiya natijalarining xalqaro va respublika ilmiy va ilmiy-amaliy konferensiyalarida keng muhokamasi asosida kamida 2 ta material (maqola, ma’ruza yoki ma’ruza tezisi) xalqaro konferensiya materiallari to‘plamida eʼlon qilingan bo‘lishi SHART.
Oliy o‘quv yurtidan keyingi taʼlim institutlarida o‘qish uch yilgacha davom etadi.
Fan doktori (DSc) ilmiy darajasi uchun dissertatsiya himoya qilishgacha izlanuvchilar:
dissertatsiya bo‘yicha umumiy soni 15 tadan kam bo‘lmagan ilmiy ish eʼlon qilishi, xususan:
- ulardan 10 ta maqola OАK Ro‘yxatiga kiritilgan ilmiy nashrlarda, 1 tasi tegishli fan tarmogʼi rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli ixtisoslashgan ilmiy jurnallarida eʼlon qilingan bo‘lishi;
- dissertatsiya natijalarining xalqaro va respublika ilmiy va ilmiy-amaliy konferensiyalarida keng muhokamasi asosida kamida 2 ta material (maqola, maʼruza yoki maʼruza tezisi) xalqaro konferensiya materiallari to‘plamida eʼlon qilingan bo‘lishi;
- ijtimoiy-gumanitar fanlari sohalari bo‘yicha dissertatsiya natijalari yuzasidan monografiya eʼlon qilinishi SHАRT.