Kafedraning maqsadi - mamlakatimizning tinchligi va osoyishtaligiga bo‘lgan har qanday tahdidlarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash tizimini ilg‘or xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, shuningdek, zamon talablaridan kelib chiqib, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va Qurolli Kuchlarning kadrlar salohiyatini oshirish jamoat xavfsizligini ta'minlash sohasida Qurolli Kuchlar tizimiga va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuqori darajadagi, malakali, ma'nan va jismonan yetuk, salohiyatli kadrlarni yetishtirib chiqarishdan iborat. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 aprel'dagi “Jamoat xavfsizligining ta'minlash sohasida professional kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish choratadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5077-sonli Qaroriga asosan 2021 yil 3 iyul' kuni tashkil etilgan.
Oʻquv-uslubiy ishlar sohasida – oʻqitishning innovatsion metodlaridan foydalanib bakalavriatiraning “Yul-patrul xizmatining qo‘mondonlik-taktik faoliyati”, “Patrul-post xizmatining qo‘mondonlik-taktik faoliyati”, “Pasport tizimining huquqiy ta’minlash” ta’lim yoʻnalishlari va magistraturaning “Jamoat xavsizligini huquqiy ta’minlash” mutaxassisliklari boʻyicha yuqori malakali mutaxassislarni shakllantirishga qaratilgan oʻquv ishlarini tashkil etish; v ilmiy-metodik ishlar sohasida – oʻquv jarayonining ilmiy-metodik asoslarini ishlab chiqish, oʻquv-uslubiy materiallar bilan ta’minlash, ushbu sohadagi xorijiy tajribani oʻrgangan holda professor-oʻqituvchilarning mehnat unumdorligi va ta’lim sifati hamda samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan zamonaviy ta’lim texnologiyalarini joriy qilish; ilmiy-tadqiqot ishlari sohasida – mamlakatda amalga oshirilayotgan iqtisodiy, bank-moliya, investitsiya, soliq-budjet, iqtisodiy xavfsizlik islohotlarining ustuvor vazifalari, ilgʻor jahon tajribasi va xalqaro standartlarni hisobga olgan holda, jamoat xavfsizligini ta’minlash boʻyicha ustuvor yoʻnalishlarni, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish va ularning natijalarini amaliyotga tadbiq etilishini ta’minlash; tashkiliy-metodik ishlar sohasida – ta’lim sifatini baholash, uning tahlilini olib borish, shuningdek boshqa tashkiliy-metodik tadbirlarni samarali tashkil etish;
Ma’naviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlar sohasida – kursantlar, talabalar va tinglovchilarni ma’naviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol topishiga koʻmaklashish va milliy qadriyatlarni hurmat qilish, vatanparvarlik, fuqarolik tuygʻusi, bagʻrikenglik, qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli ta’sirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan, hayotga boʻlgan qat’iy ishonch va qarashlarga ega qilib tarbiyalash, davlat va jamiyat oldida oʻz mas’uliyatini his etish, insonparvarlik, millatlararo totuvlik, adolat va qonun ustuvorligi mezonlarini anglab etish va unga rioya etish ruhida tarbiyalash;
Ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash, pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, ularning stajirovkasi bilan bogʻliq ishlar sohasida – zamonaviy xalqaro standartlarga javob beradigan kafedraning boy intellektual va ilmiy-pedagogik mahoratga ega ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash tizimini shakllantirish boʻyicha aniq maqsadli ishlarni amalga oshirish
Kafedra hozirgi kunda Rossiya Federatsiyasi IIV Kranodar universitetining Konstitusiyaviy va ma'muriy huquq kafedrasi bilan hamkorlik memorandumini tuzish
bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.