Sayt test rejimida ishlamoqda

Axborot texnologiyalari kafedrasi

Axborot texnologiyalari va telekommunikatsiyalari kafedrasi 2014 yil fevral oyida “Axborot texnologiyalari” va “ Aloqani tashqil qilish” kafedralar asosida tashkil etilgan. Ushbu kafedra Toshkent oliy harbiy-texnika bilim yurti 2017 yilda IIV dan О‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga о‘tkazilishi munosabati bilan “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi nomi bilan qayta tashkil etildi. 2021 yil iyul oyidan boshlab О‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Axborot texnologiyalari” kafedrasi nomi ish faoliyatini olib bormoqda.

Kafedra maqsadi:

О‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari va xuquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun axborot –kommunikatsiya texnologiyalari sohasida yuqori malakali ofitser kadrlarni tayyorlash, ularning kasb mahorati va ilmiy salohiyatini oshirish, sohada mavjud muammolarga oid fundamental va amaliyotga yо‘naltirilgan ilmiy tadqiqotlar о‘tkazish, tadqiqotlar natijalari asosida jamoat xavfsizligini ta’minlash amaliyotini takomillashtirishga qaratilgan ilmiy asoslangan takliflar ishlab chiqishdan iborat.

Axborot texnologiyalari kafedrasining vazifalari kursant, talaba va tinglovchilarni zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanib, ularga amaliy vazifalarni bajarishni shakllantirish va rivojlantirish, о‘zining fikr-mulohaza, xulosalarni asosli tarzda aniq bayon etishga о‘rgatish hamda egallagan bilimlar  bо‘yicha, kо‘nikma va malakalarni shakllantirish, sohaga oid nazariy va amaliy masallarni yecha olish muhim bо‘lgan kompyuterning texnik dasturiy ta’minoti, axborotlarga ishlov berish va himoyalash texnologiyalarini egallashga va uni qо‘llashga о‘rgatishdan iborat.

Kafedra boshlig‘i, t.f.d.(DSc), professor Tashmanov Yerjan Baymatovich

Kafedra boshlig‘ining о‘rinbosari, t.f.f.d. (PhD) Xatamov Baxodir Baxromovich

Kafedra professori t.f.d.(DSc), dotsent Parsiyev Saydiaxat Solixodjayevich

Kafedra dotsenti, t.f.f.d. (PhD) Gluxov Yevgeniy Viktorovich

Kafedra dotsenti t.f.n, dotsent Musayev Anvar Isakovich

Kafedra katta о‘qituvchisi t.f.f.d. (PhD) Saidbayev Baxodir Djalalitdinovich

Kafedra katta о‘qituvchisi, t.f.f.d. (PhD) Vinogradov Aleksandr Sergeyevich

Kafedra katta о‘qituvchisi, dotsent Kamilov Maxmudjon Abdukaxorovich

 

 

Kafedra katta о‘qituvchisi B.B.Xatamov “2017-2021 yillarda О‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yо‘nalishlari bо‘yicha Harakatlar Strategiyasi” bо‘yicha innovatsion tadqiqod konkursida «Razvitiye nauchno-texnicheskogo obespecheniya bezopasnosti obyektov na mnogofunksionalnoy texnicheskoy osnove» nomidagi loyixasi bilan ishtiroq etib Xarakatlar Strategiyasining beshinchi ustuvor yо‘nalishi bо‘yicha fahrli birinchi о‘ringa ega bо‘lib 20.000.000 sо‘mlik grant qо‘lga kiritildi.

Bundan tashqari Ye.B.Tashmanov Belorussiya Davlat aloqa akademiyasining “Problemы infokommunikatsii” ilmiy jurnalining tahrir hayʼati aʼzosi va Belorussiya Davlat aloqa akademiyasi Kengashining 2019 yil 26 sentyabr kunidagi 2-sonli bayonnomasiga binoan ilm va taʼlim sohasida ilgʼor yutuqlar uchun unga Belorussiya Аloqa akademiyasining Faxriy professor ilmiy unvoni berildi.

2020  yil О‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Axborot texnologiyalari” kafedrasi hamda О‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti “Axborot texnologiyalari” va “Telekommunikatsiya” kafedralari о‘rtasida о‘quv, uslubiy  va ilmiy faoliyatni rivojlantirish sohasi bо‘yicha hamkorlik shartnomasi qilingan.

2021  yil О‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Axborot texnologiyalari” kafedrasi hamda О‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasi “Qо‘shinlar kundalik faoliyatini boshqarish” kafedrasi о‘rtasida о‘quv, uslubiy va ilmiy faoliyatni rivojlantirish sohasi bо‘yicha hamkorlik shartnomasi qilingan.

CHOP ETILGAN ADABIYOTLAR:

 

Axborot xavsizligi. Darslik

B.J.Saidboyev, N.Rasulmetov

Complex Print, 2018 yil

 

Радиопередающие и радиоприёмные устройства. Darslik

E.B.Tashmanov, G.I.Melyanets.

O’zR MG HTI, 2019 yil

 

Основы оптической связи. Darslik

E.B.Tashmanov, S.I.Polovenya 

O’zR MG HTI, 2019 yil

 

Radioaloqa asoslari. Darslik

E.B.Tashmanov, B.B.Xatamov 

O’zR JXU, 2022 yil

 

Psixologlar uchun informatika. Darslik

B.J.Saidboyev, Sh.I.Yuldashev 

O’zR JXU, 2022 yil

 

Raqamli va axborot texnologiyalari. Darslik

Sh.I.Yuldashev, N.M.Karimov, N.M.Abdulxayev

O’zR JXU, 2022 yil

 

Iqtisodiyotda axborot kommunikatsion texnologiyalar va tizimlar. Darslik

E.B.Tashmanov, N.M.Karimov

O’zR JXU, 2022 yil

 

Axborot-kommunikatsion texnologiyalari. O‘quv qo‘llanma

B.J.Saidboyev, M.N.Rasulmetov, Z.Sh.Alimardonov 

O’zR MG HTI, 2018yil

 

Axborot xavfsizligi. O‘quv qo‘llanma

B.B.Mo'minov, N.M.Karimov 

O’zR MG HTI, 2019 yil

 

Shaxsiy kompyuterning texnik va dasturiy ta'minlash. O‘quv qo‘llanma

Sh.I.Yuldashev 

O’zR MG HTI, 2020 yil

 

Uyali aloqa va simsiz ma'lumot uzatish tizimlari. O‘quv qo‘llanma

E.B.Tashmanov

O’zR MG HTI, 2021 yil

 

Qabulqilgichning umumiy radiotraktidagi elementlarining xususiyatlari. O‘quv qo‘llanma

E.B.Tashmanov

O’zR JXU, 2021 yil

 

Algoritmlash va C# tilida dasturlash asoslari. O‘quv qo‘llanma

N.M.Karimov

O’zR JXU, 2022 yil

О‘zbekiston Respublikasi Oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Muvofiqlashtiruvchi kengashi tavsiyasi  bilan chop etilgan.

 

PATENTLAR:

Xatamov B.B., Mavlyankariyev B.A., Saydaxmedov SH.M., Bobilev Y.V., Nasirov A.A., Pen A.Y., Sabirov E.E. Yong‘in о‘chiruvchi moddani yetkazish usuli. О‘zbekiston Respublikasi ixtirolar davlat reyestrida 29.02.2012 yilda Toshkent shahrida rо‘yxatdan о‘tkazildi. № IAP 04479.

Xatamov B.B., Mavlyankariyev B.A., Saydaxmedov SH.M., Bobilev Y.V., Nasirov A.A., Pen A.Y., Sabirov E.E. Yong‘in о‘chiruvchi moddali konteynerni uloqtiruvchi qurilma va konteyner. О‘zbekiston Respublikasi ixtirolar davlat reyestrida 29.02.2012 yilda Toshkent shahrida rо‘yxatdan о‘tkazildi. № IAP 04480.

Xatamov B.B., Mavlyankariyev B.A., Djurayev S.M., Bobilev Y.V., Nasirov A.A., Pen A.Y., Sabirov E.E. Yong‘in xabarlovchisi. О‘zbekiston Respublikasi ixtirolar davlat reyestrida 23.01.2013 yilda Toshkent shahrida rо‘yxatdan о‘tkazildi. № IAP 04653.

Xatamov B.B., Mavlyankariyev B.A., Djurayev S.M., Bobilev Y.V., Nasirov A.A., Pen A.Y., Sabirov E.E. Yong‘in xabarlovchisi. О‘zbekiston Respublikasi ixtirolar davlat reyestrida 07.03.2013 yilda Toshkent shahrida rо‘yxatdan о‘tkazildi. № IAP 04679.

Xatamov B.B., Mavlyankariyev B.A., Sharipov X.M., Bobilev Y.V., Pen A.Y., Sabirov E.E. Yong‘in о‘chirish xususiyatiga ega bо‘lgan moddali konteyner. О‘zbekiston Respublikasi ixtirolar davlat reyestrida 09.04.2015 yilda Toshkent shahrida rо‘yxatdan о‘tkazildi. № IAP 05036.

Xatamov B.B., Mavlyankariyev B.A., Sharipov X.M., Bobilev Y.V., Pen A.Y., Sabirov E.E. Yong‘in о‘chirish xususiyatiga ega bо‘lgan gazli konteyner. О‘zbekiston Respublikasi ixtirolar davlat reyestrida 05.12.2016 yilda Toshkent shahrida rо‘yxatdan о‘tkazildi. № IAP 05316.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech