Maxsus fakultet sirtqi ta’lim shakli
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 15-apreldagi “Jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida professional kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5077-son qaroriga ko‘ra Universitetning sirtqi ta’lim shakli kamida uch yillik harbiy xizmat (xizmat) stajiga ega bo‘lgan amaldagi harbiy xizmatchilari (xodimlari) uchun nazarda tutilgan bo‘lib, unda o‘qish muddati oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan shaxslar uchun to‘rt yilni, oliy ma’lumotga ega bo‘lgan shaxslar uchun to‘lov-kontrakt asosida uch yilni tashkil etadi.
Qarorga asosan sirtqi ta’lim shakliga Universitetning yillik qabul kvotasi 100 nafargacha tinglovchilar tashkil etadi.
Universitetning sirtqi ta’lim shakliga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati tomonidan har yili belgilanadigan qo‘shimcha kvota bo‘yicha boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar va Qurolli Kuchlarda kamida uch yillik harbiy xizmat (xizmat) stajiga ega bo‘lgan harbiy xizmatchilar (xodimlar) to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi mumkin.
Sirtqi ta’limga O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi va Qurolli Kuchlarning boshqa kuch tuzilmalari hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar saflarida xizmat qilayotgan harbiy xizmatchi va xodimlar bakalavr ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha tahsil oladilar:
Sirtqi ta’limda mutaxassis kadrlarni tayyorlash xizmatdan ajratilmagan holda sirtqi ta’lim shaklida amalga oshiriladi.
Sirtqi ta’limda o‘quv sessiyasigacha bo‘lgan muddatda o‘qish mustaqil, jumladan, masofadan turib ta’lim olish shaklida amalga oshiriladi.
Bunda tinglovchi metodik ko‘rsatmalardan foydalangan holda ishchi o‘quv rejada semestr uchun rejalashtirilgan fanlarning dasturlarida belgilangan mavzularni mustaqil o‘zlashtiradi.
Sirtqi ta’limda fakultet tinglovchisi har bir semestr davomida kamida bir marotaba Universitetga o‘quv sessiyasiga chaqiriladi. Buning uchun unga o‘quv sessiyasi boshlanishiga qadar (kamida 15 kun oldin) xabarnoma yuboriladi.
O‘quv sessiyasi davomida:
- tinglovchi semestr uchun berilgan topshiriqlarni himoya qiladi. Fan bo‘yicha barcha topshiriqlar ijobiy baholangan taqdirda tinglovchiga fan bo‘yicha yakuniy baholashga kirish huquqi beriladi;
- fanlar bo‘yicha yakuniy baholashlar o‘tkaziladi;
- semestr davomida o‘qitiladigan fanlar (ishchi o‘quv rejasida belgilangan hajmda) ma’ruza, seminar va amaliy mashg‘ulotlari orqali amalga oshiriladi. Mavzular bo‘yicha topshiriqlar bilan ularni bajarish yuzasidan metodik ko‘rsatmalar beriladi.
O‘quv jarayoni davomida o‘tkaziladigan ma’ruza, seminar va amaliy mashg‘ulotlarda ilg‘or usul va texnologiyalardan (muammoli, interaktiv, ijodiy faoliyatni rivojlantirish, ijodiy vazifalarni guruh bo‘lib hal etish, hamkorlik pedagogikasi, individuallashtirish va boshqalardan) foydalaniladi.
Tinglovchi va talabalar bilimini nazorat qilish va baholash O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qo‘mondonining buyruqlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 9 avgustdagi “Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 19-2018-son buyrug‘i va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Fakultetda ta’lim olgan tinglovchilarga Yakuniy davlat attestatsiyasi komissiyasining qarori bilan davlat namunasidagi diplom beriladi.
Diplom ilovasi namunaviy o‘quv rejadagi fanlar va ularning hajmiga muvofiq ravishda to‘ldiriladi.
Ta'lim berish davlat tilida amalga oshiriladi.