O‘q otish tayyorgarligi kafedrasi

Kafedra maqsadi

Kafedrada, shaxsiy tarkibga zamonaviy o‘q-otar qurollari xujum va mudofaada qo‘llaniladigan granatalari, moddiy qismlari, o‘q-otar qurollardan hamda jangovar mashinalarning qurol-aslahalaridan  o‘q uzish nazariyasi, otish asoslari va ballistikadagi asosiy ma’lumotlarni, qurol-aslahalarning tuzilishi va ularni avaylab asrash masalalari, qurollardan o‘q uzish usullari va qoidalari o‘rgatiladi.

O‘quv mashg‘ulotlari kafedraning malakali o‘qituvchilari bilan birga, amaliyotda katta tajribaga ega mutaxassislar tomonidan olib boriladi. Buning uchun kafedra zarur o‘quv-metodik baza va adabiyotlar bilan ta’minlangan. Ayniqsa mashg‘ulotlarning ilg‘or interfaol usullar yordamida tashkil etilayotgani kursantlarning nazariy bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Jamoa a’zolari dolzarb mavzularda ilmiy izlanishlar olib borishmoqda.

Kafedra tarixi:

Kafedrada -1988 yilgacha polkovnik Chibotok Viktor Popovich;

-1988 yildan 1991 yilgacha polkovnik Astafev Evgeniy Nikolaevich; 

-1991yildan 1994 yilgacha polkovnik SHeyko Aleksander Aleksandrovich;

-1994 yildan 1996 yilgacha polkovnik Demkovskiy Sergey Grigorevich;

-1996 yildan 2003 yilgacha polkovnik Onkov Nikolay Ilich;

-2003 yildan 2003 yilgacha podpolkovnik Niyazov Hakim Abduhakimovich;

-2003 yildan 2004 yilgacha podpolkovnik Ishanqulov Bahodir O‘lmasovich;

-2004 yildan 2008 yilgacha polkovnik Kuzin Vasiliy Mixaylovich;

-2008 yildan 2016 yilgacha podpolkovnik Islamov G‘aybulla Asadullaevich;

-2016 yildan to shu kungacha polkovnik Azizov Ruslan Minilevich rahbarlik qilib kelmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiya tizimining qism va bo‘linmalarida zamonaviy jangning xar qanday sharoitida, o‘ziga qo‘yilgan jangovor topshiriqlarni bajarishga qodir o‘qotar qurollarning tarkibiy qismi, jangovor imkoniyatlarini mukammal bilishi va ulardan samarali foydalana olishi hamda o‘z bo‘linmasini maxorat bilan boshqarishni o‘rgatish hisoblanadi.

" O‘q otish tayyorgarligi" fanini o‘rganishdan maqsad, kursantlarni  O‘zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi bo‘linmalarida mavjud bo‘lgan o‘qotar qurollarning moddiy qismlari, o‘q otish qoidalari va granatomyotlardan otish usullari, nazariy va amaliy mashg‘ulotlarni tashkillashtirish va o‘tkazishni bilishi.

Kafedrada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlarini takomillashtirish borasida Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Аkademiyasi

 

Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligi Аkademiyasi 

Darsliklar:
1. O‘q otishni tashkillashtirish.
2. Organizatsiya ognevoy podgotovki.
3. O‘q otish tayyorgarligi I, II, III qismlar.

O'quv qo'llanmalar:

1. Sostoyanie i perspektivы razvitiya sistemы snayperskogo voorujeniya v zarubejnыx stranax.
2. Pravila strelbы iz strelkovogo orujiya, sistem snayperskogo orujiya i granatomyotov.
3. Terminalnaya ballistika.
4. Sredstva blijnego boya.Ruchnыe granatomyotы.
5. Analiz boevogo opыta taktika snayperskix podrazdeleniy zarubejnыx stran.
6. Taktika deystviy snayperskix grupp v spetsialnыx operatsiyax.
7. Kalashnikov avtomatlari va qo‘l pulemyotlarini o‘rganish uslubiyoti.
8. Effektivnost strelbы iz strelkovogo orujiya.
9. O‘q otish tayyorgarligining umumiy asoslari.
10. Pozitsion urushda mergan harakatlari.
11. O‘q otish taktikasi.
12. Kalashnikov avtomatlari va qo‘l pulemyotlarini o‘rganish uslubiyoti.
13. Bo‘linmalarning o‘q otish boshqarishda tayyorgarlik mashg‘ulotlari.
14. Avtomatdan otish ballistikasi va alohida sharoitlarda otish.
15. Ballistika avtomatnogo vыstrela v osobыx usloviyax.
16. Maxsus bo‘linmalarda merganlarni tayyorlash.
17. Zamonaviy yirik kalibrli merganlik miltiqlari.
18. Uch chiziqli miltiqlarini amaliyoti.
20. BTR-80 jangovar mashinasi qurollarini qo‘llashga tayyorlash.
21. Merganlarni turli sharoitlarda maxsus operatsiyalarni bajarishdagi harakati.
22. O‘q otar qurollardan o‘q otish asoslari uslubiyotini o‘qitishda pedagogik texnologiyalardan foydalanish singari darslik va qo‘llanmalar bilan to‘ldirildi.

Text to speech