Maxsus huquqiy fanlar va harbiy diplomatiya kafedrasi

     «Maxsus huquqiy fanlar va harbiy diplomatiya» kafedrasi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil  23 iyuldagi №356-57–son “O‘zbekiston Respublikasi IIV Toshkent oliy harbiy-texnik bilim yurtida kadrlar tayyorlov samarasini oshirish bo‘yicha tadbirlar to‘g’risida”gi qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi IIV Toshkent oliy harbiy-texnik bilim yurti o‘quv bazasida O‘zbekiston Respublikasi IIV jazoni ijro etish tizimi uchun professional kadrlarni tayorlash darajasini oshirish maqsadida “Jazoni o‘ash rejimni tashkil etish”(yurisprudentsiya)  mutaxassisligi bo‘yicha kadrlar tayyorlash maqsadida, 2004 yil 16 sentabr kuni “Maxsus fanlar” kafedrasi tashkil etilgan. 2017 yilda kafedra “Maxsus huquqiy fanlar” nomi bilan qayta nomlangan.

    O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 apreldagi PQ-5077-son «Jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida professional kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g’risida»gi Qaroriga asosan “Maxsus huquqiy fanlar” kafedrasi “Maxsus huquqiy fanlar va harbiy diplomatiya” kafedrasi qayta tashkil etilgan.

Jamoat xavfsizligini taʼminlash faoliyat sohasiga malakali mutaxassislarni tegishli ixtisoslik va huquqshunoslik yoʼnalishlari boʼyicha chuqurlashtirilgan holda oʼqitish;

kursant (tinglovchi)larning maʼnaviy-axloqiy tarbiyalashga samarali tizimlarni joriy etish, ularda huquqiy madaniyatni shakllantirish hamda vatanparvarlik va yuksak odob-axloq sifatlarini kamol toptirish;

oʼquv jarayonini oʼqitishning zamonaviy shakl va uslublari, pedagogik va axborot texnologiyalarini qoʼllagan holda nazariya va amaliyot uzviyligini taʼminlash orqali tashkil etish;

jamoat xavfsizligini taʼminlashning eng dolzarb muammolari boʼyicha kompleks ilmiy tadqiqotlarni, shu jumladan mahalliy va xalqaro grantlarni jalb etgan holda, oʼtkazish;

kafedra professor-oʼqituvchilarining kasbiy va pedagogik mahoratini oshirib borish;

kursantlarning bilim va koʼnikmalarini mustahkamlash.

Hozirgi kunda kafedrada 2 nafar yuridik fanlar doktori, professor, 1 nafar yuridik fanlar nomzodi, dotsent, 1 nafar dotsent va Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi hamda Milliy gvardiyasi tizimida xizmat qilgan mutaxassis kadrlar pedagogik faoliyat olib bormoqda.

Kafedra boshlig'i

Yuridik fanlari doktori(DSc), professor

Nurmatov Mirg'olib Mirzayevich

Kafedra boshlig'ining o'rinbosari

Dotsent

Beksariyev Xurshid Qosimovich

Kafedra professori

Yuridik fanlari doktori(DSc), professor

Pulatov Yuriy Sayfiyevich

Kafedra professori

Yuridik fanlari doktori(DSc), professor

Yuldasheva Govherjan

Kafedra professori

Yuridik fanlari doktori(DSc), professor

Umarxanova Dildora Sharipxanovna

Kafedra professori

Yuridik fanlar bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent

Maxamatov Maxmud Maxamataminovich

Kafedra dotsenti

Yuridik fanlar bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent

Maxsadov Maxsatullo Ismatovich

Kafedra dotsenti

Yuridik fanlar bo'yicha falsafa doktori (PhD)

Payziyev Abbos Muxammadovich

Kafedra katta o'qituvchisi

Yuridik fanlar bo'yicha falsafa doktori (PhD)

Ikramov Alisher Aktamovich

Kafedra katta o'qituvchisi

Yuridik fanlar bo'yicha falsafa doktori (PhD)

Nazarova Laylo Geldimuradovna

2023, 2024-yillarda kafedraning quyidagi professor-о‘qituvchilari ilmiy daraja va unvonlarga ega bо‘ldilar:

“Professor” ilmiy unvoniga Nurmatov Mirg‘olib Mirzayevich (О‘zbekiston Respublikasi OAKning 2023 yil 04 oktabrdagi 344/1-son bayoni).

“Yuridik fanlar bо‘yicha falsafa doktori PhD” ilmiy darajasiga:

Payziyev Abbos Muxammadovich (O‘zbekiston Respublikasi OAKning 2024 yil 6 yanvardagi 348/1-son bayoni).

Ikramov Alisher Aktamovich (О‘zbekiston Respublikasi OAKning 2023 yil 29 dekabrdagi 114s/1-son bayoni).

Nazarova Laylo Geldimuradovna (О‘zbekiston Respublikasi OAKning 2024 yil 29 fevraldagi 351/1-son bayoni)

Oʼzbekiston Respublikasi IIV Аkademiyasi “Dastlabki tergov va kriminalistika”, “Kriminalistik ekspertizalar”, “Terrorizm va odam savdosiga qarshi kurashish”, “Tezkor qidiruv huquqi faoliyati”, “Kriminologiya” kafedralari oʼrtasida oʼzaro hamkorlik shartnomasi

 

Oʼzbekiston Respublikasi IIV Ekspert-kriminalistika bosh markazi oʼrtasida oʼzaro hamkorlik kelishuvi

 

Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vazirligi huzuridagi X.Sulaymonova nomidagi respublika sud yekspertizasi markazi oʼrtasida oʼzaro hamkorlik shartnomasi

 

O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Akademiyasi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik shartnomasi

Text to speech