Madaniyat va ma'rifat markazi

Ma'naviyat va ma'rifat markazi

Markazning asosiy vazifalari:

  • shaxsiy tarkibni harbiy-vatanparvarlik tuyg'usini, ma'naviy saviyasini, intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularda mamlakatimizning qadimiy va boy madaniyati, azaliy qadriyatlari, udumlari hamda an'analariga asoslangan keng dunyoqarashni shakllantirish;
  • shaxsiy tarkib ongiga Vatan himoyasi har bir fuqaroning sharafli burchi ekanini, milliy armiyamiz bilan faxrlanish, davlat va jamiyat xavfsizligini ta'minlash uchun mas'uliyat tuyg'usini chuqur singdirish bo'yicha chora-tadbirlarni tashkillashtirish;
  • shaxsiy tarkib hamda ularning oila a'zolarini madaniy-hordiq olishlarini ta'minlashga ko'maklashish;
  • yoshlarning ma'naviy-ma'rifiy kamol topishi bo'yicha qiziqishlarini ro'yobga chiqarish, shaxsiy tarkib qalbida vatanparvarlik, burchga sadoqat, Vatanimiz kelajagi uchun daxldorlik hissini oshirish, ma'naviy-ma'rifiy tarbiyaning samarali usullarini joriy etishga ko'maklashish;
  • san'at, musiqa va qo'shiqchilik sohasida yosh ijodkorlarning samarali faoliyat yuritishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish.

Markazning maqsadi:

harbiy xizmatchilar, ishchi va xizmatchilar, shuningdek ularning oila a'zolari, mamlakatimiz yoshlarining ma'naviy-ma'rifiy saviyasini oshirishga ko'maklashish, ularning mazmunli hordiq olishlari uchun qulay shart-sharoitlar yaratishdan iborat.

Markazda mavjud asosiy imkoniyatlar:

  • Psixogologik markaz;
  • Muzey;
  • Tadbirlar o'tkazish zali;
  • Orkestr xonasi;
  • Kitob do'koni;
  • Taraqqiyot strategiyasi xonasi;
  • Shaxmat-shashka burchagi;
  • Badiiy havaskorlar xonasi.

 

Psixogologik markaz


Xizmat va jangovar vazifalarini bajarish paytida xarbiy xizmatchilarning xatti-harakatlari xususiyatlarini o'rganish va taxlil qilish, psixika va ekstremal vaziyatlarning ta'sir mexanizmlarini tushunish va harbiy xizmatchilarning kasbiy tayyorgarligi samaradorligini oshirish buyicha tavsiyalar ishlab chikishga imkon beradi. Shuningdek, kundalik xizmat jarayonlarda harbiy xizmatchilarga yuklatilgan xizmat majburiyatlarni amalga oshirilishi uchun psixologik sharoitlarni yaratish va psixologik tayyorgarligini takomillashtirish orqali bo'linmalarning jangovar shayligi va jangovar qobiliyatini oshirishga xizmat kiladi.

 

Muzey


Tarixning sirli xilqatlarini o'zida mujassam etgan holda madaniyat, qadriyatlarni tarannum etuvchi maskan, tarix va bugungi kunni bir-biriga yaqinlashtiruvchi ko'prik hisoblanadi. Shu bilan birga, shaxsiy tarkibning ma'naviy dunyosini boyitish, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash. Shuningdek, Jasur ajdodlarimiz shonli tarixi, mahoratlari, madaniyati, turmush tarzi, milliy an'ana va qadriyatlarini o'rganish, ularni targ'ib etish va kelgusi avlodlarga etkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.

 

Tadbirlar o'tkazish zali


Universitet Ma'naviyat va ma'rifat markazida 550 kishiga mo'ljallangan turli xil ma'naviy-ma'rifiy va madaniy tadbirlarni o'tkazish uchun zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlangan tadbirlar o'tkazish zali jihozlangan. Zal turli rangda yorug'lik sochuvchi qurilmalar bilan jihozlangan. Turli hil sahna ko'rinishlari o'tkazish uchun erkaklar va ayollar pardozxonasi mavjud.

 

Orkestr xonasi


Universitet harbiy orkestr jamoasi uchun Ma'naviyat va ma'rifat markazida barcha zamonaviy sharoitlarga ega xona jihozlangan bo'lib u erda musiqalarni bastalash, marsh kuylarini o'rganish, turli musiqa asboblarida kuylar bastalash uchun imkoniyatlar yaratilgan.

 

Kitob do'koni


Universitetda kitobxonlikni keng targ'ib qilish, harbiy xizmatchilarni eng so'nggi kitoblar bilan ta'minlash maqsadida Ma'naviyat va ma'rifat markazida kitob do'koni barpo etilgan. 1000 ga yaqin turli janrdagi kitoblar va o'quv qurollari arzon narxlarda kitobxonlarga taqdim etiladi.

 

Taraqqiyot strategiyasi xonasi


Ma'naviyat va ma'rifat markazida universitetga tashrif buyuruvchi martabali mehmonlar, chet el delegasiyalari vakillari bilan yaqindan muloqotlar olib borish, hamkorlikda memorandumlar, bitimlar hamda shartnomalar tuzish, shuningdek xalqaro va respublika onlayn ilmiy-amaliy konferentsiyalar o'tkazish uchun barpo etilgan.

 

Shaxmat-shashka burchagi


Harbiy xizmatchilarning maroqli madaniy hordiq olishlari uchun Ma'naviyat va ma'rifat markazida shaxmat-shashka burchagi tashkil etilgan. Bu erda muntazam ravishda shaxmat va shashka bo'yicha birinchilik musobaqalari o'tkaziladi.

 

Badiiy havaskorlik xonasi


Iqtidorli harbiy xizmatchilar uchun Ma'naviyat va ma'rifat markazida badiiy havaskorlik xonasi barpo etilgan bo'lib, bu erda harbiy xizmatchilar bo'sh vaqtlarida turli cholg'u asboblarida erkin ijod qilishi mumkin. Universitetning "alvon beretlar" badiiy havaskorlik jamoasining a'zolari hamda universitet talabalari kontsert dasturlarining tayyorgarlik ishlari aynan shu erda olib boriladi.

Text to speech