Universitet vazifasi

UNIVERSITETINING ASOSIY VAZIFALARI: 

  • jamoat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha faoliyatni samarali tashkil etishga qodir bo‘lgan malakali mutaxassislarni tegishli ixtisoslik va huquqshunoslik yo‘nalishlari bo‘yicha chuqurlashtirilgan holda o‘qitish hamda ularni jangovar va jismoniy tayyorgarlikdan o‘tkazish orqali maqsadli tayyorlash;
  • Qurolli Kuchlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar uchun kadrlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning samarali tizimini joriy etish, ularda huquqiy madaniyatni shakllantirish hamda vatanparvarlik va yuksak odob-axloq sifatlarini kamol toptirish orqali chuqurlashtirilgan holda tayyorlash;
  • harbiy vatanparvarlik, ma’naviy-ma’rifiy tarbiya va yoshlar bilan ijtimoiy ishlash yo‘nalishida o‘quv-tarbiya muassasalari tarbiyachilarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish;
  • o‘quv jarayonini o‘qitishning zamonaviy shakl va uslublari, pedagogik va axborot texnologiyalarini qo‘llagan holda nazariya va amaliyot uzviyligini ta’minlash orqali tashkil etish;
  • oliy malakali ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash, jamoat xavfsizligini ta’minlashning eng dolzarb muammolari bo‘yicha kompleks ilmiy tadqiqotlarni, shu jumladan mahalliy va xalqaro grantlarni jalb etgan holda, o‘tkazish;
  • o‘quv jarayoniga xorijiy mamlakatlarning nufuzli ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarining malakali mutaxassislarini jalb etish, shuningdek, qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish va pedagogik tajriba almashish sohasida doimiy xalqaro hamkorlikni amalga oshirish.

Text to speech