MAGISTRATURA FAKULTETI
Jamoat xavfsizligi universiteti magistratura fakultetiga o’qishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida professional kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 15-apreldagi PQ-5077-son qarori va ushbu qarorga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2021-yil 6-avgustdagi №-500 sonli “O’zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetiga nomzodlarni saralab olish va o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” qaroriga asosan amalga oshiriladi.
Universitet magistraturasiga 5 yil va undan ko’p xizmat stajiga ega bo’lgan, kamida “mayor” ofitser lavozimida xizmat qilayotgan o’qishga qabul yilining 31 dekabr kuniga qadar 45 yoshdan oshmagan xarbiy xizmatchilar(xodimlar) qabul qilinadi.
Istisno tariqasida, Universitet bakalavriatini imtiyozli tamomlagan, lavozimga tayinlangan, ilmiy-tadqiqot yo‘nalishida salmoqli yutuqlarga erishgan (ilmiy maqolalari nashr etilgan, o‘quv adabiyotlarni ishlab chiqishda ishtirok etgan, ixtiro patentlari va guvohnomalarni olgan) hamda tegishli kafedralarning qo‘shma yig‘ilishining qaroriga ko‘ra tavsiya etilgan harbiy xizmatchilar Universitet boshlig‘ining qaroriga asosan, kelgusida Universitetda 5 yil ishlab berish sharti bilan, magistraturaga o‘qishga kirish uchun o‘tkaziladigan tanlovlarda ishtirok etishi mumkin.
Magistraturaga o‘qishga qabul qilingan shaxslarning oxirgi egallab turgan lavozimi uchun belgilangan pul ta’minoti o‘qish davri mobaynida saqlab qolinadi.
Universitet magistratura tinglovchilari kontingentini sifatli butlash uchun kasbiy tayyorgarlik, chet tili (chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi belgilangan darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatlari mavjud bo‘lmaganlar uchun) va jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha saralash imtihonlari hamda test sinovlari o‘tkaziladi.
O'zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi universitetidagi magistratura ta'lim mutaxassisliklari (yo'nalishlari)
ro'yxati
T/r |
Mutaxassislik (yo'nalish) nomi |
Beriladigan malaka |
Ta'lim shakli |
O'qish muddati |
1 |
Jamoat xavfsizligini tezkor-taktik ta'minlashning qo'mondonlik-shtab faoliyati |
sohalar bo'yicha menejer |
kunduzgi |
1 yil |
2 |
Tarbiyaviy-psixologik ta'minlashning qo'mondonlik-shtab faoliyati |
psixolog |
kunduzgi |
1 yil |
3 |
Qo'riqlash faoliyatini ta'minlashning qo'mondonlik-muhandislik faoliyati |
elektrotexnik komplekslar va tizimlar muhandisi |
kunduzgi |
1 yil |
4 |
Jamoat xavfsizligini huquqiy ta'minlash |
yurist |
kunduzgi |
1 yil |
5 |
Iqtisodiy xavfsizlik |
iqtisodchi |
kunduzgi |
1 yil |
6 |
Yurisprudentsiya* |
yurist |
kunduzgi |
1 yil |
7 |
Psixologiya* |
psixolog |
kunduzgi |
1 yil |
8 |
Iqtisodiyot* |
iqtisodchi |
kunduzgi |
1 yil |