Kafedra 1990 yil 15 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi IIV Toshkent oliy harbiy-texnik bilim yurti tashkil topganidan boshlab, “Texnik-muhandislik ta’minoti” keyinchalik “Qo‘riqlashni texnik-muhandislik ta’minoti” kafedrasi nomi bilan faoliyat yuritibgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 10 apreldagi “Ichki ishlar organlari faoliyati samaradorligini tubdan oshirish, jamoat tartibini, fuqarolar huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilishni ta’minlashda ularning mas’uliyatini kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5005-sonli Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Harbiy texnika instituti Qo‘riqlashni texnik-muhandislik ta’minoti kafedrasi, 2017 yil 4 avgust kunidagi tegishli Farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy texnik instituti Qo‘riqlashni texnik-muhandislik ta’minoti kafedrasi sifatida faoliyat olib borgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 aprel kunidagi “Jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasidagi professional kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5077-sonli Qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Qo‘riqlashni muhandislik-texnik ta’minoti kafedrasi sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
Qo‘riqlashni muhandislik-texnik ta’minoti kafedrasi universitetda mutaxassis tayyorlovchi kafedralardan biri bo‘lib mutaxassis ofitser kadrlar tayyorlashda o‘z o‘rniga egadir.
Kafedra maqsadi:
O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining Qo‘riqlashni muhandislik-texnik ta’minoti kafedrasi Universitetning kadrlar chiqaruvchi yetakchi kafedralaridan biri bo‘lib, davlat ta’lim standartlarining talablariga muvofiq universitetda amalga oshiriladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishidagi kursantlar uchun va magistratura mutaxassisligi uchun oliy ta’limning asosiy ta’lim dasturlarini ishlab chiqadi, ushbu bakalavriat va magistratura ta’lim yo‘nalishi hujjatlarining o‘quv metodik kompleksini tuzadi, ixtisoslik fanlarini o‘qitadi va mazkur ta’lim yo‘nalishlari magistr, kursant va talabalarning sifatli tayyorgarligi uchun mas’ul hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining Qo‘riqlashni muhandislik-texnik ta’minoti kafedrasi o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi, normativ-huquqiy hujjatlar, Milliy gvardiya qo‘mondonining tegishli buyruqlari, Universitet Kengashi qarorlari hamda Nizom talablariga muvofiq amalga oshiradi. Jumladan:
О‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Qo‘riqlash muhandislik-texnik ta‘minlash” kafedrasi hamda О‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti “Axborot texnologiyalari” va “Telekommunikatsiya” kafedralari о‘rtasida о‘quv, uslubiy va ilmiy faoliyatni rivojlantirish sohasi bо‘yicha hamkorlik shartnomasi qilingan.
О‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Qo‘riqlash muhandislik-texnik ta‘minlash” kafedrasi hamda О‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar akademiyasi bilan о‘quv, uslubiy va ilmiy faoliyatni rivojlantirish sohasi bо‘yicha hamkorlik shartnomasi qilingan.
О‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Qo‘riqlash muhandislik-texnik ta‘minlash” kafedrasi bugunga qadar yuqori ilmli kadrlar tayyorlash borasida Ichki Ishlar akademiyasi bilan birgalikda hamkorlik qilib kelmoqda.
О‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Qo‘riqlash muhandislik-texnik ta‘minlash” kafedrasi hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnologiyalari universiteti bilan о‘quv, uslubiy va ilmiy faoliyatni rivojlantirish sohasi bо‘yicha hamkorlik shartnomasi qilingan.
О‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Qo‘riqlash muhandislik-texnik ta‘minlash” kafedrasi hamda Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat texnika universiteti bilan о‘quv, uslubiy va ilmiy faoliyatni rivojlantirish sohasi bо‘yicha hamkorlik shartnomasi qilingan.
О‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Qo‘riqlash muhandislik-texnik ta‘minlash” kafedrasi hamda O'zbekiston Respublikasi Favqulotda vaziyatlar vazirligi akademiyasi bilan о‘quv, uslubiy va ilmiy faoliyatni rivojlantirish sohasi bо‘yicha hamkorlik shartnomasi qilingan.
О‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Qo‘riqlash muhandislik-texnik ta‘minlash” kafedrasi bugunga qadar yuqori ilmli kadrlar tayyorlash borasida Milliy Gvardiya Qo'riqlash boshqarmasi bilan birgalikda hamkorlik qilib kelmoqda.