Ta'lim oluvchilarga ijtimoiy yordam

Talabalarga taʼlim krediti berish tartibi

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy va professional taʼlim tashkilotlari talabalari va oʼquvchilariga byudjet mablagʼlari hisobidan taʼlim kreditini ajratish tartibini takomillashtirish toʼgʼrisida” 27.05.2024 yildagi PF-82-son Farmoni asosida beriladi.
Oliy va professional taʼlim tashkilotlarida tahsil olish uchun taʼlim kreditini faqat kunduzgi taʼlim shaklida oʼqiyotgan talaba va oʼquvchilarga ajratiladi.
Taʼlim kreditini oliy taʼlim tashkilotlarining birinchi bosqich talabalari uchun toʼlov-kontrakt summasi miqdorida ajratiladi.
Ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni oʼzlashtirishning oʼrtacha koʼrsatkichi «3» dan past boʼlgan taqdirda toʼlov-kontrakt summasining koʼpi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi. «Ijtimoiy himoya yagona reestri»ga kiritilgan oilalar farzandlari bundan mustasno.
Oʼzlashtirish natijasi «3» dan past boʼlgan talabalarga, toʼlov-kontrakt summasining koʼpi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi, bunda kredit toʼlov-kontrakt summasining dastlabki 20 foizi talaba tomonidan toʼlangandan keyin ajratiladi.

Stipendiyalarni tayinlash va ularga beriladigan imtiyozlar

Universitet talabalariga oylik stipendiya Vazirlar Mahkamasining 31.01.2020 yildagi 59-son qarori “Oliy ta’lim muassasalari talabalariga to‘lanadigan stipendiyalar miqdorlarini belgilash hamda stipendiyalar tayinlash va to‘lash tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” bilan o‘rnatilgan tartibda to‘lab boriladi.

Davlat granti hamda stipendiyali to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarga to‘lanadigan stipendiyaning qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda o‘rnatiladigan eng kam miqdori.

Birinchi kurs talabalariga o‘quv yilining 1-semestri yakuni bo‘yicha fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari (baholari) ma’lum bo‘lgunga qadar stipendiyaning bazaviy miqdorida stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi.

barcha fanlar bo‘yicha o‘zlashtirish ko‘rsatkichi faqat «a’lo» baho bo‘lgan talabalarga stipendiyaning bazaviy miqdori 20 foizga oshirilgan holda;

fanlardan o‘zlashtirish ko‘rsatkichlarining 30 foizidan kam qismini «qoniqarli» bahoga o‘zlashtirayotgan talabalarga - stipendiyaning bazaviy miqdorida;

fanlarni 30 foizi va undan ortiq qismini qoniqarli baho o‘zlashtirgan talabalarga (to‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi hamda 1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan talabalar bundan mustasno) navbatdagi o‘quv semestri mobaynida stipendiya tayinlanmaydi.

To‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarga o‘z xohishlariga ko‘ra, kontrakt qiymatini stipendiyali yoki stipendiyasiz shaklda to‘lash huquqi beriladi.

Stipendiyali to‘lov-kontrakt tarkibiga bazaviy stipendiya miqdorining yillik summasi kiritiladi hamda stipendiya yil mobaynida oyma-oy to‘lab boriladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat stipendiyasi hamda Beruniy, Ibn Sino, Navoiy, Ulug‘bek, Imom al-Buxoriy, Bobur, Pahlavon Mahmud, To‘lepbergen Qaipbergenov, Ibroyim Yusupov va Islom Karimov nomli davlat stipendiyalarini oluvchi talabalarga stipendiyalar tayinlash Vazirlar Mahkamasining «O‘zbekiston iqtidorli yoshlarini taqdirlash va moddiy rag‘batlantirish to‘g‘risida» 2008 yil 13 oktabrdagi 226-son qarori bilan tasdiqlangan Bakalavriat bosqichi talabalari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari hamda ularni tayinlash tartibi to‘g‘risidagi nizomda belgilangan tartiblar asosida amalga oshiriladi.

1 va 2-guruh nogironligi bo‘lgan, jumladan, to‘lov-kontrakt asosida ta’lim oluvchi talabalarga stipendiya to‘lovlari O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.

To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi, jumladan, to‘lov-kontrakt asosida ta’lim oluvchi talabalarga stipendiya to‘lovlari O‘zbekiston Respublikasining respublika budjeti mablag‘lari hisobiga amalga oshiriladi.

O‘quv semestri yakuni bo‘yicha fanlarni o‘zlashtirayotgan, alohida qobiliyat va iqtidor egasi bo‘lgan, jamoat ishlarida faol, shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj davlat granti va to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan barcha talabalar belgilangan stipendiyalarga nisbatan qo‘shimcha ravishda Jamg‘arma mablag‘lari hisobiga 50 foizgacha miqdorda rag‘batlantirilishi mumkin.

To‘liq davlat ta’minotida bo‘lgan yetim bolalar, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar sirasiga kiruvchi talabalarga Talabalarni rag‘batlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan stipendiyaning bazaviy miqdoriga nisbatan 50 foiz yuqori (oshirilgan) miqdorlarda stipendiya tayinlanadi va to‘lanadi.

 

Text to speech