Universitet tarixi

UNIVERSITET TARIXI:

Universitet tarixi 1980 yildan boshlangan bo'lib, dastlab IIV Oliy kurslari sifatida tashkil etilgan va 1990 yilda Toshkent oliy harbiy texnik bilim yurtiga aylantirilgan. 2016 yilda harbiy-texnik instituti deb nomlanib, 2017 yildan Milliy gvardiya tasarrufiga o'tkazilgan.

      O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 apreldagi PQ-5077-son qarori asosida institut negizida O'zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi universiteti tashkil etildi.
     2017 yilda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan yuridik fanlar doktori, professor, polkovnik Rustambaev Mirzayusup Xakimovich O'zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi harbiy-texnik instituti boshlig'i etib tayinlandi.

          Institutda ta'lim-tarbiya, yuqori salohiyatli kadrlar tayyorlash sohasida yangi tizim shakllanib, moddiy texnik baza, o'quv-uslubiy faoliyatga zamonaviy yondashuv va ilmiy tadqiqot ishlarida muhim natijalarga erishildi.
       Mamlakatimizning tinchligi va osoyishtaligiga bo'lgan har qanday tahdidlarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish sohasida yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlash tizimini ilg'or xalqaro standartlar asosida takomillashtirish, shuningdek, zamon talablaridan kelib chiqib, huquqni muhofaza qiluvchi organlar va Qurolli kuchlarning kadrlar salohiyatini oshirish maqsadida, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 15 apreldagi "jamoat xavfsizligini ta'minlash sohasida professional kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-5077-son qaroriga muvofiq, Milliy gvardiya harbiy-texnik instituti O'zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi universiteti etib qayta tashkil etildi. Universitet malakali kadrlarni maqsadli tayyorlashni amalga oshiruvchi bazaviy oliy harbiy ta'lim va ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi.

Text to speech