Magistraturaga qabul qilish tartibi
Jamoat xavfsizligi universiteti magistratura fakultetiga o’qishga qabul qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Jamoat xavfsizligini ta’minlash sohasida professional kadrlarni tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 15-apreldagi PQ-5077-son qarori va ushbu qarorga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2021-yil 6-avgustdagi №-500 sonli “O’zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetiga nomzodlarni saralab olish va o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida” qaroriga asosan amalga oshiriladi.
О‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitet magistraturasiga quyidagi mutaxassisliklar bо‘yicha о‘qishga qabul qilinadi:
Tinglovchilar (harbiy):
- Jamoat xavfsizligini tezkor-taktik ta’minlashning qо‘mondonlik-shtab faoliyati;
- Tarbiyaviy-psixologik ta’minlashning qо‘mondonlik-shtab faoliyati;
- Qо‘riqlash faoliyatini ta’minlashning qumondonlik-muhandislik faoliyati;
- Jamoat xavfsizligi;
- Iqtisodiy xavfsizlik.
Talabalar (fuqaro):
- Psixologiya;
- Jinoyat qonunchiligini qо‘llash nazariyasi va amaliyoti;
- Iqtisodiyot.
Universitet magistraturasiga ofitser lavozimlaridagi harbiy xizmatchilarni (xodimlarni) saralab olish va qabul qilish
Universitet magistraturasiga 5 yil va undan ko’p xizmat stajiga ega bo’lgan, kamida “mayor” ofitser lavozimida xizmat qilayotgan o’qishga qabul yilining 31 dekabr kuniga qadar 45 yoshdan oshmagan xarbiy xizmatchilar(xodimlar) qabul qilinadi.
Istisno tariqasida, Universitet bakalavriatini imtiyozli tamomlagan, lavozimga tayinlangan, ilmiy-tadqiqot yo‘nalishida salmoqli yutuqlarga erishgan (ilmiy maqolalari nashr etilgan, o‘quv adabiyotlarni ishlab chiqishda ishtirok etgan, ixtiro patentlari va guvohnomalarni olgan) hamda tegishli kafedralarning qo‘shma yig‘ilishining qaroriga ko‘ra tavsiya etilgan harbiy xizmatchilar Universitet boshlig‘ining qaroriga asosan, kelgusida Universitetda 5 yil ishlab berish sharti bilan, magistraturaga o‘qishga kirish uchun o‘tkaziladigan tanlovlarda ishtirok etishi mumkin.
Magistraturaga o‘qishga qabul qilingan shaxslarning oxirgi egallab turgan lavozimi uchun belgilangan pul ta’minoti o‘qish davri mobaynida saqlab qolinadi.
Universitet magistratura tinglovchilari kontingentini sifatli butlash uchun kasbiy tayyorgarlik, chet tili (chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi belgilangan darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatlari mavjud bo‘lmaganlar uchun) va jismoniy tayyorgarlik bo‘yicha saralash imtihonlari hamda test sinovlari o‘tkaziladi.
Magistraturaga qabul qilishni tashkil etish quyida keltirilgan sxemaga muvofiq amalga oshiriladi
Bosqichlar |
Subyektlar |
О‘tkaziladigan tadbirlar |
Bajarish muddatlari |
1-bosqich |
Kadr organlari |
1. Nomzodlarning bildirgilari va tegishli hujjatlarni qabul qilish va kadrlar organlariga topshirish. 2. Hujjatlarni Universitet qabul komissiyasiga yuborish. |
10 apreldan |
2-bosqich |
Qabul komissiyasi, saralash imtihonini о‘tkazish kichik komissiyalari |
Nomzodlar bilan saralash imtihonlarini о‘tkazish: - kasbiy tayyorgarlik; - chet tili (ingliz, nemis tillari bо‘yicha); - jismoniy tayyorgarlik bо‘yicha. Saralash imtihonlardan muvaffaqiyatli о‘tgan nomzodlar test sinovlariga qо‘yiladi. |
Har yili iyun-iyul oylarida Universitetda yig‘in о‘tkaziladi |
3-bosqich |
Test markazi |
Test sinovlari: 1. Mutaxassislik fanlaridan (45 ta savol).; 2. Ma’naviy-ma’rifiy tayyorgarlik (20 ta savol); 3. Chet tili (V2 darajasidagi – 10 ta savol). Jami: 75 ta savol. |
OTFvaI vazirligi huzuridagi BvaMBA tomonidan belgilangan muddatlarda |
4-bosqich |
Qabul komissiyasi |
Test sinovlaridan muvaffaqiyatli о‘tgan nomzodlar bо‘yicha magistraturaga о‘qishga qabul qilishga tavsiya etish va magistraturaga qabul qilish haqida buyruq chiqarish. |
Har yili 30 avgustga qadar |
Universitet magistraturasiga О‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini talabalar tarkibiga qabul qilish
Universitet magistraturasiga bakalavr darajasiga yoki diplomli mutaxassis malakasiga ega bо‘lgan shaxslar saralab olish natijasi va tо‘lov-kontrakt asosida о‘qishga qabul qilinadi.
Magistraturaga qabul tegishli ta’lim yо‘nalishi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan belgilangan turdosh oliy ta’lim yо‘nalishlari (magistraturaga qabul bо‘yicha) rо‘yxati bо‘yicha bakalavr darajasiga yoki diplomli mutaxassis malakasiga ega bо‘lgan О‘zbekiston Respublikasi fuqarolari о‘rtasida amalga oshiriladi. Tо‘lov-kontrakt asosida о‘qitishning tо‘lov miqdori bir tinglovchini о‘qitish bilan bog‘liq asoslangan xarajatlar miqdoridan kelib chiqib, Vasiylik kengashi tomonidan belgilanadi.
Universitet magistraturasiga qabul abituriyentning bakalavriat diplom bali о‘rtacha kо‘rsatkichi hamda xorijiy tilni bilish darajasi bо‘yicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikat bali asosida, ballar ketma-ketligiga qat’iy rioya qilgan holda amalga oshiriladi hamda qо‘shimcha imtihon о‘tkazilmaydi.
Universitet fuqarolik magistraturasiga topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tish
O'zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi universitetidagi magistratura ta'lim mutaxassisliklari (yo'nalishlari)
ro'yxati
T/r |
Mutaxassislik (yo'nalish) nomi |
Beriladigan malaka |
Ta'lim shakli |
O'qish muddati |
1 |
Jamoat xavfsizligini tezkor-taktik ta'minlashning qo'mondonlik-shtab faoliyati |
sohalar bo'yicha menejer |
kunduzgi |
1 yil |
2 |
Tarbiyaviy-psixologik ta'minlashning qo'mondonlik-shtab faoliyati |
psixolog |
kunduzgi |
1 yil |
3 |
Qo'riqlash faoliyatini ta'minlashning qo'mondonlik-muhandislik faoliyati |
elektrotexnik komplekslar va tizimlar muhandisi |
kunduzgi |
1 yil |
4 |
Jamoat xavfsizligini huquqiy ta'minlash |
yurist |
kunduzgi |
1 yil |
5 |
Iqtisodiy xavfsizlik |
iqtisodchi |
kunduzgi |
1 yil |
6 |
Yurisprudentsiya* |
yurist |
kunduzgi |
1 yil |
7 |
Psixologiya* |
psixolog |
kunduzgi |
1 yil |
8 |
Iqtisodiyot* |
iqtisodchi |
kunduzgi |
1 yil |