Horijiy harbiy kadrlarni tayyorlash fakulteti
Universitetda xorijiy davlatlar harbiy kadrlariga ta'lim berish belgilangan tartibda tuziladigan ikki tomonlama xalqaro shartnomalarga muvofiq beg'araz, imtiyozli hamda to'lov asosida amalga oshiriladi.
Universitetda xorijiy harbiy kadrlarga ta'lim berish xarajatlari quyidagi tartibda qoplanadi:
- beg'araz asosda — ta'lim va ta'minot (kiyim-kechak, oziq-ovqat, pul ta'minoti, kommunal xizmat) xarajatlari O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan ajratilgan pul mablag'lari hisobidan, o'qish davri mobaynida turarjoy xarajatlari (bakalavriat dasturi bo'yicha o'qitiladigan kursantlardan tashqari) yuboruvchi tomonlar hisobidan;
- imtiyozli asosda — ta'lim xarajatlari O'zbekiston Respublikasi Davlat byudjetidan ajratilgan pul mablag'lari hisobidan, ta'minot (kiyim-kechak, oziq-ovqat, pul ta'minoti, kommunal xizmat), o'qish davri mobaynida turarjoy xarajatlari (bakalavriat dasturi bo'yicha o'qitiladigan kursantlardan tashqari) esa yuboruvchi tomonlar hisobidan;
- to'lov asosida — ta'lim va ta'minotning barcha xarajatlari yuboruvchi tomonlar hisobidan.
Universitetda xorijiy harbiy kadrlarni beg'araz, imtiyozli va to'lov asosida tayyorlash tartibi, ularning pul ta'minoti, moddiy-texnika va boshqa ta'minot turlarining o'ziga xosligi O'zbekiston Respublikasining xalqaro harbiy hamkorlik doirasida tuzilgan shartnoma (bitim)lariga muvofiq belgilanadi.
Universitetga xorijiy harbiy kadrlar kirish imtihonlarisiz o'qishga qabul qilinadi.
Universitet tomonidan xorijiy harbiy kadrlarga mavjud (shartnoma (bitim)larda ko'rsatilgan) mutaxassisliklar bo'yicha ta'lim beriladi.
Jamoat xavfsizligi universitetida xorijiy harbiy kadrlar uchun ta'lim turlari:
- Bakalavriat;
- Magistratura;
- Kadrlar malakasini oshirish;
- Oliy ta'limdan keyingi ta'lim (falsafa doktori (PhD) va fan doktori (DSc) ilmiy darajalari uchun doktorantura va mustaqil izlanuvchilik).
Xorijiy harbiy kadrlar uchun bakalavriat yo'nalishlari (ta'lim shakli – kunduzgi. O'qish muddati: 4 yil):
- Maxsus vazifalarni bajarish qo'shinlarining qo'mondonlik-taktik faoliyati (beriladigan malaka: sohalar bo'yicha menejer);
- Xizmat faoliyatini tarbiyaviy-psixologik ta'minlash (beriladigan malaka: psixolog);
- Aniqlash va qo'riqlash tizimlaridan foydalanish bo'yicha qo'mondonlik-muhandislik faoliyati (beriladigan malaka: muhandis).
Xorijiy harbiy kadrlar uchun magistratura mutaxassisliklari (ta'lim shakli – kunduzgi. O'qish muddati: 1 yil):
- Jamoat xavfsizligini tezkor-taktik ta'minlashning qo'mondonlik-shtab faoliyati (beriladigan malaka: sohalar bo'yicha menejer);
- Tarbiyaviy-psixologik ta'minlashning qo'mondonlik-shtab faoliyati (beriladigan malaka: psixolog);
- Qo'riqlash faoliyatini ta'minlashning qo'mondonlik-muhandislik faoliyati (beriladigan malaka: elektrotexnik komplekslar va tizimlar muhandisi).
Xorijiy harbiy kadrlar uchun malaka oshirish kurslari (o'qish muddati ‒ 1 oy):
- Jamoat tartibini saqlash;
- Binolarda qurollangan jinoyatchilarni qo'lga olish va havo kemalarida, jamoat va temir yo'l transportlarida garovdagilarni ozod qilish taktikasi;
- Shahar sharoitlarida jamoat tartibini saqlovchi bo'linmalar harbiy xizmatchi va xodimlarining harakat taktikasi.
Xorijiy hamkorlar bilan shartnomalar hamda universitetning ichki imkoniyatlaridan kelib chiqib, xorijiy harbiy kadrlar va xodimlar universitetda tashkil etiluvchi boshqa malaka oshirish kurslariga ham qabul qilinishi mumkin.
Universitetda oliy ta'limdan keyingi ta'limning asosiy fan tarmoqlari:
- 21.00.00 ‒ harbiy fanlar;
- 12.00.00 ‒ yuridik fanlar;
- 13.00.00 ‒ рedagogika fanlari.
Xorijiy hamkorlar bilan shartnomalar hamda universitetning ichki imkoniyatlaridan kelib chiqib, xorijiy kadrlar uchun boshqa fan tarmoqlari bo'yicha ham oliy ta'limdan keyingi ta'lim tashkil etilishi mumkin.