Zirhli va avtomobil texnikalari kafedrasi

Kafedra tarixi: 

    O‘zbekiston Respubliasi Jamoat Xavfsizligi Universiteti tarkibidagi “Zirhli va avtomobil texnikalari” kafedrasi 2004-yilda O‘zbekiston Respublikasi IIV Toshkent oliy harbiy-texnik bilim yurtining taktika va umumharbiy fanlar kafedrasi avtomobil tayyorgarligi siklidan alohida kafedra sifatida ajralib chiqqan. Kafedraga turli yillarda Evgeniy Shmerkovich Umanskiy, pedagogika fanlar nomzodi, dotsenti Akmal Djurayevich Redjabayev, texnika fanlar nomzodi Bahodir Baxriddinovich Urazaliyev, Halil Xafizovich Kujaxmedov, Botir Mahkamovich Karabayev, Ildar Faritovich Xodjatov, Isametov Mirali Mirjamolovichlar rahbarlik qilishgan. Kafedrani 2017-yildan 2023-yilgacha texnika fanlari nomzodi, professor Xamidov G‘aybulla Sayfullayech boshqargan. 2023-yilning oktabr oyidan kafedrani t.f.f.d (PhD), dotsent Axmedov Doniyor Anvarjonovich boshqarib kelmoqda.

Kafedra maqsadi:

      Jamoat xavfsizligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydigan harbiy texnikalarning tuzilishi, ulardan foydalanish, doimiy jangovar shaylikni saqlab turish, yo‘llada harakat xavfsizligini ta’minlash va yo‘l transport hodisalarini oldini olish bo‘yicha kursantlarga zamonaviy bilim va ko‘nikmalarni beradi. Bundan tashqari murakkab yo‘l sharoitlarda jangovar texnikalarni boshqarish, harbiy texnikalarning taktik-texnik ko‘rsatkichlarini oshirish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib boorish va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlaydi.  Jamoada o‘qitishning zamonaviy pedagogik usullari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etgan holda mashg‘ulotlar olib boriladi. Buning uchun kafedra zarur o‘quv-metodik baza va adabiyotlar bilan ta’minlangan. Kafedrada bu borada yetarlicha ilmiy va pedagogik faoliyatga ega professor o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.  

"Bronetank va avtomobil texnikasi" kafedrasi O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar tizimi uchun avtomobil va jangovar texnikalarni boshqarish, ularga texnik xizmat ko'rsatish va texnikalardan samarali foydalanish bo'yicha bilim va malakaga ega professional kadrlar tayyorlash uchun xizmat qiladi.
Shuningdek, yo'l harakatini tashkil etish, harakat xavfsizligini ishonchli ta'minlash va nazorat qilish, hamda yo'l-transport hodisalarini malakaviy surishtiruvini amalga oshiruvchi yuridik va texnik bilimlarga ega kadrlarni tayyorlaydi.

Kafedra boshlig'i

Texnika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent

Axmedov Doniyor Anvarjonovich

Kafedra boshlig'ining o'rinbosari

dotsent

Gulyamov Normuhammad Shermuhamatovich

Kafedra professori

Texnika fanlari nomzodi, professor

Xamidov G'aybulla Sayfullayevich

Kafedra dotsenti

Texnika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)

Aslonov Norqul Robbanayevich

Kafedra dotsenti

Texnika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), dotsent

Aliboyev Baxtiyor Abduraxmonovich

  Soʻngi yillarda kafedra tomonidan koʻpgina yutuqlarga erishildi. Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan taqdim qilingan bajarilishi 2019-2021 yillarga moʻljallangan amaliy tadqiqotlar loyihasida kafedra dotsenti D.Axmedovning ilmiy ishlanmasi gʻolib deb topildi va sertifikat bilan taqdirlandi. Ilmiy tadkikotlarni moliyalashtirish uchun Innovatsiya rivoylanish vazirligi tomonidan ikki yilga 600 mln sum moliyalashtirildi. Bu institut tarixida birinchi davlatgranti hisoblanadi. Shuningdek uchta dasturiy ta'minotga Intellektualьnыy mulьk agentligi tomonidan patent olindi. Kafedrada «Ustoz-shogird» an'analari yaksshi yo'lga koyilgan. 2018-2019 o'kuv yilida kafedra boshlig'i o'rinbosari А.Baboev raxbarligida 132-gurux kursanti F. Bobodjonov «Аvtomobilьnыy texnik ekspluatatsiya va servisi» fanidan respubliki fanat olimpiadasida faksrli 3-o'rinni egalladi va Oliy va o'rta maksus ta'limi vaziri tomonida sertifikat berildi. 2019-2020 o'quv yilida esh Kafedra proffesor-o'qituvchilari rahbarligida institutning 2-3 bosqich kursantlari «Avtomobillar Texnik eksplutatsiya va Servisi» fanidan ventilyator olimpiadasida Respublika ko'plab faxrli o'rinlarni egallashdi jumladan, 4 ta Birinchi o'r v 2 ta ikkinchi o'rinlarni 3-o'rinni egallashdi v Oliy v oʻrta maxsus ta'limi vaziri tomonida sertifikat berildi. 

Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Аkademiyasi

 

Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Аkademiyasi 

 

Toshkent davlat transport universitetilari bilan oʼzaro hamkorlik ishlari yoʼlga qoʼyilgan

Yo‘l harakatini tashkil etish va boshqarishning texnik vositalari. Darslik

Xamidov G‘.S., Aslanov N.R.

2023, Jamoat xavfsizligi universiteti

Avtomobil ishlab chiqarishda qo’llaniladigan kesuvchi instrumentlarni chidamliligini oshirishni o’rganish. Monografiya

Xamidov G‘.S

2022, Jamoat xavfsizligi universiteti

Yo‘l-transport hodisalarini imitatsiya qilish trenajeri foydali modeliga patent

Aliboyev B.A, Jumayev X.S., Axmedov D.A., Aslanov N.R.

2024, Jamoat xavfsizligi universiteti

Yo‘l-transport hodisalarini va uning ekspertizasi

Abduraimov B.X.

2023, Jamoat xavfsizligi universiteti

Harbiy avtomobillarning tormoz tizimi

Xamidov G'.S

2022, Jamoat xavfsizligi universiteti

Keskin vaziyatlarda avtomobilni boshqarish. O'quv qo'llanma

Sh.E.Janiyev

2022, Jamoat xavfsizligi universiteti

Text to speech