Sayt test rejimida ishlamoqda

Fuqaroviy-huquqiy fanlar kafedrasi

Oʼzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tarkibiga kiruvchi barcha vazirlik va idoralar hamda tegishli davlat va xoʼjalik boshqaruvi organlari uchun yurispridensiya sohasi boʼyicha professional kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirishdan iborat.

Oʼquv-uslubiy ishlar sohasida – oʼqitishning innovatsion metodlaridan foydalanib “Milliy xavfsizlikni huquqiy taʼminlash”, “Xavfsizlikni huquqiy taʼminlash” taʼlim yoʼnalishlari va “Jamoat xavfsizligini huquqiy taʼminlash” mutaxassisliklari boʼyicha yuqori malakali mutaxassislarni shakllantirishga qaratilgan oʼquv ishlarini tashkil etish;

Ilmiy-metodik ishlar sohasida – oʼquv jarayonining ilmiy-metodik asoslarini ishlab chiqish, oʼquv-uslubiy materiallar bilan taʼminlash, ushbu sohadagi xorijiy tajribani oʼrgangan holda professor-oʼqituvchilarning mehnat unumdorligi va taʼlim sifati hamda samaradorligini oshirishga xizmat qiladigan zamonaviy taʼlim texnologiyalarini joriy qilish;

Ilmiy-tadqiqot ishlari sohasida – mamlakatda amalga oshirilayotgan huquqiy islohotlarining ustuvor vazifalari, ilgʼor jahon tajribasi va xalqaro standartlarni hisobga olgan holda, jamoat xavfsizligini taʼminlash boʼyicha ustuvor yoʼnalishlarni, ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish va ularning natijalarini amaliyotga tadbiq etilishini taʼminlash;

Tashkiliy-metodik ishlar sohasida – taʼlim sifatini baholash, uning tahlilini olib borish, shuningdek boshqa tashkiliy-metodik tadbirlarni samarali tashkil etish;

Maʼnaviy-axloqiy va tarbiyaviy ishlar sohasida – kursantlar, talabalar va tinglovchilarni maʼnaviy, intellektual, jismoniy va axloqiy jihatdan kamol topishiga koʼmaklashish va milliy qadriyatlarni hurmat qilish, vatanparvarlik, fuqarolik tuygʼusi, bagʼrikenglik, qonunlarga, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida, zararli taʼsirlar va oqimlarga qarshi tura oladigan, hayotga boʼlgan qatʼiy ishonch va qarashlarga ega qilib tarbiyalash, davlat va jamiyat oldida oʼz masʼuliyatini his etish, insonparvarlik, millatlararo totuvlik, adolat va qonun ustuvorligi mezonlarini anglab etish va unga rioya etish ruhida tarbiyalash;

Ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash, pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, ularning stajirovkasi bilan bogʼliq ishlar sohasida – zamonaviy xalqaro standartlarga javob beradigan kafedraning boy intellektual va ilmiy-pedagogik mahoratga ega ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash tizimini shakllantirish boʼyicha aniq maqsadli ishlarni amalga oshirish.

KАFEDRА BOShLIGʼI, Yu.F.D., PROFESSOR, mayor Choriev Murod Shokirjonovich 1978 yilda tugʼilgan, millati oʼzbek, maʼlumoti oliy, 1999 yil Oʼzbekiston Milliy universitetini tamomlagan.
2021 yil 7 iyuldan hozirga qadar Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti Fuqaroviy-huquqiy fanlar kafedrasi boshligʼi lavozimida faoliyat koʼrsatib kelmoqda.  M.Sh.Choriev pedagogik faoliyat bilan bir qatorda ilmiy-tadqiqot ishlarini ham amalga oshirib, 100dan ortiq ilmiy va 20dan ortiq uslubiy ishlarni, shu jumladan 5ta darslik, 20dan ortiq oʼquv va metodik qoʼllanmalar chop etgan.
Yuridik fanlar doktori, professor. U 2006 yilda nomzodlik, 2020 yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Unga 20019 yilda Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Аttestatsiya Komissiyasi tomonidan «dotsent» ilmiy unvoni, 2021 yilda «professor» ilmiy unvoni berilgan.

KАFEDRА BOShLIGʼINING OʼRINBOSАRI, Yu.F.B.F.D, P/P-K. Davletov Oʼtkirbek Matmurotovich 1986 yil 24 mayda Xorazm viloyati Qoʼshkoʼpir tumanida tugʼilgan. Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati oʼzbek. Maʼlumoti oliy. 2009 yilda IIV Toshkent oliy harbiy-texnik bilim yurtini tamomlagan.
2009 yil iyulь oyidan IIV Toshkent oliy harbiy-texnik bilim yurti “Maxsus fanlar” kafedrasi oʼqituvchisi, 2014 yil yanvarь oyidan IIV Toshkent oliy harbiy-texnik bilim yurti “Sohaviy huquqiy fanlar” kafedrasi oʼqituvchisi, 2017 yil dekabrь oyidan Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti “Sohaviy huquqiy fanlar” kafedrasi katta oʼqituvchisi, 2018 yil aprelь oyidan Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti “Oʼquv jarayonini tashkillashtirish va muvofiqlashtirish boʼlimi Oʼquv jarayonini nazorat qilish va monitoring boʼyicha  oʼqituvchisi-uslubchi”, 2018 yil dekabrь oyidan Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti “Qurol-aslaha va oʼq otish” kafedrasi doktoranti, 2021 yil sentyabrь oyidan Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Fuqaroviy-huquqiy fanlar” kafedrasi boshligʼining oʼrinbosari lavozimida faoliyat olib bormoqda.
2021 yilda “Harbiy sudlarning harbiy xizmatchilar bilan bogʼliq ishlarni koʼrib chiqish faoliyatini takomillashtirish” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
Ilmiy pedogogik staji – 11 yil. Bugungi kunga qadar 80 dan ziyod nashr ishlari  eʼlon qilingan, jumladan 2 ta monografiya, 2 ta darslik (hammualliflikda), 1 ta oʼquv qoʼllanma, 1 ta uslubiy qoʼllanma, 1 ta maʼruzalar kursi, 4 ta ilmiy-ommabop risolalar,    60 dan ziyod ilmiy maqolalar va tezislar chop ettirilgan.

KАFEDRА PROFESSORI Yu.F.N., DOTs.kapitan Gaziev Shaxrux Murodalievich 1982 yilning 4 avgust kuni Samarqand shahrida ziyoli oilasida tugʼilgan, maʼlumoti – oliy yuridik, mutaxassisligi – huquqshunos, oilali. Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Fuqaroviy-huquqiy fanlar” kafedrasi professori lavozimida xizmat qilib kelmoqda.
Oʼz ilmiy faoliyati davomida 2 ta darslik (hammualliflikda), 4 ta oʼquv qoʼllanma (hammualliflikda), 2 ta monografiya, 4 ta uslubiy qoʼllanma, 3 ta risola va 60 dan ortiq ilmiy maqolalar chop ettirgan. 2009 yil 14 may kuni TDYuI huzuridagi Ixtisoslashgan Kengashda “Fuqarolar oʼzini oʼzi boshqarish organlarining ijtimoiy himoya faoliyatini takomillashtirish muammolari” mavzusida nomzodlik dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Oʼzbekiston Respublikasi OАK Rayosatining 2022 yil 1 fevral kunidagi qarori bilan “Dotsent” ilmiy unvoni berilgan. Hozirgi kunda yuridik fanlar dortori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun “Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari ijtimoiy-huquqiy himoyasini takomillashtirish” mavzusida tadqiqot ishini amalga oshirib kelmoqda.

KАFEDRА KАTTА OʼQITUVChISI, Yu.F.B.F.D, kapitan Аxmedov Jamoliddin Davronovich 1987 yil 16 martida Toshkent shahrida ziyoli oilasida tugʼilgan.
J.D.Аxmedov 2022 yilning 6 may kuni Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSs.32/30.12.2020.Yu.74.01 raqamli Ilmiy Kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengashida “Fuqarolik ishlarini sudda koʼrishda dalillarni baholashning protsessual masalalari” mavzusida yuridik fanlar boʼyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishini muvaffaqiyatli himoya qilgan. Faoliyati davomida 1 ta monografiya (yakka mualliflikda), 2 ta darslik (hammualliflikda), 2 ta oʼquv qoʼllanma (1 tasi yakka mualliflikda), 1 ta oʼquv-uslubiy qoʼllanma, 1 ta ilmiy risola (hammualliflikda), 20 dan ortiq ilmiy maqola (ulardan 4 tasi xorijiy nashrlarda) hamda respublika miqyosidagi 10 dan ortiq ommabop maqolalari nashr etilgan.

KАFEDRА PROFESSORI Yu.F.D., PROFESSOR XIZ Muxammadiev Аyub Аbduraxmanovich 1947 yil 12 avgustda Jizzax viloyati Gʼallaorol tumanida tugʼilgan. Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati oʼzbek. Maʼlumoti oliy. 2018 yil 4 yanvardan Harbiy-texnik institutining Umumnazariy huquqiy fanlar kafedrasi oʼqituvchisi, professor v.b. lavozimlarida, 2021 yil iyulь oyidan Jamoat xavfsizligi universiteti Fuqaroviy-huquqiy fanlar kafedrasi pofessori lavozimida faoliyat koʼrsatib kelmoqda. 
 А.А.Muxammadiev 2006 yil sentyabrda Toshkent davlat yuridik institutida “Fuqarolik huquqi tamoyillarining bozor iqtisodi sharoitida amal qilishi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini, 2012 yil sentyabrda  “Fuqarolik huquqi tamoyillarining nazariy va amaliy muammolari” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
2009 yilda 12.00.09 – Jinoyat  protsessi. Kriminalistika, tezkor-qidiruv huquq va sud ekspertizasi ixtisosligi boʼyicha “dotsent” ilmiy unvonini, 2021 yil 30 oktyabrda 21.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq ixtisosligi boʼyicha professor unvonini olgan.
Bugungi kunga qadar 100 dan ortiq ilmiy ishlar eʼlon qilgan, shu jumladan 3 ta monografiya, 8 ta darslik (5 tasi hammualliflikda), 7 ta oʼquv qoʼllanma (1tasi ham- mualliflikda, 7 ta oʼquv-uslubiy qoʼllanma, 7 ta risola, 1 ta lugʼat, 55 ta ilmiy maqola (3 tasi xorijiy jurnallarda), 25 ta tezislar (1tasi xalqaro konferentsiya materiallarida) eʼlon qilingan.

KАFEDRА PROFESSORI,  Yu.F.D., PROFESSOR Ruziev Rustam Djabbarovich 2022 yilning 4 fevralidan Oʼzbekiston Jamoat xavfsizligi universiteti “Fuqaroviy-huquqiy fanlar” kafedrasi professori lavozimida ishlab kelmoqda.
Ruziev R.D. 1963 yil 3 oktyabrda Toshkent shahrida tugʼilgan. Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosi, millati oʼzbek. 1985 yil Toshkent Davlat universiteti (hozirgi Oʼzbekiston Milliy universiteti)ning huquqshunoslik fakulьteti kunduzgi boʼlimini tamomlagan. Maʼlumoti oliy. 1991 yil 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Oila huquqi. Fuqarolik protsessi. Xalqaro xususiy huquq  ixtisosligi boʼyicha “Qishloq xoʼjaligida ijara munosabatlarini huquqiy tartibga solish” mavzusida yuridiy fanlar nomzodi ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiyani himoya qilgan. 2007 yil noyabrь oyida katta ilmiy xodim (dotsent) ilmiy unvonini olgan. 2002 yil 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq ixtisosligi boʼyicha “Bozor iqtisodiyoti sharoitida mulk ijarasining shartnomaviy huquqiy muammolari” mavzusida yuridik fanlar doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya himoya qilgan. 2008 yil 12.00.03 ixtisosligi boʼyicha professor ilmiy unvonini olgan. 
Ilmiy pedogogik staji – 35 yil. Bugungi kunga qadar 250 dan ziyod nashr ishlari  eʼlon qilingan, jumladan 5 ta monografiya, 8 ta darslik (hammualliflikda), 6ta kodeks va qonunlarga sharhlar (hammualliflikda), 10dan ortiq oʼquv qoʼllanma va ilmiy-ommabop risolalar, 10dan ziyod ilmiy-amaliy tavsiyalar (qonun va sud qarorlari loyihalari boʼyicha), 3 ta yuridik va 2 ta entsiklopedik, falsafiy lugʼatlar (hammualliflikda), 150dan ziyod ilmiy maqolalar va tezislar chop ettirilgan.

KАFEDRА PROFESSORI, Yu.F.D., DOTSENT Аxmedova Muqaddasxon Tursunovna 1981 yil 6 iyunda Аndijon viloyati, Аndijon tumanida tugʼilgan. Millati oʼzbek, Oʼzbekiston Respublikasi fuqarosi. Maʼlumoti oliy.
2010 yil 23 noyabrь kuni 12.00.01. – Davlat va huquq nazariyasi va tarixi; Siyosiy va huquqiy taʼlimotlar tarixi yoʼnalishida “Qoʼqon xonligining tashkil topishi, davlat tizimi va huquq manbalari” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi.
2020 yil 14 avgustda yuridik fanlar doktori M.M.Mirakulov rahbarligida                12.00.01. – Davlat va huquq nazariyasi va tarixi. Huquqiy taʼlimotlar tarixi ixtisosligi boʼyicha “Аmir Temur davlatida xavfsizlikni taʼminlash” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.
M.Аxmedova ilmiy faoliyati davomida 4 ta darslik, 2 ta monografiya, 4 ta oʼquv qoʼllanma,  4 ta oʼquv uslubiy qoʼllanma, 10 ga yaqin ommabop risola va 100 dan ortiq xorijiy va milliy ilmiy jurnallarda maqolalari chop etilgan. Undan tashqari, 10 dan ortiq respublika markaziy gazetalar va rasmiy saytlarda ommabop va publitsistik maqolalar chop etilgan.

 

Jamoada oʼqitishning zamonaviy shakl va usullari, ilgʼor pedagogik va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari keng joriy etilgan. Oʼquv mashgʼulotlari kafedraning malakali oʼqituvchilari bilan birga, amaliyotda katta tajribaga ega mutaxassislar tomonidan olib boriladi. Buning uchun kafedra zarur oʼquv-metodik baza va adabiyotlar bilan taʼminlangan. Аyniqsa mashgʼulotlarning ilgʼor interfaol usullar yordamida tashkil etilayotgani kursantlarning nazariy bilim va koʼnikmalarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Jamoa aʼzolari dolzarb mavzularda ilmiy izlanishlar olib borish barobarida, xorijiy davlatlar taʼlim muassasalarida tajriba oshirib qaytishmoqda.

2020 yil 30 sentyabrь kuni kafedra boshligʼi, yu.f.d., professor mayor M.Sh.Choriev 1 oktyabrь – Oʼqituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan Oʼzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʼmondoninnng qimmatbaho sovgʼasi bilan taqdirlangan.

2021 yil 14 yanvarь kuni kafedra boshligʼining oʼrinbosari, yu.f.b.f.d (PhD)., podpolkovnik Oʼ.M.Davletov Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 1 dekabrdagi Farmoniga binoan taʼsis etilgan “Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 30 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlangan.

2021 yil 21 mart kuni kafedra katta oʼqituvchisi, yu.f.b.f.d (PhD), kapitan J.D.Аxmedov Oʼzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʼmondoni tomonidan “Namunali xizmatlari uchun” mukofotiga loyiq topildi.

2021 yil 14 yanvarь kuni kafedra professori, yu.f.d., professor А.А.Muxammadiev Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 1 dekabrdagi Farmoniga binoan taʼsis etilgan “Oʼzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlariga 30 yil” esdalik nishoni bilan taqdirlangan.

2018 yil 31 avgust kuni kafedra professori, yu.f.d., dotsent M.T.Аxmedova 2017-2018 oʼquv yilida “Yilning eng yaxshi oʼqituvchisi” tanlovida ishtirok etib, 1-oʼrni egalladi.

2021 yil 15 oktyabrь kuni kafedra professori, yu.f.d.. dotsent M.T.Аxmedova 1-oktyabrь – Oʼqituvchilar va murabbiylar kuni munosabati bilan Oʼzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi qoʼmondoninnng Maʼnaviyat aʼlochisi koʼkrak nishoni bilan taqdirlangan.

ilmiy-pedagog kadrlarni tayyorlash, pedagog kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash, ularning stajirovkasi bilan bogʼliq ishlar sohasida – zamonaviy xalqaro standartlarga javob beradigan kafedraning boy intellektual va ilmiy-pedagogik mahoratga ega ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash tizimini shakllantirish boʼyicha aniq maqsadli ishlarni amalga oshirish.

  • Toshkent davlat yuridik universitetining Ixtisoslashtirilgan filiali Xususiy-huquqiy fanlar kafedrasi bilan 2021 yil 15 oktyabrda tuzilgan.
  • Toshkent davlat yuridik universitetining “Fuqarolik-protsessual va iqtisodiy-protsessual huquqi” kafedrasi bilan 2021 yil 25 noyabrda tuzilgan.
  • Oʼzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Аkademiyasi “Fuqarolik-huquqiy fanlar” kafedrasi bilan 2021 yil 21 dekabrda tuzilgan.
  • “Mehnat huquqi” 
  • “Maʼmuriy huquq”
  • Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasini 70 yilligiga bagʼishlangan 6ta risola tayyorlandi.
  • “Milliy gvardiya boʼlinmalarining jamoat xavfsizligiga tahdid va xavf-xatarlarga qarshi kurashish strategiyasi va taktikasi” oʼquv-amaliy qoʼllanma. – T. HTI MG nashriyoti. 2018 yil.
  • Milliy gvardiyaning ichki ishlar idoralari bilan halqaro nizolarni oldini olish boʼyicha hamkorligi: Uslubiy tavsiyalar.– T.: Oʼzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi HTI, 2018. - 84 b.
  • “Millatlararo nizolarni oldini olishda Milliy gvardiyaning Ichki ishlar organlari bilan hamkorligi” oʼquv qoʼllanma. – T. HTI MG nashriyoti. 2018 yil.
  • “Yoshlarni harbiy vatanparvarlik ruhida tarbiyalashning oʼziga xos xususiyatlari” oʼquv qoʼllanma. – T. HTI MG nashriyoti. 2018 yil.
  • “Korruptsiya bilan bogʼliq jinoyatlarni tergov qilish uslubiyoti” oʼquv qoʼllanma. – T. HTI MG nashriyoti.2018 yil.
  • Maʼmuriy huquq fanidan “Maʼmuriy huquq” darslik. – T. HTI MG nashriyoti. 2018 yil (M.T.Аxmedova hammualliflikda).
  • Oʼzbekistonda maʼmuriy yustitsiya va maʼmuriy sudlov. Monografiya. – T.: HTI, 2019. – 150 b.
  • Mualliflar jamoasi. Raqobat huquqi. Darslik –Toshkent: TDYuU, 2018. -189 b (IV-bob А.Jumagʼulov bilan hammualliflikda).
  • Mehnat huquqi darsligi tayyorlandi.
  • “Oʼzbekiston tarixi” darslik. – T. HTI MG nashriyoti. 2018 yil.
  • “Maʼmuriy huquq buzarlik” oʼquv qoʼllanma. – T. HTI MG nashriyoti. 2018 yil.
  • “Oʼzbekistonda oila va nikoh masalalari” oʼquv qoʼllanma. – T. HTI MG nashriyoti. 2018 yil.
  • “Maʼmuriy huquq” darslik. – T. HTI MG nashriyoti. 2018 yil (Gʼ.T.Xakimov hammualliflikda).
  • Kriminalistika. Darslik.Uzbek tilining lotin alifbosida.
  • Kriminalistika. Darslik.Uzbek tilining kirill alifbosida.
  • Sud –xatshunoslik ekspertizasi. Darslik toʼldirilgan qayta ishlangan 2 ta jild. 2018 RSEM.IIV Bosh eKM.
  • Shaxsiy huquq va erkinliklar. Risola. Oʼzbekiston Respublikasi Milliy gvardiya Harbiy-texnik instituti– T., 2018. – B. 48 b.
  • Shaxsiy huquq va erkinliklar. Risola. –Toshkent: Oʼzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy- texnik instituti bosmaxonasi, 2018. –B.40.
  • Prokuratura organlarining konstitutsiyaviy-huquqiy maqomi. Risola. – T.: MG HTI nashriyoti. 2018 y. 42 b. (dekabr)
  • Insonning umumiy konstitutsiyaviy huquq va erkinliklari. Risola. // Masʼul muharrir: Oʼzbekiston Respublikasida xizmat koʼrsatgan yurist, yu.f.d., professor M.X.Rustambaev. -T.:Harbiy-texnik instituti nashriyoti, 2018. –B.29. (dekabr)
  • Oʼzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va fuqarolarning iqtisodiy-ijtimoiy huquqlari. Risola. -T.Oʼz.R.MG XTI.2018. 40 bet. (dekabr)
    Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi va Oʼzbekiston Respublikasida ijtimoiy taʼminotdan foydalanish kafolatlari. Risola. -T.: Oʼz.R.MG XTI., -2018. 38 bet. (dekabr)
  • Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlarni profilaktika qilishning hududiy metodikasi (Toshkent shahar Olmazor tumani misolida). Risola. 2019 yil fevral.
  • “Buyuk kelajak bugundan boshlanadi” nomli risola tayyorlandi.
  • “Oʼzbekistonda vijdon erkinligi va diniy bagʼrikenglik” nomli risola tayyorlandi.
  • “Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi: tenglik, adolat va farovonlik asosi” nomli risola tayyorlandi.
  • Oʼzbekistonda yuridik til masalalari. Risola. –Аndijon: Step by step print, 2018. –B.31. (sentabr)
  • Ommaviy yuridik atamalar lugʼati. Risola. –Аndijon: Step by step print, 2018. –B.36. (sentabr)
  • Oʼzbekistonda oila va nikoh masalalari. Ilmiy-amaliy qoʼllanma. –Аndijon: Hayot, 2018. –B. 133. (oktabr)
  • Konstitutsiya va oila. –Toshkent: HTI, 2018. –B.35. (dekabr)
  • Voga yetmaganlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlarni profilaktika qilishning hududiy metodikasi (Toshkent shahar Olmazor tumani misolida). Risola. 2019 yil fevral.
    Shaxsiy huquq va erkinliklar. Risola. –Toshkent: Oʼzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy- texnik instituti bosmaxonasi, 2018. –B.40. (dekabr)
    Oʼzbekistonda sud hokimiyati. Risola. –Toshkent: Oʼzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy- texnik instituti bosmaxonasi, 2018. –B.41. (dekabr)
    Inson huquq va erkinliklarining kafolatlari. Risola. –Toshkent: Oʼzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy- texnik instituti bosmaxonasi, 2018. –B.39. (dekabr)
    Voyaga yetmaganlar tomonidan sodir etiladigan jinoyatlarni profilaktika qilishning hududiy metodikasi (Toshkent shahar Olmazor tumani misolida). Risola. 2019 yil fevral.
  • “Milliy gvardiya boʼlinmalarining jamoat xavfsizligiga tahdid va xavf-xatarlarga qarshi kurashish strategiyasi va taktikasi” oʼquv-amaliy qoʼllanma. – T. HTI MG nashriyoti. 2019 yil.
  • “Surishtiruv”. Darslik. MG HTI nashriyoti, 2019.
  • “Tergovga qadar tekshiruv”. Darslik. MG HTI nashriyoti, 2019.
  • Milliy gvardiyaning ichki ishlar idoralari bilan xalqaro nizolarni oldini olish boʼyicha hamkorligi: Uslubiy tavsiyalar.– T.: Oʼzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi HTI, 2019. – 84 b
  • Konstitutsiyaviy huquq. Darslik. – Toshkent. HTI, 2019. (XXVIII-bob. (Prokuratura organlari). 697-713 betlar. Mualliflar jamoasi.
  • Jinoyat-ijroiya huquqi. Darslik. – Toshkent. HTI, 2020. (4-bob). Mualliflar jamoasi.
  • Transport vositalarini oʼgʼirlash va olib qochish jinoyatlarini tergov qilish, ochish va oldini olishning oʼziga xos xususiyatlari. Oʼquv-uslubiy qoʼllanma. –T.: “HTI nashriyoti”, 2019. 4.62 b.t.
  • Giyohvandlik vositalarining gʼayriqonuniy muomalasi bilan bogʼliq jinoyatlarning profilaktikasi. Ilmiy-amaliy tavsiyalar. –T.: “HTI nashriyoti”, 2019. 3.75 b.t.
    Jinoyat-ijroiya huquqi. Ishchi oʼquv dastur. – Toshkent. HTI, 2019. 1.5 b.t.
  • Maʼmuriy huquq va javobgarlik fanidan Masalalar toʼplami tayyorlandi.
  • Mualliflar jamoasi. Raqobat huquqi. Darslik –Toshkent: TDYuU, 2019. -189 b (IV-bob А.Jumagʼulov bilan hammualliflikda).
  • Mehnat huquqi. Darslik. – T. HTI MG nashriyoti. 2019 yil
  • Mehnat shartnomasi. Oʼquv qoʼllanma. – T. “IMPRESS MEDIА” nashriyoti. 2019 yil
  • Mehnat munosabatlarida moddiy javobgarlik. Oʼquv qoʼllanma chop etildi.
  • Mehnat intizomi. Oʼquv qoʼllanma chop etildi.
  • Inson huquqlari . Darslikning 8,20,21,22,23- boblari tayyorlandi.
  • Mehnat huquqi fanidan masalalar toʼplami. Oʼquv uslubiy qoʼllanma.
  • “Maʼmuriy huquq” darslik. – T. HTI MG nashriyoti. 2019 yil (Mualliflar jamoasi).
  • Mehnat shartnomasi. Oʼquv qoʼllanma. – T. “IMPRESS MEDIА” nashriyoti. 2019 yil
  • “Аmir Temur davlatida xavfsizlikni taʼminlashning tashkiliy-huquqiy asoslari”. Monografiya. – T. “IMPRESS MEDIА” nashriyoti. 2020 yil
    Sud-tibbiy ekspertizasi. Darslik. – T. HTI MG nashriyoti. 2019 yil
  • Bditelnost: nachni s sebya. Oʼquv qoʼllanma. – T.: 2019 yil
  • Terroristik va ekstremistik tashkilotlarning faoliyati: maqsad va vazifalari. Uslubiy qoʼllanma. – T. HTI MG nashriyoti. 2019 yil
    Surushtiruv fani boʼyicha masala va kazuslar toʼplami 
  • Oliy nerv faoliyati va markaziy nerv sistemasi fiziologiyasi” nomli darslik- T. HTI MG nashriyoti. 2019 yil
  • “Sud tibbiyoti va psixiatriyasi ” nomli darslik- T. HTI MG nashriyoti. 2019 yil
  • “Sud tibbiyyoti va psixiatriyasidan” oʼquv qoʼllanma- T. HTI MG nashriyoti. 2019 yil
  • Jinoyat huquqi boʼyicha kazuslar toʼplami.Oʼquv qoʼllanma. T. HTI MG nashriyoti. 2020 yilda
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech