Sayt test rejimida ishlamoqda

Umumiy taktika va operativ san’at kafedrasi

Jamoat xavsizligini ta'minlashda, shuningdek  zamonaviy harbiy (qurolli) mojarolarda bo‘linmalar tarkibida taktik harakatlarni olib borish, jangovar harakatlarni har tomonlama ta’minlash, taktik bo‘g‘in, magistratura tinglovchiari uchun esa taktik hamda operativ-taktik bo‘g‘in bo‘linmalari va qo‘shilmalarini jangovar qo‘llash, jangovar vazifani bajarishda ularni mohirona boshqara olish, tog‘li hududlarda, shuningdek ko‘p qavatli binolar sharoitida jangovar-xizmat vazifalarini bajarish bo‘yicha tinglovchi va kursantlarga bilim va ko‘nikmalar berish. Vatanparvar, fidoiy, professional harbiy kadrlarni tayyorlash hamda sohaga oid ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish.  

Kursantlarga zamonaviy harbiy (qurolli) mojarolarda bo‘linmalar tarkibida taktik harakatlarni olib borish, jangovar harakatlarni har tomonlama ta’minlash, taktik bo‘g‘in, magistratura tinglovchiari uchun esa taktik hamda operativ-taktik bo‘g‘in bo‘linmalari va qo‘shilmalarini jangovar qo‘llash, jangovar vazifani bajarishda ularni moxirona boshqara olish, tog‘li hududlarda, shuningdek ko‘p qavatli binolar sharoitida jangovar-xizmat vazifalarini bajarish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlarini ta’minlashdir.

 

    Polkovnik Boybutayev Jaxongir Jumanazar o‘g‘li. kafedra boshlig‘i, harbiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
    Polkovnik Murodov Baxrom Murod o‘g‘li. kafedra boshlig‘ining o‘rinbosari, dotsent.
    Polkovnik Usmanova Xilola Umataliyevna. kafedra professori, kimyo fanlari doktori, dotsent.
    Polkovnik Ashurov Rovshan Nosirovich kafedra dotsenti, dotsent.
    Podpolkovnik Raxmatov Laziz Nurpillayevich.  O‘qituvchi
    Podpolkovnik Nasirdinov Dilmurod Ergashaliyevich.  katta o‘qituvchi-kimyo xizmati boshlig‘i.
    Mayor Matiyev Xusniddin Shuxratovich. katta o‘qituvchi, alpinizm bo‘yicha sport ustaligiga nomzod. 
    Podpolkovnik Abdullayev Akbarjon Azamovich.  katta o‘qituvchi.
    Kapitan Ernazarov Azizbek Adashboy o‘g‘li.  o‘qituvchi.
    Kapitan Sodiqov Mirjalol.  o‘qituvchi.

 

 

 

 

 

 

 

 

Kafedra tomonidan bugungi kunda bir qator ta‘lim muassasalari hamda sohaviy xizmatlar bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatilgan.

Jumladan:

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurtining “Taktika” kafedrasi;

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Maxsus operatsiyalarni muvofiqlashtirish boshqarmasi Maxsus tayyorgarlik o‘quv markazi;

O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Akademiyasining “Harbiy va jismoniy tayyorgarlik” kafedrasi;

O‘zbekiston Respublikasi Bojxona institutining “Harbiy va jismoniy tayyorgarlik va avtomobil ishi” kafedrasi;

O‘zbekiston Respublikasi IIV Akademiyasining “Umumiy harbiy fanlar” kafedralari bilan hamkorlik qilish to‘g‘risida memorandumlar imzolangan.

Kafedraning ilmiy-metodik bazasini boyitish maqsadida so‘nggi yillar mobaynida kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan 40 ga yaqi o‘quv-metodik adabiyotlari ishlab chiqilgan bo‘lib shundan 12 tasi darsliklardir. Jumladan Taktik tayyortarlik, Umumiy harbiy tayyorgarlik, Harbiy muhandislik tayyorgarligi, Ommaviy qirg‘in qurollari va ulardan himoyalanish, Harbiy topografiya, Harbiy san’at tarixi fanlaridan darsliklar ishlab chiqilib, o‘quv—tarbiyaviy jarayonda foydalanilmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech