Xalq konstitutsiyasi bilan huquqiy, ijtimoiy, dunyoviy davlat sari: ilmiy tahlil va amaliy…

Xalq konstitutsiyasi bilan huquqiy, ijtimoiy, dunyoviy davlat sari: ilmiy tahlil va amaliy yechimlar

Davlatimiz Rahbarining 2023 yil 16 noyabrdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish toʻgʻrisidagi farmoyishida “Konstitutsiya — xalqchil davlat, barqaror taraqqiyot va farovon hayot asosi!” degan bosh gʻoyani oʻzida mujassam etgan Asosiy qomusimiz ekanligi, qolaversa, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kunini munosib kutib olish va yuksak saviyada nishonlash, Asosiy qonunimizda belgilangan demokratiya, erkinlik va tenglik, ijtimoiy adolat va birdamlik gʻoyalari atrofida fuqarolarni jipslashtirish zarurligi haqida toʻxtalib oʻtgan edilar. Yuqorida bildirilgan konseptual fikrlarni inobatga olgan holda joriy yilning 4 dekabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida “Davlat huquqiy fanlar va inson huquqlari”  kafedrasining tashabbusi bilan “Xalq konstitutsiyasi bilan huquqiy, ijtimoiy, dunyoviy davlat sari: ilmiy tahlil va amaliy yechimlar” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Unda  Rossiya, Xitoy, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Turkiya, Belarus  kabi davlatlar nufuzli oliy oʻquv yurtlarining konstitutsiyashunos olimlari oʻz ma'ruzalari bilan hamda munozara qismida oʻz fikr va mulohazalari bilan faol ishtirok etdilar. Ta'kidlash lozimki, Oʻzbekiston Respublikasining yangi tahrirdagi Konstitutsiyasi ijtimoiy adolat, erkinlik va tenglik tushunchalari bilan chambarchas bogʻliq boʻlib, inson va davlatning huquqiy holatini belgilashda inson huquqlari ustuvorligi, ijtimoiy adolat prinsiplariga asoslanuvchi tamomila yangi konsepsiyaga tayangan boʻlib, unda ilk bor inson huquqlari ustuvorligi, inson qadri tushunchalari konstitutsiyaviy darajada mustahkamlab qoʻyildi.  Konstitutsiyamizning yangi normalarida asosiy e'tibor inson, jamiyat va davlatning barqaror rivojlanishini ta'minlashga qaratilganini ishonch bilan ta'kidlash mumkin. Yangi tahrirdagi Asosiy Qonunning qabul qilinishi bilan bu borada yanada mustahkam konstitutsiyaviy-huquqiy asos yaratildi. Binobarin, Yangi Oʻzbekiston oʻzining ushbu sohalardagi xalqaro majburiyatlariga qat'iy sodiqligini yana bir bor namoyon etdi. Mazkur xalqaro konferensiyada, Dr. Feyzan Olgunsoy – Turkiya Respublikasi Jandarmeriya va Sohil Xavfsizlik Akademiyasi Xavfsizlik fanlari fakulteti, Yuridik fanlar kafedrasi boshligʻi, Mahmud Nosir – Jandarmeriya va Sohil Xavfsizlik Akademiyasi, Xavfsizlik fanlari fakulteti Yuridik fanlar boʻlimi katta ilmiy xodimi; Talalayev Vladimir Alekseyevich – Belarus Respublikasi Harbiy akademiyasi Ichki qoʻshinlar fakulteti Huquqiy fanlar kafedrasi boshligʻi, yu.f.n., dosent. Lemeshevskiy Oleg Olegovich – Belarus Respublikasi Harbiy akademiyasi Ichki qoʻshinlar fakulteti, Huquqiy fanlar kafedrasi katta oʻqituvchisi, harbiy fanlar magistri; Xaritonov Ilya Konstantinovich – Rossiya Federasiyasi Ichki ishlar vazirligi Krasnodar universiteti, Fuqarolik huquqi va prosessi kafedrasi boshligʻining oʻrinbosari, yu.f.n., dosent;  Ibrayeva Alua Salamatovna – Makan Esbulatov nomidagi Qozogʻiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Olmaota akademiyasi kafedra professori, yu.f.d., professor; Maxmudova Robaxon Anvarovna – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi oʻrinbosari; Gafurov Asqar Boyisovich – Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudi raisi oʻrinbosari, yu.f.n., dosent; Eshmatova Feruza Farxodovna – Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (Ombudsman), yu.f.d.; Shirinov Jahongir Jabbarovich – Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qoʻmitasi raisi, yu.f.n., dosent; Xusanov Azad Tillabayevich – Oʻzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti professsori, yu.f.d. kabi nufuzli huquqshunos olimlar oʻz ma'ruzalari bilan ishtirok etishdi. Xalqaro konferensiya yakunida konstitutsiyaviy islohotlarga doir turli ilmiy-amaliy yondashuvlar bilan  bogʻliq tegishli fikr va mulohazalar bildirib oʻtildi hamda tadbir nihoyasida umumlashgan  taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi hamda keng jamaotchilikka eshittirildi.

921
Chop etish
Text to speech