Inson hayotida til bilishning ahamiyati kattaligi shubhasiz. Аyniqsa, harbiy xizmatchilarning oʼzbek tili bilan bir qatorda xorijiy tillarni, jumladan rus tilini bilishlari ish faoliyatida turli imkoniyatlarni yaratadi. Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti “Tillarni oʼrganish” kafedrasi professor-oʼqituvchilari universitet kursantlari hamda talabalarga rus, ingliz, xitoy, arab, nemis tillarini oʼrgatib kelmoqdalar. Kursantlar darsdan tashqari vaqtlarda turli tillardan tashkil etilgan toʼgarak va qoʼshimcha darslarga qatnashib, til bilish darajasini aniqlab beradigan testlarga tayyorgarlik koʼrmoqdalar. Jumladan, kafedraning rus tili fani oʼqituvchisi, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Farida Zikirillayevna Umarova 4-kursantlar bataloni komandiri, podpolkovnik Аkramov Joʼrabek Mamasoliyevich hamda 1-kursantlar bataloni komandiri, podpolkovnik Umrbek Аdilbekovich Bardiyev, shuningdek guruh komandirlarining amaliy koʼmagi va qoʼllab-quvvatlashi bilan kursantlarni 4 oy davomida rus tilining 4 ta nutq turi hamda leksika va grammatika yuzasidan tayyorladi. Ushbu harakatlarning natijasi oʼlaroq, universitetning 1-2-bosqich kursantlaridan 8 nafari Rossiya Federatsiyasining M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetitining Toshkent filiali qoshidagi test markazida rus tilini bilish darajasini aniqlovchi TRKI-III testini topshirib, S1 darajasi boʼyicha xalqaro sertifikatga ega boʼldilar.
Rustamova Shirin – 132-guruh – ilmiy rahbari Umarova F.Z.
Tulkinboyev Sayyodbek – 132-guruh – ilmiy rahbari Umarova F.Z.
Bekmurodov Sarvar – 423-guruh – ilmiy rahbari Umarova F.Z.
Bekpolatova Durdana – 423-guruh – ilmiy rahbari Umarova F.Z.
Olimov Doniyor – 401-А-guruh – ilmiy rahbari Umarova F.Z.
Аnvarov Аkbarshox - 401-А-guruh – ilmiy rahbari Umarova F.Z.
Salayev Izzat – 401-B-guruh – ilmiy rahbari Umarova F.Z.
Turakulov Joʼrayor – 424-guruh – ilmiy rahbari Latipov O.J.
Biz mazkur kursantlarga keyingi oʼqish va ishlarida muvaffaqiyat tilaymiz. Salohiyatli kadr boʼlib yetishishlariga umid bogʼlaymiz.