Inson huquqlarini taʼminlash – oliy qadriyat!

Inson huquqlarini taʼminlash – oliy qadriyat!

Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 7 fevraldagi “Oʼzbekiston Respublikasida inson huquqlari sohasidagi milliy taʼlim dasturini tasdiqlash toʼgʼrisida” gi PQ-46-son Qarorining ijrosi yuzasidan Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetining joriy yilning 20-27 fevral kunlari “Inson huquqlari” haftaligi boʼlib oʼtmoqda. Mazkur haftalikni oʼtkazishdan asosiy maqsad aholining keng qatlami orasida inson huquqlari sohasidagi taʼlim har bir fuqaroning inson huquqlariga nisbatan hurmatini ragʼbatlantirish va unga har tomonlama rioya etilishini taʼminlashda muhim ahamiyat kasb etishini, turli zoʼravonlik va nizolarning oldini olish dolzarb ahamiyatga ega ekanligini tushuntirishdan iborat. Haftalik doirasida tashkil etilayotgan “Maʼnaviyat darslari” va “Аxborot soat”larida universitet harbiy xizmatchilari, professor-oʼqituvchilar va talabalar, Milliy gvardiyaning hududiy boshqarmalari va harbiy qismlari, oʼquv markazlari harbiy xizmatchi va xodimlari faol ishtirok etishi taʼminlanmoqda. Shu bilan birga, Universitet professor-oʼqituvchilari tomonidan Toshkent shahrining Olmazor tumanidagi barcha mahalla fuqarolar yigʼinlari, oʼrta maktablar va tumandagi Oliy taʼlim muassasalarida inson huquqlari, uning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, fuqarolarning huquq va erkinliklarini kafolatlash, shuningdek, yoshlarning huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirish borasidagi ishlarni yanada takomillashtirish yoʼlida tizimli ishlar olib borilmoqda. Qaror ijrosini amalga oshirish boʼyicha Jamoat xavfsizligi universiteti “Yoʼl xaritasi” ishlab chiqilgan boʼlib, unda «Inson huquqlari», «Аyollar huquqlari», «Bola huquqlari» oʼquv va maxsus kurslarini joriy qilish, «Inson huquqlari va erkinliklari sohasida taʼlim va innovatsiyalar» milliy tanlovida ishtirok etish, Pedagog kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlash tizimida inson huquqlariga doir fanlarni (oʼquv kurslarini) joriy qilish boʼyicha takliflarni ishlab chiqishga doir takliflar ishlab chiqish, «Oʼzbekistonda inson huquqlari va erkinliklari», «Inson huquqlari», «Bola huquqlari», «Аyollar huquqlari», «Nogironligi boʼlgan shaxslar huquqlari» turkum qoʼllanma va risolalarni tayyorlash va chop etish chora-tadbirlari koʼrilmoqda. Bir soʼz bilan aytganda Prezident Qarori ijrosini taʼminlash borasida Universitet tomonidan maqsadli ishlar amalga oshirilayotgan boʼlib, bu eng avvalo inson huquqlari boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasining Milliy strategiyasi doirasida shaxsiy, siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlarni taʼminlash borasida maqsadli chora-tadbirlarning amaliyotiga xizmat qiladi.

760
Chop etish
Text to speech