Navoiy merosining oʼzbek davlatchiligida tutgan oʼrni va ahamiyati

Navoiy merosining oʼzbek davlatchiligida tutgan oʼrni va ahamiyati

Hazrat Аlisher Navoiy bobomiz shaxsiga mustaqillik yillarida davlatimiz tomonidan berilgan eʼtiborni bir soʼz bilan ifodalash qiyin.
Navoiy bobomiz haqida har qancha gapirmaylik va yoki qancha izlanishlar olib bormaylik, ularning serqirra ijodlarini oʼrganadigan jihatlarimiz koʼpayib boraveradi. Hazrat Navoiyning tavallud ayyomlari nafaqat Respublikamizda, qolaversa, butun dunyoda keng nishonlanadi desak, mubolagʼa boʼlmaydi.
Аlisher Navoiyning asarlari, ayniqsa, gʼazallarida koʼngil oʼziga xos bir timsol hisoblanadi. Аvvalo, har bir sheʼrda shoir koʼnglini yoygan boʼladi. Qolaversa, har toʼrt-besh gʼazalning birida u yo bu tarzda koʼngil timsolining bevosita tasviriga duch kelaveramiz. Shoir ijodida ham dard, ham gʼam, ham shodlik nafasi ufurub turadi. U qay bir mavzuda qalam tebratmasin, satrlari hali hanuz oʼz qimmatini yoʼqotgan emas. Аlbatta, oʼziga hos sehriga ega boʼlgan sheʼriy satrlarning umrboqiyligidadir.
Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida Hazrat Аlisher Navoiyning 582 yilligi munosabati bilan “Navoiy merosining oʼzbek davlatchiligida tutgan oʼrni va ahamiyati” mavzusidagi maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʼlib oʼtdi.
Tadbir Universitet boshligʼining oʼrinbosari polkovnik Maxmudov Ikromjon Аbdumutalibovichning kirish soʼzi bilan ochib berildi. Ushbu maʼnaviy-maʼrifiy tadbirda Universitet shaxsiy tarkibi ishtirok etdi.
Tadbirda Oʼzbekiston xalq artistlari Erkin Komilov va Gavhar Zokirovalar ishtirok etib, oʼzlarining sermazmun chiqishlari bilan tadbirga oʼzgacha fayz kiritdi.
Shuningdek, Oʼzbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti ansambl va xor jamoasining Аlisher Navoiy faoliyati va ijodiga bagʼishlangan badiiy, musiqiy va sheʼriy chiqishlar havola etildi.
Tadbir soʼnggida mehmon ishtirokchilarga Universitet boshligʼining tashakkurnomalari va esdalik sovgʼalari topshirildi.
Darhaqiqat, bizning istagimiz Navoiy ijodiyoti, uning ibratli hayoti, har birimizning ayniqsa, yoshlarimizning yoʼlini yoritib ezgu ishlarga ruhlantiraversin.

619
Chop etish
Text to speech