MIGRATSIYA VA FUQAROLIKNI RASMIYLASHTIRISH SOHASINING DOLZARB MUAMMOLARI VA ULARNING YECHI…

MIGRATSIYA VA FUQAROLIKNI RASMIYLASHTIRISH SOHASINING DOLZARB MUAMMOLARI VA ULARNING YECHIMLARI MAVZUSIDAGI RESPUBL…

Mamlakatimizda migratsiya jarayonlarini tartibga solishning o‘ziga xos milliy mexanizmlarini joriy etish keng qamrovli islohotlarni amalga oshirish bugungi kunda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Fuqarolarning migratsiya jarayonlarida konstitutsiyaviy huquq va erkinliklarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri buzish hollariga barham berish, bunga sabab bo‘luvchi omillarni bartaraf etish shaxslar ma’lum bir geografik hududdan boshqa bir muayyan hududga ko‘chishida manfaatlarini amalga oshirishdagi sansolorliklarni oldini olish, ularni himoya qilishni kuchaytirish, migratsiya sohasidagi mavjud muammolar hamda ularni yechimi bo‘yicha huquqiy asoslangan va muhim amaliy ahamiyat kasb etuvchi takliflar ishlab chiqish maqsadida Jamoat xavfsizligi Universitetida 2023 yil 31 yanvar kuni «Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish sohasining dolzarb muammolari va ularning yechimlari» mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.
Konferensiyada muhokama qilingan masalalar qatorida, migratsiya to‘g‘risidagi qonunni qabul qilishda mavjud muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etishga takliflarni ishlab chiqish, migratsiya va fuqrolikni rasmiylashtirish sohasida olib borilayotgan islohotlar va ularning natijalarini tahlil qilish, migratsiya va fuqrolikni rasmiylashtirish faoliyati bilan shug‘ullanish vakolati berilgan organlar faoliyatini tahlil etish va mavjud muammolarni atroflicha muhokama qilish, migratsiya soxasidagi davlat boshqaruviga axborot komunikatsiya texnologiyalarini qo‘llash, sohani raqamlashtirishni huquqiy tartibga solish yuzasidan takliflar ishlab chiqish, migratsiya va fuqrolikni rasmiylashtirish sohasidagi ma’muriy huquqbuzarliklarning oldini olish, sabab va shart-sharoitlarini aniqlash va ularni bartaraf etish kabi muhim ahamiyatga ega masalalar korib chiqildi.
Hamkorlikda olib borilgan ishlar natijalari asosida huquqiy islohotlarni rivojlantirish manfaati yo‘lida faol foydalanish mumkin bo‘lgan anjuman tavsiyalari berilgan, ma’qullandi va tasdiqlandi.
Anjuman samimiy va do‘stona ruhda, shuningdek, konstruktiv muloqot va o‘zaro hamjihatlikka asoslangan, hamkorlikni rivojlantirish va mustahkamlashda yana bir muhim qadam bo‘ldi.

608
Chop etish
Text to speech