O'zbekiston Respublikasi bank tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar va pul-kredit siyo…

O'zbekiston Respublikasi bank tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar va pul-kredit siyosatining asosiy yo'nalish…

Joriy yilning 27 aprel kuni O'zbekiston Respublikasi jamoat xavfsizligi universitetida "iqtisodiy fanlar" kafedrasi tomonidan "O'zbekiston Respublikasi bank tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar va pul-kredit siyosatining asosiy yo'nalishlari" mavzusida davra suxbati o'tkazildi. Davra suxbatini O'zbekiston Respublikasi "O'zbekiston sanoat-qurilish" bankining bosh mutaxassisi Sagdullaev Baxtiyor Saydullaevich olib bordi. Mazkur davra suhbatida universitet professor-o'qituvchilari hamda bakalavriat fakulteti kursantlari ishtirok etdi. Baxtiyor Sagdullaev o'z ma'ruzasida kursantlarga bank tizimidagi moliyaviy-iqtisodiy xavfsizlikni ta'minlash bo'yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, pul-kredit siyosatining asosiy yo'nalishlari, inflyasiyani targetlash tizimi, kreditlash masalalari hamda istiqbolda amalga oshirilishi nazarda tutilgan islohotlar, shuningdek bu borada O'zbekiston Respublikasining 2022-2026 yillarga mo'ljallangan taraqqiyot strategiyasida belgilangan vazifalardan kelib chiqib ma'lumotlar berildi.  Davra suxbati taqdimot asosida o'tkazilib, kursantlar o'zlari uchun qiziqarli bo'lgan savollarga tegishli javoblar olishdi.

639
Chop etish
Text to speech